Nima uchun AQShdagi saylovlarni dunyoning umuman boshqa chetidagi insonlar kuzatadi? Amerika saylov tizimining boshqalarnikidan farqi nimada?
“Gazeta.uz” kun tartibidagi voqealarning muhim jihatlarini tushuntirish maqsadida yangi loyiha — “Kontekst” podkastini boshladi. Uning birinchi soni AQSh prezidenti saylovi mavzusiga bagʻishlandi.
Epizod davomida 2024-yilgi saylovlarning avvalgilaridan farqi, Harris hamda Tramp ilgari surayotgan gʻoyalarning afzallik va kamchiliklari kabi koʻplab savollarga javob olish mumkin.
https://youtu.be/U-dQL8tULiY
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi. Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/building/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 7-noyabrgacha davom etadi. Avvalroq to‘ldirish muddati 5-noyabrda yakunlanishi xabar qilingandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/green-card/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yil fevralidan O‘zbekistondagi barcha avtoturargohlarda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish boshlanadi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar yaqinida, jumladan, ularga eng yaqin avtoturargohlar yaqinida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/electric-car/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 6-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,14 soʻmga arzonlab, 12 774,98 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa biroz koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Namangan shahrida ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasida YTHga uchradi. Ular mashinani 150 ming so‘mga vaqtincha ijaraga olgan. Bir oycha avval xuddi shu shaharda ijaradagi avtomobilda avariyaga uchragan 3 nafar bola vafot etgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qamchiq dovonida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi. Hodisa sabab dovon yo‘li vaqtincha yopildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/qamchiq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonning 4 ta hududida jinoyat ishidagi ayblanuvchilarga mansabdor tanishlari orqali qamoqdan ozod qilish, yengilroq jazo tayinlashda yordam berishini aytib pora olgan advokatlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/corruption/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShda prezidentlik saylovlari boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. G‘olib nomi qachon ma’lum bo‘lishi mumkin, ovozlar qanday hisoblanadi, nima saylov natijalarini uzoq kutishga olib kelishi mumkin — material shu haqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/us-elections/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident 5−6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi. Davlat rahbari u yerda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Unda O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/president/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
May oyida korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari va ikki nafar hokim yordamchisi mahallalarda qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/cases/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tchoban Voss Architekten tayyorlagan loyiha asosida 2025-yilda Toshkentdagi Chorsu maydonini qayta qurish boshlanadi. Loyiha Toshkent ramzlaridan biri — “Chorsu” mehmonxonasi taqdiriga ham nuqta qo‘yadi. “Gazeta.uz” muxbiri binoda bo‘ldi hamda loyiha mualliflari va arxitektorlarning fikrlarini jamladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/chorsu/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
H3C va UNICON.UZ data markazlarida bulutli texnologiyalar uchun yechimlar joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihani olib bormoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/h3c/
Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun qanotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 50 mln dollarga baholanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/wind/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank raisi UPay`ga cheklov kiritilishidan oldin kompaniya 3 marta ogohlantirilganini ta’kidladi. Avvalroq regulyator to‘lov tashkiloti faoliyatini 6 oy muddatga cheklagan, korxonaning ona kompaniyasi hisoblangan Humans esa cheklovlar sababidan OAV orqali xabardor bo‘lganini qayd etgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/upay/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari hokimlik zaxirasidagi 20 ga yerni auksionga chiqarib, egalik huquqini rasmiylashtirishda yordam berishini aytgani va bu uchun 1 million dollar pora olgani aniqlandi. U qamoqqa olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/chirchik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Pokistonning Lahor shahrida havoning xavfli sifati tufayli boshlang‘ich maktablar bir haftaga yopildi. Dam olish kunlarida ifloslanish rekord darajaga yetdi. Pokiston bunda “Hindiston shamollari”ni ham ayblamoqda. Hududda xodimlarning yarmi uydan ishlash tartibiga o‘tdi. Qator cheklovlar joriy etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/lahore/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Yallama” chegara bojxona posti inspektor-surishtiruvchisi mamlakatga taqiqlangan tovar olib kirgan odamdan yordam evaziga $1300 olgani ma’lum bo‘ldi. Xodim firibgarlik, pora berishda ishtirok etishda ayblanib qamoqqa olindi. DXX viloyatda yana boshqa pora olgan MIB, soliq organi xodimlarini qo‘lga oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/toshkent-viloyati/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Turkiya Qirg‘izistonning 58,8 mln dollarlik tashqi qarzidan “yashil” loyihalarni amalga oshirish evaziga kechib yubordi. Avvalroq Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov moliya tashkilotlari va davlatlarga davlat qarzini “yashil” tashabbuslarga ayirboshlashni bir necha bor taklif qilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/kyrgyzstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sirdaryo viloyatidagi “Malik” chegara o‘tkazish punktida 6,7 kg miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/tilla--translation-2024-11-05-15-16-29/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod ishga tushadi. Qurilish jarayonlari 2025-yil yanvardan boshlanib, zavodlar 2026-yil dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/zavod/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sud 51 yoshli o‘zbekistonlikni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U advokat Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashni taklif qilganini aytdi. Erkak dron tomonidan tashlangan snaryadning portlashi oqibatida yaralangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/mercenary/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Namangan shahridagi ko‘mir ombori mas’ul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 4,1 mlrd so‘mlik 13,3 ming tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/coal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 7 ta ballistik raketa uchirdi. Yaponiya buni “tinchlik va xavfsizlikka tahdid” deb atadi. Mutaxassislarga ko‘ra, KXDR bu bilan AQSh saylovlari oldidan yadroviy salohiyatini ko‘rsatmoqchi va Rossiyaga qo‘shin yuborgani muhokama qilinayotganda e’tiborni boshqa tarafga qaratmoqchi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/north-korea/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yilda O‘zbekiston davlat qarzi 39,7 milliarddan 45 milliard dollarga (+13,3 foiz), unga xizmat ko‘rsatish qiymati esa 48,1 trillion so‘m yoki 3,5 milliard dollarga (+42,8 foiz) o‘sishi prognoz qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/gov-debt/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdan Nyu-Yorkka soat 06:47 da uchib ketgan samolyot yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgani sababli uchib ketish aeroportiga qaytdi. Yo‘lovchi tibbiy muassasaga jo‘natildi. Reys Toshkentdan 09:30 da qayta uchib ketdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/05/samolyot/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Nyu-York hukumati odamlarga ko‘chani belgilanmagan joydan — “peshexod” tashqarisidan yoki svetoforning qizil chirog‘ida kesib o‘tishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Ilgari bu 250 dollargacha jarimani nazarda tutgan va, qonun tashabbuskoriga ko‘ra, asosan qora tanlilar va lotin amerikasiliklarga qo‘llangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/jaywalking/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
4-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
♨️ Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi.
💸 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan past boʻlmagan miqdorda oshirish rejalashtirilmoqda.
🤝 Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlish boʻyicha AQSh bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.
🗣 “Bu xatar“. Markaziy bank rahbari Oʻzbekistonning gaz va neft ta’minotida Rossiyaga qaramligi haqida.
📄 Raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlar uchun javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
☢️ Oʻzbekiston Xitoy bilan kichik yadroviy reaktorlarni qoʻllash va uranni qayta ishlashni oʻrganadi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U 2025-yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish, dedi davlat rahbari.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/electricity/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va CNNC kompaniyasi O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli yadroviy reaktorlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Ikki davlat delegatsiyalari uran rudasini qazib olish quvvatlarini kengaytirish, uni qayta ishlash va keyinchalik yoqilg‘idan AESlarda foydalanish masalalarini ham muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/nuclear-power-station/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube