MJTKga individual harakatlanish vositalari (velosiped, skuter, samokat va hokazo) va ularning elektron variantlari orqali sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/pmv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Talab etilgan til sertifikatiga ega bo‘lib, ammo kvota doirasida magistraturaga tavsiya etilmagan talabgorlar OTMlar belgilaydigan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Qo‘shimcha qabul asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar tegishli oliygohga murojaat qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/masters/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
OTMlarda kontrakt yoki “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddatini uzaytirish masalasini OTM rahbari hal qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/student-contract/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Ekopartiyasining saylovdagi ishtiroki yuzasidan brifing o‘tkazildi
MSK e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Ekopartiya tomonidan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarning 6 nafari saylandi.
Ekopartiya saylovchilarning 13,12% ovozini olib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida partiya ro‘yxati bo‘yicha 10 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi. Ekopartiya parlamentda jami 16 ta o‘rin oldi.
Brifingda deputatlar korpusi va partiya faollari kelgusi 5-yildagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun astoydil ishlashi ta’kidlandi.
Reklama huquqlari asosida.
Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Investitsiya va tashqi savdo vazirligi rahbari etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/vladimir-jollibekov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 29 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,47 soʻmga arzonlab, 12 794,92 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov poytaxtdagi 531-sonli saylov uchastkasida ovoz berdi. Parlament deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan vazirga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mavqeini jamiyat oldida yuksaltirish zarur. “Deputatda aynan siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart, deb o‘ylayman”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/nazarbekov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
MSK raisi dunyo bo‘ylab onlayn ovoz berish tizimida uning xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlamasdan ovoz berish dasturlari hali yetarli darajada ishlab chiqilmaganini ma’lum qildi. “Agar umume’tirof etilgan moslamalar bo‘lsa, keyingi saylov jarayonlarida qo‘llash rejamiz ham yo‘q emas”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/online-voting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Saylov kuni uchastka saylov komissiyalarida ayrim kamchiliklar qayd etildi: pasportning telefondagi rasmi asosida ovoz berish imkoniyati, kabinalarda bir vaqtda bir necha kishi bo‘lgani va boshqalar. Zayniddin Nizomxo‘jayevning aytishicha, holatlar o‘rganildi va ular saylovning umumiy natijasiga ta’sir qilmaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/violations/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxanov saylov uchastkasiga qizi bilan birga keldi. “Gazeta.uz” bilan suhbatda u nima uchun saylovda qatnashayotgani, parlament ishidan qanchalik qoniqish hosil qilayotgani va uning yangi tarkibidan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/burxanov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP — 64 ta, “Milliy tiklanish” — 29 ta, “Adolat” — 21 ta, XDP — 20 va Ekopartiya esa 16 ta o‘ringa ega bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/results/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati sovuq bo‘ladi. Haftaning o‘rtalaridan harorat ko‘tariladi, dam olish kunlariga borib esa mamlakat aholisi kunduzi issiq harorati taftidan bahramand bo‘ladi. Shu darajadaki, yakshanba kuni peshin vaqti yengil kiyimlarda ham yurish mumkin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Gazeta.uz” muxbiri saylov komissiyasi a’zolari bilan birga Toshkentdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj ikki saylovchining xonadonida bo‘ldi. Umuman, O‘zbekistonda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga mustaqil ravishda kela olmaydigan jami 46,3 ming saylovchi ro‘yxatga olingan edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/elections-disabled/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Gazeta.uz” muxbirlari Yashnobod tumanidagi 307-maktabda tashkil etilgan 621-saylov uchastkasidagi so‘nggi ovoz berish jarayonlarini, ovoz berish yakuniga yetib, saylov uchastkasi yopilgach, ovozlarning sanalishini qisman kuzatdi.
Video: https://youtu.be/S2L5c1g4FMo
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Deputatlikka saylovlarda soat 17:00 gacha 14 milliondan ortiq fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Ular orasida to‘yi saylov kuniga to‘g‘ri kelgan kelin-kuyovlar, yoshi 100 dan oshgan otaxonu onaxonlar ham bor. “Gazeta.uz” ularning ayrimlarini imkon qadar bir sahifaga jamladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/people/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yildan Moskvada xorijiy fuqarolarga tajriba tariqasida elektron guvohnomalar berila boshlaydi. Unda fuqaro haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi. Bu, jumladan, jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqishga imkon beradi, deydi poytaxt meri.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/moscow/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
MDHning O‘zbekistondagi deputatlik saylovini kuzatish missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylovlar ochiq, raqobat va adolatli o‘tganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, saylovchilar siyosiy yetuklik ko‘rsatib, nomzodlarning va’dalarini bajara olish-olmasligini to‘g‘ri baholay boshlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/cis/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan 6 dona oltin quymasi, quyma tilla uzuk va 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar olib o‘tayotgan shaxs ushlandi. Buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/gold/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Maktab o‘quvchilari uchun 2-noyabr so‘nggi o‘qish kuni bo‘ladi. Ular 4-noyabrdan kuzgi ta’tilga chiqib, 10-noyabrgacha dam oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/holiday/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan yana uch shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi. Avvalroq bir gumonlanuvchi hibsga olingandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/detained/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Turkmangaz” va “Gazprom” Turkmaniston gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirmadi, chunki tomonlar narx masalasida kelisha olmagan. “Gazprom” 2019-yilda “Turkmangaz” bilan besh yil muddatga — 2024-yil 30-iyungacha shartnoma tuzgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/turkmengaz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev proporsional saylov tizimi bo‘yicha partiyalar ro‘yxatida nomzodi ilgari surilgan vazirlar deputatga aylanishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi. Uning aytishicha, bu nomzodlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, ular 5 kun ichida MSKga o‘z qarori to‘g‘risida ariza berishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/ministers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh va Yevropa Ittifoqi Gruziyada o‘tgan parlament saylovlarida yo‘l qo‘yilgan barcha qoidabuzarliklarni tekshirishga chaqirmoqda. Gruziya prezidenti esa saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va fuqarolarni norozilik namoyishlari o‘tkazishga chorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/georgia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank fuqarolarning onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi. Odamlarga regulyatorning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/fake-app/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit qozonxona mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/gas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72 foizi ovoz berganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/votes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2023-yil kuzidan beri O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan Dilshod Axatov ayni paytda Shveysariyaga ham elchi etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/28/dilshod-axatov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Odamlar saylov haqida nima deydi?
O‘zbekistonliklar 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, shuningdek, viloyat, shahar va tuman kengashlariga deputatlarni sayladi. “Gazeta.uz” aholi gavjum joylarda vatandoshlarga mikrofon tutib, ulardan saylov kunini qanday o‘tkazgani haqida so‘radi. Ba’zi suhbatdoshlar o‘zi munosib deb hisoblagan nomzodlarga ovoz berganini ma’lum qildi. Boshqa bir guruh respondentlar esa saylovda qatnashmaganini bildirdi. U tomon ham, bu tomon nega bunday tanlov qilganini izohladi.
Video: https://youtu.be/-F9rdl8bcIs
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylov yakuniga yetadi. 20:00 da saylov uchastkalari yopilib, ovozlarni sanash jarayoni boshlandi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qator mamlakatlarda O‘zbekistondagi deputatlar saylovi bo‘yicha ovoz berish allaqachon yakunlandi. AQShda esa u endigina boshlandi. Xorijiy saylov uchastkalarida saylov qanday o‘tmoqda? Bu bilan O‘zbekistonning Yevropa, Osiyo va AQShdagi elchixonalari tomonidan “Gazeta.uz”ga taqdim etilgan suratlarda tanishing.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/elections-world/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube