Oktabr oyida O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi (95,4 ming dona). Sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasaygan (-43,3 foiz). Oy davomida ikkilamchi bozorda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar kam avtomobil sotildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/auto-market/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tuzatish: 13 va 14-noyabrdagi ushbu holat haqidagi xabarlarda Nemolchi.uz’ning dastlabki xabariga asoslanib, qizning o‘g‘irlanishi va topilishida noto‘g‘ri sanalar - sentyabr o‘rniga oktyabr, oktyabr o‘rniga noyabr ko‘rsatilgan. "Gazeta.uz" noaniqlik uchun o‘quvchilardan va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatidan uzr so‘raydi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisini o‘g‘irlash va zo‘rlashda gumonlanuvchilar 9 nafar bo‘lib, ularning orasida prokuratura xodimi ham bor. Ularning 8 nafari qo‘lga olingan, deb xabar qildi Bosh prokuratura.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/case/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Vlado Radmanovich Qatar bilan o‘yinoldi matbuot anjumanida bittagina aniq zarba, bitta dribling yoki birgina xato uchrashuv natijasini hal qilib qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi. “Yutqazmaslik yaxshi natija bo‘ladi, deb hisoblash mumkin”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/qatar-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Oq uydagi Oval kabinetda saylangan prezident Donald Tramp bilan uchrashdi. Bayden, avval ham aytilganidek, hokimiyatni topshirish silliq kechishiga ishontirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/biden-trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma'naviyat ekspertizasi"dan o‘tkazilishini e’lon qildi. Komil Jalilovning fikricha, bu — senzura. “Ular “senzura o‘rnatmaymiz” deyapti, lekin senzura o‘rnatishini tan olyapti”, — deb yozadi u o‘z maqolasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/ekspertiza/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev COP29 konferensiyasi doirasida JST bosh direktori bilan uchrashdi. Ular O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishidagi dolzarb jihatlar, xususan, a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar, qonunchilikni moslashtirish, shuningdek, eksport subsidiyalarini bekor qilish masalalarini muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/wto/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Davaktiv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz ulushi sotilganini e’lon qildi. Kelishuv 200 mlrd so‘mga baholangan. Xaridor Cotton Logistics bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/oztemiryolkonteyner/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 14-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,65 soʻmga qimmatlab, 12 808,03 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl biroz pasaydi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahri hokimligi pulli to‘xtash joylarini boshqarish huquqi uchun auksion o‘tkazadi. Maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha to‘xtash joylari bir lot sifatida sotilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/parking/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi. 12-noyabr kuni yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 10,6 mln so‘mga yetgan bo‘lsa, cheklovlar joriy etilgandan so‘ng kotirovkalar o‘rtacha 10 foizga pasaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/ai-80/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oktabr oyida uy-joy bozori savdolarida biroz o‘sish ko‘zatilib, so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi. Ikkilamchi bozorda narxlar deyarli o‘zgarmadi, uy-joy ijara bozoridagi vaziyat ham barqarorlashdi. Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda (1 kv metr uchun 6 dollar).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/real-estate/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
DXX Uzun tumanida mashinasida tojikistonlik narkosavdogardan olingan 50 kg 567 g “gashish” olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi. Farg‘onada esa 52 yoshli shaxs muqaddam tojikistonlik narkokur’erlar qoldirib ketgan joydan deyarli 5 kg narkotikni olganidan so‘ng ushlandi. Hozirda holatlar bo‘yicha tergov ketmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/dxx-narcotic/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yunusabad Residence va Onix’dagi yangi kottejlar endi 10 foiz boshlang‘ich to‘lov va yillik 15 foiz stavkada ipotekaga mavjud (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/onix/
Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar 8-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib, bir necha kun ushlab turishgan va zo‘rlashgan. Bu vaqtda ular qizni kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlagan. Nemolchi.uz gumonlanuvchilar hali ham ozodlikda yurganini qayd etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/girl/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sirdaryo viloyatida YTH sodir etgan haydovchiga dastlabki tekshiruv materiallarini uning foydasiga hal qilish va avtomobilni jarima maydonchadan qaytarib olishga ko‘maklashishni aytib, 400 dollar so‘ragan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/pora/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-noyabrdan O‘zbekistonga olib kelinadigan avtomobillar bojxonada emas, balki Piskentdagi poligonda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Jarayon ko‘p vaqt talab etadi, sertifikat narxi esa 3,5 barobarga oshdi (keyinchalik narx biroz pasaytirildi). “Gazeta.uz” texnik ko‘rik o‘tkazuvchi UzTest bilan suhbat qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/uztest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Inflyatsiyaning o‘sishi rivojlangan mamlakatlar aholisining noroziligini keltirib chiqarib, hukumatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmoqda. Saylovchilarning iqtisodiy vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lishi Trampning AQShdagi g‘alabasi hamda Britaniya va Yaponiya hukmron partiyalarining mag‘lubiyatiga olib keldi, deb yozadi FT.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/inflation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
School 21 da 50 dan ortiq maktab hamkorlari, jumladan, IT kompaniyalari va universitetlarni birlashtirgan ta’lim mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/school-21/
“Gazeta.uz” YouTube’da o‘zbekistonliklar tayyorlagan kontent sarhisobini yuritishda davom etadi. Oktabrda piyoda sayohatchilar va sport sharhlovchilari trendda bo‘ldi, ayrim blogerlar YouTube’da qancha pul topishini aytib berdi. Nobel sovrindori O‘zbekistonga, O‘zbekiston energetika vaziri esa “Lolazor"ga keldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/youtube-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukrainada prezident saylovi uchun “ma’lum tayyorgarliklar” boshlandi, muhokama qilinayotgan sana — 2025-yil 25-may, deb yozmoqda Economist nashri. Ukraina prezidenti ofisi buni rad etmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/ukraine-elections/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Andijonning Asaka tumanida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni Damas urib ketdi. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/accident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga deyarli barcha davlat organlari, yirik davlat korxonalari, hokimiyatlar, vazirliklar kiritildi. Yil boshidan beri 1488 nafar xodim kompaniya ta’sischisi ekani aniqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/conflict-of-interest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tadbirkorlarning qonun talablariga mos o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy buzilsa, 1100 qisqa raqami orqali biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/ads/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatini shakllantirmoqda. Davlat kotibi lavozimini Trampning ishonchli vakili Marko Rubio egallashi kutilmoqda. Saylovoldi kampaniyasini de-fakto boshqargan Syuzan Uayls esa Oq uy ma’muriyati rahbari bo‘ladi. Tafsilotlar.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/trump-administration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/agreement/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Donald Tramp uni saylov chog‘ida qo‘llab-quvvatlagan Ilon Maskni hukumatning samaradorlik departamenti yangi rahbari etib tayinladi. Tramp, shuningdek, Pentagon rahbari lavozimiga Fox News boshlovchisi nomzodini ilgari surdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/elon-musk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xizmat vaqtida jarohat olgan yoki halok bo‘lgan harbiylar uchun sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Sug‘urtalangan yoki naf oluvchilarga to‘lov bir yil davomida amal qiladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/insurance/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Energetika vazirligi va Masdar (BAA) o‘rtasida COP29 sammiti davomida Uchquduq tumanida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Loyiha yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/wind-farm/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. U tuman bosh muhandisidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/corruption/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube