🗳O‘zbekistonda deputatlar saylovi boshlandi
27-oktabr kuni soat 8:00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi boshlandi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi.
Joriy saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/elections/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasidan 6 nafar mahbus yer ostida 65 metrlik lahim kovlab, qochib ketdi. Mahalliy Telegram kanallari mahbuslar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligini aytmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/russia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi YandexGo, Yandex Eats hamda Express24 kompaniyalarini xizmat bozorida ustun mavqega (monopol) ega deb topdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/yandex-eats-express24/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Murabboli pirog, amerikancha qovoqli pirog, malina va smetanali pirog, “Farishtaning ko‘z yoshlari” va boshqa shirin piroglar retsepti — Zira.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/zira/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviahujum oqibatida Eron havo hududi yopildi. Shu tufayli O‘zbekiston shaharlaridan bir qator parvozlar kechikish bilan amalga oshirildi, bir reys Toshkentga qaytarildi, boshqalari esa zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/routes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Erondagi raketa ishlab chiqaruvchi korxonalarga havo hujumlarini uyushtirdi. Zarbalar 3,5 soat davom etdi, 100 dan ortiq samolyot uchirilgani aytilmoqda. Eron qurbonlar yo‘qligi, zarar ko‘lami aniqlanayotganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/israel-iran/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ismatulla Irgashevga ko‘ra, Afg‘oniston ham Amudaryo suvidan foydalanishga haqli. Ammo bu borada bir qancha masalalar mavjud. “Biz yaqin qo‘shnimiz bo‘lmish afg‘on xalqi bilan bularning yechimini albatta, topamiz” — dedi u. Yaqinda Toshkentda Qo‘shtepa kanalini qurish bo‘yicha ishchi guruhi majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/qoshtepa-kanali/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
25-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇺🇿 “Oʻzbekiston BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qiladi” — Bahrom A’loyev.
🗳 MSK: 1 milliondan ortiq saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.
🚓 IIV sohasidagi keng koʻlamli islohotlar davom ettiriladi — Shavkat Mirziyoyev.
⛽️ Afgʻonistondagi gaz konini oʻzlashtirish boʻyicha shartnomani Oʻzbekistonning Eriell KAM kompaniyasi imzoladi — prezidentning maxsus vakili.
🗣 Partiya sharfi yoki kepkasini kiyish hali elektoratga yoʻl topish degani emas. Sodiq Safoyev — saylovoldi tashviqoti haqida.
🇬🇧 Oxirgi 4 yilda 30 nafar oʻzbekistonlik yoshlar IELTS’dan 9 ball oldi — Alisher Sa’dullayev.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
To‘qqiz oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,1 million so‘mdan oshdi. O‘sish sur’ati 18,5% dan 16,4% gacha sekinlashdi. O‘qituvchilar va shifokorlar ish haqining respublika darajasiga nisbatan tafovuti o‘sdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/wages/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Toshkent shahridagi Bobur ko‘chasi bo‘ylab poytaxt xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichni masofadan turib ishga tushirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/bridge/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yildan Moskvada eksperiment doirasida migrantlarga ular haqidagi “barcha ma’lumotlar” mavjud bo‘lgan elektron guvohnomalar berish boshlanadi. Shuningdek, Moskva aeroportlarida barcha xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/migrants/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bu galgi saylovda partiyalar aniqroq dasturlarni ilgari surmoqda, lekin ular zamonaviy siyosiy texnologiyalarni ham o‘zlashtirishi kerak, dedi Senat rahbarining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. Elektoratga yo‘l topish partiya sharfi yoki kepkasini kiyish bilan belgilanmaydi, deya ta’kidladi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/sodiq-safoyev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida O‘zbekiston bo‘ylab 1 million 15 ming 948 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/election/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekiston BRIKSning hamkori boʻlishi kutilmoqda. Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahrom A’loyevga koʻra, mamlakat kelajakda BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qilib, unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/brics-uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda "FEI World Jumping Challenge" finalining ikkinchi kuni yakunlandi
"Universal Horses Stable" bazasida 115 va 120 sm balandlikdagi kvalifikatsiya marshrutlari o‘tkazildi. Dominikan respublikasidan Giordjiya Anna Ieromazzo yana yetakchi bo‘ldi, ijaraga olingan Jangcy L otida ikki marshrutda ham jarimasiz ishtirok etdi va natijalari 64,02 va 32,74 sekundni tashkil qildi.
Birinchi marshrutda kumush medalni Singapurdan Kristi Peydj Nair, ikkinchisida esa Flavyen Gabriel qo‘lga kiritdi. Top-5da shuningdek O‘zbekiston, JAR, va Mavrikiy chavandozlari o‘rin olgan.
Final 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Instagram.
Reklama huqulari asosida.
Ekzit-pol natijalariga ko‘ra, hukmron “Gruzin orzusi” partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida shartli ravishda 56,1% ovoz oldi. Ammo hukmron partiya ham, muxolifat ham o‘z g‘alabasini e’lon qildi. MSK yaqin soatlarda natijalar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni taqdim etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/georgia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun 270 ming so‘m miqdoridagi bir martalik kompensatsiya oladi. Pul kartalarga 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/kompensatsiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/surxondaryo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kechasi Qibray tumanida 2 noma’lum shaxs Range Rover mashinasiga bir necha marta o‘q uzgan. Bosh prokuratura xabarida faqat haydovchi haqida ma’lumot berilgan, ammo manbalarga ko‘ra mashinada Komil Allamjonov ham bo‘lgan. U ham, haydovchi ham jarohatlanmagan. Gumonlanuvchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/qibray/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uchinchi “Venom” va yana yettita kinopremyera, teatrlardagi ko‘plab spektakllar, konsert hamda ko‘rgazmalar, bolalar uchun mahorat darslari va kattalar uchun ijodiy mashg‘ulotlar, shuningdek, dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/weekend/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida avtomobil narxlari o‘sishi sekinlashdi. Bu avtokreditlar foiz stavkalarining oshishi hamda bunday kreditlar berilishining 2,1 barobarga kamayishi fonida yuz berdi. Bozordagi faollikning pasayishi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/26/auto-market/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hukumat qarori bilan kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi tasdiqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/credit/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/elections/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi. U bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/boy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
25-oktabr kuni O‘zbekistonda “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi. Adliya vazirligiga ko‘ra, 2024-yil 9 oyida elektron tizimlar sababli 12,7 tonna ofis qog‘ozi tejalgan. Bu orqali 240 ta daraxt saqlab qolinishiga erishildi, deb yozdi vazirlik.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/paper/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Yuqori Chirchiq tumanidagi 3 ta mahalladan yana yer maydoni ajratildi. Yerlar doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/yangi-toshkent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qatarda ikki oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tiklanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/hostages/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘nggi 4 yilda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin yosh IELTS`dan 7 balldan baland natija qayd etganini ma’lum qildi. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 9 ballik natija qayd etganlar yoshlar soni 30 nafarga yetgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/ielts/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tadqiqotchilar guruhi bir paytlar Ipak yo‘li o‘tgan O‘zbekiston tog‘larida ikkita o‘rta asr shahrining qoldiqlarini aniqladi. Ular dengiz sathidan 2000 metrdan ham balandroq joyda joylashgan bo‘lib, olimlarning taxminiga ko‘ra, temir rudasi qazib olish maqsadida bunyod etilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/lost-cities/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning ma’lum qilishicha, Eriell KAM kompaniyasi Afgʻonistondagi gaz konini oʻzlashtirish boʻyicha shartnoma imzolagan. Unga koʻra, Oʻzbekiston 25 yil davomida loyihaga yiliga 100 million dollar sarmoya kiritadi, qazib olingan gazni ham qayta ishlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/eriell-afghanistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube