Parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar yakuniga yetib bormoqda – saylov uchastkalari 20:00 da yopiladi. Videodagi saylov uchastkasida esa Alla Pugachyova saylovchilarni ovoz berishga “chorlamoqda”. Pleylistda uning qo‘shiqlaridan tashqari “Yalla” guruhining kompozitsiyasi ham bor.
Video: Shuhrat Latipov / “Gazeta.uz”
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 17:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 14 264 994 nafari yoki 71,52 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/saylov-1700/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroilning Tel-Aviv shahri yaqinidagi harbiy baza oldida yuk mashinasi avtobus bekatiga urildi. Oqibatda o‘nlab odamlar yaralandi. Politsiya buni terakt deb taxmin qilmoqda. Haydovchi otib tashlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/tel-aviv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Anqarada yashovchi oʻzbekistonliklar uchun Turkiyadagi elchixonada ovoz berish kuni vatandoshlari bilan muloqot qilishi uchun yaxshi fursat boʻldi.
Mehmonlarni osh va somsa bilan siylashdi. Ovoz beruvchilar qoʻllarida Oʻzbekiston bayroqlari bilan vatan haqidagi qoʻshiqlarni ham ijro etdi.
Video: Elshod Salimov / “Gazeta.uz”
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 15:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 12 504 688 nafari yoki 62,70 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/saylov-1500/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/odihr-mission/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kanadada o‘tgan figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turnirida O‘zbekiston nomidan qatnashgan Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligi mamlakat tarixida ilk bor sovrindor bo‘ldi. Ular erkin dasturdagi ijrosi uchun hammadan ko‘p ball oldi. Yakunda qisqa dasturdagi chiqish ham qo‘shilib, jamoa 2-o‘rinni egalladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/skating/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
27-oktyabr kuni o‘tayotgan deputatlar saylovida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzaqov Yunusobod tumanidagi 434-saylov uchastkasida ovoz berdi. U ovoz berish jarayoni tashkil etilgan sport zaliga kirib kelarkan, saylov komissiyasi a’zolarini: “Bayram bilan!”, - deb olqishlagan.
Video: “Gazeta.uz”
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 520-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hukmron “Gruzin orzusi” Gruziyadagi parlament saylovlarida 52,2 foiz ovoz oldi, to‘rtta muxolifat bloki jami 37,3 foiz ovozni qo‘lga kiritdi. Muxolifat saylov natijalarini tan olmasligini va norozilik namoyishlarini boshlash niyatida ekanini ma’lum qilib ulgurdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/georgia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda bu galgi saylovlar “Mening tanlovim — obod Vatanim!” shiori ostida o‘tmoqda. Jami 19 mln 945 mingga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Qonunchilik palatasidagi o‘rinlar uchun 875 nafar nomzod kurash olib bormoqda. Boshqa raqamlar va faktlar.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/facts/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev deputatlar saylovida ovoz berdi
O'zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/president/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston deputatlari saylovi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ham boshlandi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi elchixona oldida katta navbat paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi saylovlardan olingan fotosuratlar va videolarni taqdim etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/elections-abroad/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi 677-saylov uchastkasidagi ovoz berish jarayonining boshlanishi. Uchastka ochilishi arafasida uning oldida saylovchilar navbati yuzaga keldi.
Video: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ertalab soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum. Ular ochilishidan oldin saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirdi, madhiya yangradi. “Gazeta.uz” muxbirlarining fotoreportajlari.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/photo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Anqaradagi o‘zbekistonliklar Turkiyadagi elchixonada deputatlar saylovi uchun ovoz bermoqda. Bunda 1040 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Kelganlar osh va somsa bilan mehmon qilindi. So‘ng ular qo‘lda bayroq bilan vatan haqida qo‘shiq kuylab, raqsga ham tushdi. “Gazeta.uz” jarayondan reportaj tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/ankara-election/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda ovoz berish uchastkalari ochilganidan besh soat o‘tar-o‘tmas parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb topildi. Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi. “Gazeta.uz” muxbirlar kun davomida Toshkentdagi turli saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni kuzatib bormoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/jarayon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylov masalasiga oid 16 ta turli xabarlar o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi. Uning ma’lum qilishicha, ulardan birontasida qonun buzilishi aniqlanmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/prokuratura/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Deputatlar saylovida ovoz berish uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi 40,5 mingga yaqin mahkum ro‘yxatga olingan. Bu joylarda 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/giun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib Oybek Usmonov tayinlandi. Tayinlovga qadar u Misr va Pokistonda elchi bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/afghanistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat raisi Tanzila Narbayeva deputatlar saylovida ovoz berdi. U “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ovoz berishning ahamiyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining avvalgi tarkibi nimalar bilan e’tiborga sazovor bo‘lgani va yangi tarkibdan nimalarni kutish mumkinligi haqida so‘zladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/narbayeva/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda saylov o‘tgan deb hisoblandi — MSK
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 13:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 9 948 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarovning ma’lum qilishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi. Shu sabab, bugungi deputatlik saylovlari o‘tgan deb hisoblandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/voting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Birinchilar qatorida ovoz bergan Erkin Turdimov, nomzodlar bilan tanishgan Shuhrat Abdurahmonov va oilasi bilan saylovda qatnashgan Murotjon Azimov — “Gazeta.uz” hududlar rahbarlarining saylov uchastkasida olingan suratlarini to‘pladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/hokimlar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 11:00 holatiga ko‘ra, saylovchilarning 5 900 243 nafari yoki 29,58 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Saylovchilarning umumiy soni 19 944 859 nafarni tashkil etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/votes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yakshanba kuni o‘tayotgan deputatlik saylovlarida O‘zbekistondagi 5 ta siyosiy partiya rahbarlari ham poytaxdagi turli saylov uchastkalariga borib ovoz berdi (foto).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/partiya-raislari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Saylov bu — bayram
Yaqin-atrofdagi saylov uchastkasi qayerda ekanini erta tongdan yangragan baland musiqa ovozidan bilib olish mumkin. Toshkentdagi Respublika xoreografiya ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etilgan saylov uchastkasi saylovchilarni “Yangi O‘zbekiston” qo‘shig‘i bilan kutib oldi. 17-maktabda tashkil etilgan uchastkaning saylov komissiyasi a’zolari musiqa sadolari ostida raqsga tushib, ko‘tarinki kayfiyatini namoyish etdi. Yunusobod tumani “Registon” mahallasi idorasida tashkil etilgan uchastka mehmonlariga esa choy va qahva bilan mehmon qilindi.
Video: “Gazeta.uz”
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
27-oktyabr tongida yuzlab oʻzbekistonliklar mamlakatning Moskvadagi elchixonasi oldida oʻz vatanidagi deputatlar saylovida ovoz berish uchun yigʻilishdi.
Videotasvirlarni Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi “Gazeta.uz”ga taqdim etdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistondagi saylovlar tarixida ilk bor elektron ovoz berish tizimi sinovdan o‘tkazilyapti. Bunday tizim Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkasida ishlamoqda. Saylovchilar o‘z xohishiga ko‘ra an’anaviy yoki elektron ovoz berish turini tanlashi mumkin. Videoda elektron ovoz berish tartibi bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma ko‘rsatilgan.
Video: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/kazakhstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/27/detained/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube