Toshkentda qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator gaz quvurini uzib yubordi. Oqibatda Yakkasaroy tumanidagi 3500 ta yerli xonadon, shuningdek, Miroboddagi bir qancha ko‘chalar iste’molchilari tabiiy gazdan vaqtincha uzildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/gas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlari uchun ayrim soha mutaxassislarini orden va medallar bilan taqdirladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/doctors/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yanvar-sentabr oylarida banklar aholidan sotganidan 4,8 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotib oldi. Ijobiy farq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi kamaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/currency/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
To‘qqizta kinopremyera, an’anaviy art-bozor, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, konsertlar, bolalar uchun ko‘ngilochar shoulari, do‘konlardagi chegirmalar, ko’rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/afisha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlaridan keyin xalqqa murojaatida hokimiyat Donald Trampga “tinch va tartibli” o‘tishini ta’minlashini aytdi. “Biz mamlakat tanlovini qabul qilamiz”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/biden-address/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘tgan sutkada Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Xarkovda turar joy binosining uch qavati vayron bo‘ldi. Zaporoje shahrida ham ko‘p qavatli uyga zarar yetkazildi, 9 kishi, jumladan, bir yoshli bola halok bo‘ldi, shaharda motam e’lon qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/ukraine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oktabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining oshishi fonida yana 2 mlrd dollarga oshib, 43,1 mlrd dollarga yetdi. Ko‘rsatkich ketma-ket to‘rtinchi oy rekordini yangiladi. Markaziy bank oz miqdorda qimmatbaho metall sotib, qimmatli qog‘ozlar xarid qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/reserves/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/pumping-stations/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yashil Meros dasturi O‘zbekiston aholisini, jumladan, Click’ning 18,4 milliondan ortiq foydalanuvchisini atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga jalb etadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/click/
DXX Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Andijondagi holatda korxona rahbari va tadbirkor kelishib, issiqxonaga ajratilgan yerni kottej qurishga moslab berish evaziga xaridordan $230 ming so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan $30 ming olganida ushlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/dxx/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent metrosining gavjum bo‘lgan 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi. Metrodagi birinchi jamoat hojatxonasi 2022-yilda ochilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/metro-toilet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 2022-yilda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan 84 ta holat 120 nafardan ko‘proq odamning o‘limiga olib keldi. 2023-yilda shu kabi 46 ta, 2024-yildan hozirgacha 32 tadan ko‘p is gazi chiqishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. FVV aholiga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/is-gazi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab aylanmadan soliqning qat’iy stavkalari bekor qilinishi mumkin. Ular 2023-yilda mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq tizimini soddalashtirish uchun yagona 4 foizli soliq stavkasiga muqobil sifatida joriy qilingandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/tax/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy Osiyoda elektr energiyasini sotib olish va sotish bo‘yicha yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda, dedi energovazir o‘rinbosari. Shuningdek, u O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi, avtomatlashtirish va energiyani saqlash bo‘yicha zaxira quvvatlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/electricity/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/gravel/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/shahrisabz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar bilan O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini aniqlash uchun binolarning minimal soliq bazasini ko‘tarish ko‘zda tutilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/taxes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yilda davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat tariflar oshgani va 2025-yilda yana oshishiga qaramay, gaz hamda elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/subsidy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Optimo menejerlar va kassirlar uchun qulay interfeysga ega bo‘lib, biznesni avtomatlashtirishga yordam beradi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/optimo/
Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/bus/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Taxtaqoracha dovonida tog‘dan ulkan tosh avtomobilga qulashi oqibatida uch kishi, jumladan, ikki nafar Vengriya fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi chuqur ta’ziya izhor etib, marhumlarning jasadlarini vataniga qaytarishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/hungary/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzum Tezkor kurerlik sohasidagi keng tarqalgan, jumladan, ularning daromadi kamligi, ayollar ishlay olmasligi, karera qilish imkonsizligi haqidagi miflarga to‘xtaldi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/uzum/
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida elektr qarmoq yordamida Qizil kitobga kiritilgan 20 ta Turkiston mo‘ylovdorini, shuningdek, yana 25 ta zog‘orabaliqni ovlagan 4 nafar shaxs tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/fishing/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/ob-havo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/declaration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/water-digitalization/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
YTTB va YIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish uchun asos solingan Sarimay Solar kompaniyasiga 54,6 mln dollargacha mablag‘ ajratdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/08/voltalia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
7-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🌐 “Ba’zi rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga ham bir xil talab qoʻymoqda” — JST boʻyicha maxsus vakil.
⛽️ Raqobat qoʻmitasi 6-noyabrdan propan narxining oshishiga cheklov oʻrnatdi.
🇪🇺 “YI barcha mavjud vositalar bilan Oʻzbekistonga koʻmak berishda davom etadi” — elchi Toyvo Klaar.
💵 Sement zavodlari imtiyozlar hisobiga 250 mlrd soʻmni oʻzida saqlab qoldi.
📃 MIB mansabdor shaxslari 202,9 mlrd soʻmlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgani aniqlandi.
🐜 Oʻzbekistonda fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati tasdiqlandi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar qurish imkoniyatini qayd etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/concreting-of-canals/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube