Jamoat transporti ayollar va erkaklar uchun alohida ajratilishi kerakmi?
“Gazeta.uz” poytaxtning ayrim hududlarida boʻlib, bu borada odamlar fikri bilan qiziqdi:
https://youtu.be/IipYHBrBLfo
Shohruh Haydarov, Shahzod Habibullayev
@gazetauzmaxsus
Shavkat Mirziyoyev klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika bo‘yicha o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayotganini ta’kidladi. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida esa bu ko‘rsatkich 2−3 barobar yuqori. To‘rtta viloyatda nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/water/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yilda o‘rtacha global harorat rekord darajaga yetishi kutilmoqda. 2015-yilgi Parij kelishuvi doirasida mamlakatlar global isishni 1,5 daraja Selsiygacha cheklashga kelishib olgan, ammo bu yil ko‘rsatkich mazkur chegaradan oshishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/hottest-year/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
JSTga a’zolik masalasida “tashkilotga yaqinda a’zo bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralar olib borish osonroq, chunki ular bu jarayon naqadar murakkab ekanini hali unutishmagan”, — dedi prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov. U, shuningdek, notarif to‘siqlar muammosiga ham to‘xtaldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/wto/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/eu-partnership/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishini qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatgani aniqlandi. Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/mib/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi butunlay taqiqlanmoqda. Mamlakat bu jarayonni tartibga solish sohasida jahon standartini o‘rnatmoqchi. Avstraliya raqamli sanoat assotsiatsiyasi buni “zamonaviy muammolar uchun o‘tgan asrdagi yechim” deya atadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/australia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Donald Tramp jamoasi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan kamida 20 yilga voz kechmoqchi, deb yozadi WSJ. Bu Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha takliflarning bir qismidir. AQSh, shuningdek, Rossiyaning kelgusi tajovuzlarini to‘xtatish uchun Ukrainaga qurol berishni davom ettirishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/ukraine-nato/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat moliya vaziri Kristian Lindnerni “ko‘pincha uning ishonchini oqlamagani va murosaga kelmagani” uchun ishdan oldi. Shuningdek, “svetofor koalitsiyasi” deb ataluvchi hukmron koalitsiya parchalanib ketdi. Yanvarda Bundestagda hukumatga ishonch masalasi ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/germany/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qo‘qon shahrida “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topilgan 11 kishi 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/kokand/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
5−10-noyabr kunlari Toshkentdagi Humo arena muz saroyida aralash jang san’ati sport turi (MMA) bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 67 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqani tomosha qilish uchun kelganlarga kirish bepul.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/mma/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda kuz yomg‘iri. Video: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Donald Tramp to‘rt yillik tanaffusdan keyin Oq uyga qaytib, AQShning 47-prezidenti bo‘ladi. Amerika matbuoti uning g‘alabasiga qanday munosabat bildirmoqda — “Gazeta.uz” obzorida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/06/us-elections/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
5-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
💰 Chirchiq hokimi oʻrinbosari 1 mln dollar pora bilan ushlandi.
♻️ Oʻzbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi.
🤱 Oila kambagʻalligi tufayli bolalarni mehribonlik uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
⛽️ 2025-yilning fevralidan avtoturargohlarning kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi bilan jihozlanadi.
♨️ Prezident energetika korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini muhokama qildi.
🇺🇸 AQShning yangi prezidenti nomi qachon ma’lum boʻladi?
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident yig‘ilishida O‘zbekiston energetika tarmog‘i korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi muhokama qilindi. Davlat rahbari aholini gaz va elektr energiyasi bilan o‘tgan yillarga nisbatan barqarorroq ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/winter-season/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yilda sement ishlab chiqaruvchilarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq rejalashtirilgan 2 barobar o‘rniga 4 barobar kamaytirilgandi. Bu imtiyoz hisobiga joriy yilda ularning ixtiyorida 250 mlrd so‘m qoladi. Ayrim qurilish materiallari uchun alohida soliq stavkalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/cement/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Havoning kuchli ifloslanishi saqlanib qolayotgani sababli Pokistonning Lahor shahrida yuzlab odamlar nafas olish muammolari bilan kasalxonaga yotqizildi. Hukumat maktablardagi barcha sinflarni onlayn ta’limga o‘tkazdi va aholini yanvar oyi oxirigacha ko‘chalarda niqob taqishga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/lahore/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi. Shuningdek, musiqa fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/teachers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 4 kishi kafeda tayyorlangan ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Holat Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan nazoratga olingan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/food/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 8-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 22,07 soʻmga qimmatlab, 12 809,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Payshanba kuni Urganch tumanining Gurlan ko‘chasidagi kiyim do‘konlarida yong‘in chiqdi. 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, 1 soat ichida alangani o‘chirdi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/xorazm-yongin/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi. Shuningdek, davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/animals/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorda cheklov (spred) joriy etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/propan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Hujjat uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/enlightenment/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident xalq tabobati sohasida ishlash huquqi yo‘q shaxslar tomonidan tashxis qo‘yish va davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilaydigan qonunni imzoladi. Bundan tashqari, xalq tabobatida ruxsat etilmagan usullardan foydalangan holda bunday xizmatlarni reklama qilish taqiqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/07/traditional-medicine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Donald Tramp AQSh iqtisodiyotida nimalarni o‘zgartirmoqchi? Iqtisodchi Botir Qobilovning javobi
AQShda prezident saylovi yakuniga yetdi. Amerika nashrlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Donald Tramp prezidentlik kursisini egallashi uchun yetarli miqdorda ovoz to‘plab bo‘ldi. “Gazeta.uz” saylov arafasi ushbu siyosiy jarayonning o‘ziga xosliklari va nomzodlar ilgari surayotgan g‘oyalarni “Kontekst” podkastida muhokama qilgandi.
AQShning Texas universiteti professori, iqtisodchi Botir Qobilov “Kontekst” podkasti uchun nomzodlarning iqtisodiy siyosat bo‘yicha reja-maqsadlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi. Quyida professorning fikrlarini to‘liq taqdim etamiz:
Video — https://youtu.be/oFCoQKwly0U
Matn — https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/06/donald-trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lida Cobalt mashinasini tog‘dan sirpanib tushgan katta tosh bosib qoldi. Oqibatda salondagi 3 kishi halok bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/06/taxtaqoracha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzbekistan Airways’ning HY101 “Toshkent — Nyu-York” reysi ikkinchi marta manzilga yeta olmadi. Ertalab samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Toshkentga qaytgandi. Keyinroq u yo‘lovchidagi erta to‘lg‘oq tufayli Kanadaga qo‘ndi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/hy101/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yaponiyada yaratilgan dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldosh — LignoSat koinotga uchirildi. U Yerdan taxminan 400 km balandlikda orbitaga chiqariladi. “O‘zimiz ishlab chiqara oladigan yog‘ochlar yordamida uylar qurish, kosmosda abadiy yashash va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lamiz”, — deydi uning yaratuvchilari.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/lignosat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etildi. Bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi, muassasa so‘nggi chora bo‘ladi. Davlat rahbari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/social-patronage/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube