So‘rovnoma: Issiqlik ta’minoti qachon yoqilishi kerak?
Oktabrning ikkinchi yarmidan boshlab Oʻzbekiston shaharlarida, ayniqsa, Toshkentda “Issiqlik taʼminoti qachon boshlanadi?”, degan savol kun tartibiga chiqdi. Aksariyat hududlarda issiqlik taʼminoti boshlandi, ammo Toshkentda bu jarayonga noyabr kelsa ham start berilmadi. Toshkent rasmiylari buni issiqlik taʼminoti yoqilishi uchun o‘rtacha kunlik havo harorati ketma-ket 5 kun +8 darajadan past boʻlishi kerakligi bilan izohladi (Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanishi kutilmoqda).
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinib, jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi. “Gazeta.uz” poytaxt aholisiga issiqlik taʼminotiga oid savollar bilan yuzlandi.
To‘liq video: https://youtu.be/7HJwnMcDK78
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mahalliy banklar yozdayoq AQSh sanksiyalariga uchragan O‘zbekiston kompaniyalari bilan operatsiyalarni to‘xtatdi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, nisbatan kuchli nazorat mamlakatga sanksiyalar xavfini kamaytirish imkonini bermoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/sanctions-cbu/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gvatemala va Laos mamlakatdari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va IBA o‘rtasidagi mojaroli munosabatlar fonida tashkil etilgan World Boxing xalqaro tashkiloti a’zosi bo‘ldi. World Boxing rahbari O‘zbekiston va Qozog‘istonning tashkilotga qo‘shilishi katta o‘zgarish bo‘lganini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/world-boxing/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilda dollarning so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu 2024-yil kutilayotganidan 4,8 foizga ko‘p. Milliy valyuta kursining 100 so‘mga qadrsizlanishi budjet xarajatlari 240 mlrd so‘mga oshishiga olib keladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/currency/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston gaz, neft va benzinning asosiy qismini Rossiyadan import qiladi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov ta’minotdagi bir mamlakatga qaramlik haqidagi savolga javob berib, bu xatar ekanini tan oldi va logistikadagi uzilishlar ichki narxlarga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/russia-oil-gas-uzb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘q-dori yetkazish va Rossiya-Ukraina urushiga qo‘shin yuborish evaziga Shimoliy Koreya Rossiyadan yiliga 600−700 tonna guruch va kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini oladi, deb yozdi Korea Herald gazetasi. Shuningdek, Koreya yarimorolidagi ehtimoliy urushda Moskva Pxenyanga yordam berishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/dprk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Seshanba kunidan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab havo asta-sekin soviy boshlaydi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ish haftasi yakuniga qadar havo harorati kunduzi +5…+10 darajagacha, kechasi 0, ayrim joylarda -2 darajagacha pasayadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/weather-uz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Poytaxtda 9-noyabrda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi. Hokimlik tashkilotlar, korxona hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/green-city/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida voyaga yetmagan qiziga jarohat yetkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. 9 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/kapgir/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ovozlarning 99,82 foizi sanab chiqilgach, Moldovada amaldagi prezident Mayya Sandu saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Sandu 55,40 foiz, uning raqibi Aleksandr Stoyanoglo 44,60 foiz ovoz oldi. Prezident chet elda yashovchi fuqarolar ovozi hisobiga ustunlikka erishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/moldova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
7TECH, BEFIT PRO va OU7 Training har bir oddiy harakat katta sovrinlarga yaqinlashtirishi mumkin bo‘lgan kuzgi chellenjni boshlayapti (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/neo-tech-ou7/
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Pedagog o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. Holat yuzasidan ma’muriy ish ochilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/school/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda issiq harorat ortidan, dushanba kechga tomon aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi. Hafta o‘rtasiga qadar kamida ikkita nam havo oqimi ta’sirida joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘inlar va sovuq harorat kuzatiladi. Hafta oxiri, xususan, dam olish kunlari quruq, ammo sovuq bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik David Stivens ustidan hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozondi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/03/boxing/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi. Viloyat MMTB rahbar pedagogik etika qoidalaridan chetga chiqqanini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/maktab/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Raqamli markirovkalash va fiskal belgilarni aks ettirish qoidalarini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun javobgarlikni, shuningdek, YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmay ishlash uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/business/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Buyuk Britaniya Konservativ partiyasining yangi rahbari etib Kemi Badenok saylandi. U Britaniya siyosiy partiyasini boshqaruvchi birinchi qora tanli ayol bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/kemi-badenoch/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zgidromet O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi. Havo harorati ba’zi joylarda -3 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Hududlarni suv bosishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/cold/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qaroriga muvofiq, tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/tamaki/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 5-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,90 soʻmga arzonlab, 12 790,12 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chernogoriyada o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 13 ta medal: 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza qo‘lga kiritdi. Musobaqada o‘zbekistonlik erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/u18-boxing-chempionship/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari jabrlanuvchini chuqurdan chiqarib olib, shifokorlarga topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/chuqur/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston AQSh bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning aytishicha, muzokaralar 14 oy davom etgan. “Bu oson bo‘lmagan yo‘l, umr bo‘yi esda qoladigan tajriba bo‘ldi”, — deb ta’kidladi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/wto-us-uzb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
⚡️Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan bosqichma-bosqich boshlanadi. 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/heating/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dushanba kuni ertalab Ohangaron tumanida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashib ketdi. Birozdan so‘ng avtoulovlarda qisqa tutashuv sabab yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, yong‘in o‘chirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yilda O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirish rejalashtirilmoqda (inflyatsiya prognozi 7 foiz). 2024-yilda ish haqi va pensiyalarni oshirish uchun rejalashtirilganidan kamroq mablag‘ ajratildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/wages/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oybek Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning Isroildagi elchisi, TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/04/indoneziya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qamchiq dovonida qisqa tutashuv sabab yuk avtomobili yonib ketdi. Dovon yo‘lida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/03/qamchiq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/03/land/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yangi saylangan deputatlarining o‘rtacha yoshi 3 yoshga — 49,5 yoshgacha oshdi. Yoshi eng katta partiya O‘zXDP, eng kichigi esa “Milliy tiklanish” bo‘ldi. Ayollar ulushi 32 foizdan 38 foizga o‘sdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/deputies-age/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube