Kuz — ijod fasli. Uning rango-rangligi kishilarni beixtiyor suratchiga aylantiradi. Biz quyidagi fotojamlanmada AQSh, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Kanada kabi mamlakatlarda kuz qanday o‘tayotganini ko‘rsatishga harakat qildik.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/autumn/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hududda tezkor tadbirlar o‘tkazib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/dxx/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari 7−12-noyabr kunlari o‘z deputatlari orasidan Senat a’zolarini saylash bo‘yicha majlislar o‘tkazadi. Endilikda senatorlar soni 100 emas, 65 nafarni tashkil qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/senate/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qarshining “Nasaf” klubi futbol bo‘yicha 2024-yilgi O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Jamoa ushbu muvaffaqiyatni Superliga bahslari yakuniga yetishiga uch tur qolganida, 1-noyabr kuni safarda “Lokomotiv"ni mag‘lub etib, rasmiylashtirdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf mazkur o‘yin lahzalarini fotosuratlarga muhrladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/nasaf/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tamaki mahsulotlarining O‘zbekiston orqali tranzitini amalga oshirish uchun yangi talablar joriy etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/tamaki/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dangasa “Napoleon”, lavashli tezpishar pitsa, “juda dangasa” do‘lmalar va “dangasa” taomlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/zira/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗣️ “Xalqimiz sizlarning yangi gʻoya va tashabbusingizni katta umid bilan kutmoqda”. Prezident — saylangan deputatlarga.
💼 Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 63 nafari qayta saylandi. Roʻyxat.
🏦 Targetga erishish muddati makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir koʻrsatmaslik maqsadida uzaytirildi — MB.
📃 Partiya roʻyxati boʻyicha deputatlikka saylangan barcha vazirlar deputatlik mandatidan voz kechdi.
📸 Kameradalarda qayd etilgan yoʻl qoidasi buzilgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak.
🏆 “Nasaf” birinchi marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqandda avtobusga “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” plakatini osib qo‘ygan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi. Yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi korxona haydovchilari bilan bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida suhbat o‘tkazildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/driver/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Partiya ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka saylangan bosh vazir o‘rinbosari, vazir yoki davlat organi rahbarlarining birortasi ham Qonunchilik palatasi deputati bo‘lish uchun o‘z lavozimini tark etmaydigan bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/resignation-of-mandate/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator hisob-kitoblariga ko‘ra, valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkinligini aytdi. U, shuningdek, kelasi yil oltin narxi hozirgidan qisman pasayishi kutilayotganini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/exchange-rate/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Foto va videokuzatuv vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak, aks holda haydovchi javobgarlikka tortilmaydi. IIV ma’lumotlar bir necha kundan keyin, hatto bir necha oydan keyin ham kelishi mumkinligini ta’kidlagandi edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/yhq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2−3-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Shanba kuni ba’zi hududlarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Yakshanba kuni harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ispaniya sharqida kuzatilgan suv toshqinlari qurbonlari soni 150 kishidan oshdi. Valensiyadagi kuchli yomg‘irlar avtomobillar, ko‘priklar, yo‘llar va temiryo‘llarni yuvib ketdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/spain-floods/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank 5 foizlik inflyatsiya bo‘yicha targetga erishish muddatini uchinchi bor kechiktirdi. MB raisi barqaror institutsional sharoit yaratmay turib, yalpi talabni cheklovchi keskin choralar ko‘rish iqtisodiy faollik va moliyaviy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/target-inflation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/zarafshon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda 2025-yilda Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Eski mehmonxona o‘rnida 29 qavatli yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar-joy binolaridan iborat loyiha qad rostlaydi. U 170 mln dollarga baholangan. Loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/chorsu/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentning zaxlagan uylari issiqlik berilishini kutayotgan bir paytda, tashqarida yoqimli kuz havosi hukmron. Daraxtlar sarg‘ish- qizg‘ish kuzgi liboslarini kiygan, hammayoq xazon. Lekin ko‘z quvnaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin 2024-yil kuzining shunday manzaralaridan bir to‘plam tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/fall/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/dxsh/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/vehicles/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda direktor o‘quvchilarni kaltakladi. IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/02/school/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
To‘qqizta kinopremera, Amerika sirki tomoshasi, ko‘rgazma va yarmarkalar, bolalar hamda kattalar uchun ijodiy mahorat darslari, shuningdek, kelayotgan dam olish kunlarida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/afisha-weekend/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Turkiya hukumati “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilmoqchi, uni buzganlik uchun yetti yilgacha qamoq jazosi nazarda tutiladi. Fuqarolik jamiyati, OAV va muxolifat qonunning o‘zgacha fikrlarni bostirish uchun foydalanilishidan xavotirda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/turkiye/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktabga qabul qilmaslikka chaqirdi. Hozir bundan umumiy ta’lim darajasi aziyat chekmoqda, dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/russia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Nasaf” O‘zbekiston Superligasida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini safarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida musobaqa g‘olibligini rasmiylashtirdi. 2001-yildan beri birinchi marta poytaxtniki bo‘lmagan klub futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/nasaf/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi. Yozib olingan audioga ko‘ra, Uralova IIBga hokimni qamab qo‘yishni buyurganini ham eshitish mumkin. Viloyat hokimligi unga intizomiy jazo ko‘rish uchun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/boyovut/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlandi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/samarkand-heating/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kanalga tushib ketdi. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/lacetti/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 4-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,93 soʻmga qimmatlab, 12 795,02 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 63 nafari (42 foizi) quyi palataning beshinchi chaqirig‘iga qayta saylandi (avvalgi saylovda 27 foiz edi). Avvalgi chaqiriqda Senat a’zosi bo‘lganlar orasida parlament quyi palatasiga saylanganlar ham bor. “Gazeta.uz” to‘liq ro‘yxatni e’lon qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/deputies-list/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi. Xususan, Konimexda yonuvchi slanetslarni qazish va qayta ishlash, Karmanada quyosh foto elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimi loyihalari qurilishi boshlandi. Navoiy shahrida paxta sellyulozasi korxonasi ishga tushdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/01/korxonalar-navoiy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube