Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Mo‘g‘uliston xalqaro qamoqqa olish orderi amal qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z hududida hibsga olmasdan, Rim statutini buzganlikda aybladi. Putin sentabr oyida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/mongolia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yakshanba kuni Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi. Partiyalar ko‘chalarda tashqi reklamalardan foydalanib, fuqarolarni o‘zlari uchun ovoz berishga turlicha targ‘ib qilmoqda. Gazeta.uz fotomuxbirlari siyosiy voqea arafasida poytaxt qanday ko‘rinishga kelganini suratga oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/elections-photo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Respublikada dam olish kunlari janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga biroz soviydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +13…+15, yakshanba kuni esa +19 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/hydromet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oqtepa Lavash’da “Yangiliklar festivali” davom etmoqda
Bosh oshpazlar mehmonlar uchun maxsus, sevib tanovul qilinadigan taomlardan iborat menyuni ishlab chiqdi va tatbiq etdi:
- selli BBQ vrap;
- klassik Sezar vrap;
- uzun Chicken Looonger;
- kenja hot-dog;
- Kanada sosiskasili, qirs-qirs piyoz va Amerika pishlog‘ili hot-dog;
- qizil karamdan salat — xuddi buvijonlar tayyorlab bergandek yangi.
Tarmoqning 92 filialidan birida mehmon boʻlish va kuz yangiligidan mana shu dam olish kunlarida tatib koʻrishning ayni qulay vaqti.
24/7 tezkor yetkazib berish: t.me/oqtepalavash_bot
Telegram: t.me/oqtepalavashuz
Reklama huquqlari asosida.
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev davlat madhiyasi eskirganini aytib, u qayta yozilishini bildirdi. “Madhiyamizni 5 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar oson kuylashi uchun qayta yozamiz”, — dedi spiker.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/kyrgyzstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Buyuk Britaniya 2025-yil 1-iyundan bir martalik veyplarni sotishni taqiqlaydi. Bu chora o‘smirlarni himoyalash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan. Taqiqning kiritilishi jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/vape/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShning SpaceX va Buyuk Britaniyaning Surrey Satellite Technology kompaniyalari O‘zbekistonning milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/spacex/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yandex Uzbekistan va Express24 yagona texnologik platformani yaratish bo‘yicha bitim imzoladi. Bunda Yandex Go`dagi Eats va Express24 xizmatlari yagona texnologik platformaga o‘tadi. Express24 ilovasi o‘z faoliyatini davom ettiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/yandex-express24/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini olishi haqida so‘z bordi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/brics-13/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
24-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🎖 Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
✍️ Senatorlar davlat sirlarini himoya qilish boʻyicha yangi qonunni ma’qulladi.
🗣 Konstruktiv muloqot orqali global murosaga erishish da’vatlarini qoʻllab-quvvatlayman — prezident.
🏭 Bosh prokuratura Toshkent shahri va viloyatidagi havoni ifloslantiruvchi korxonalarni tekshiradi.
🏦 BAA kompaniyasi “Poytaxt bank”ning yangi egasiga aylandi.
“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:
🦒 Toshkent hayvonot bogʻi — 100 yoshda! U qanday oʻzgaryapti?
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
24-oktabr kuni Senatning to‘rtinchi chaqirig‘i o‘zining so‘nggi yalpi majlisini o‘tkazdi. Yuqori palata raisi Tanzila Narbayeva o‘tgan 5 yildagi faoliyatni sarhisob qilib, ularga bildirilgan ishonch uchun O‘zbekiston xalqiga va prezidentga minnatdorchilik bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/senat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV tizimidagi bir guruh xizmatchilarni mukofotladi. Xususan, sobiq vazir Zakirjon Almatov xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/mukofot/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda ehtiyot bo‘lishga chaqirildi. Mamlakatdan ketayotganlardan aeroportlarga bir soat oldin yetib kelish so‘raldi. Terakt ortidan Anqarada xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/call/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti Qozonda o‘tkazilgan “BRIKS plyus” sammitida jahondagi boshqaruv institutlarini isloh qilishga, “Janub-Janub” va “Shimol-Janub” formatlaridagi muloqotni kengaytirishga chaqirdi. Shuningdek, G‘azo va Livandagi gumanitar fojiani hamda Afg‘onistondagi vaziyatni tilga oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/brics/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Yurtimiz taraqqiyotiga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shishga harakat qildik” — Senatning to‘rtinchi chaqirig‘i o‘zining so‘nggi majlisini o‘tkazdi
24 oktyabr kuni Senatning to‘rtinchi chaqirig‘i o‘zining so‘nggi yalpi majlisini o‘tkazdi. Yuqori palata raisi Tanzila Narbayeva o‘tgan 5 yildagi faoliyatni sarhisob qilib, ularga bildirilgan ishonch uchun O‘zbekiston xalqiga va prezidentga minnatdorchilik bildirdi.
Tanzila Narbayeva, shuningdek, hamkorlik uchun hukumat vakillariga, OAVga, ekspertlar va olimlarga ham Senat nomidan minnatdorchilik bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/senat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 28-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,72 soʻmga arzonlab, 12 808,39 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi esa tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U mart oyidan beri Vengriyada elchi bo‘lib xizmat qilmoqda, shu haftadan boshlab esa Xorvatiyada ham elchilik vazifasiga kirishgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/slovenia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti IIO xodimlariga yo‘llagan tabrigida IIV tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlar davom ettirilishini ta’kidladi. “Ichki ishlar tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijasini xalqimiz o‘z kundalik hayotida doimo sezishi, his etishi shart”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/greeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida 693,8 ming nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,2% kam. O‘lim holati avvalgidan ko‘payib, 131,7 ming nafarni tashkil etdi. Mamlakatda 9 oy ichida 179,4 ming nikoh tuzilgan bo‘lsa, 34 mingta ajrim kuzatildi. 193,5 ming kishi O‘zbekistondan chetga ko‘chib ketdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/demography/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston tomonidan 2014-yilda qidiruvga berilgan 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi. U jinoiy uyushma tashkil etish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/arrest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berilmoqda. Bu ko‘zda tutilgan qonunni Senat ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/probatsiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bir qator Britaniya hamdo‘stligi davlatlari 17−19 asrlardagi transatlantik qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya undirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/commonwealth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini minib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketdi. U og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yangi tashkil etilgan Migratsiya agentligi 2026-yilgacha fuqarolarni xorijga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyalarini xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazadi. Ish takliflari ochiq e’lon qilinadi, saytda rezyume shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Migrantlarga 10 mln so‘mgacha mikrokredit beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/25/migration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan oʻyin komissarining telefoni olib qoʻyilib, oʻzi majburan boʻlinmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/football-match/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bond Investments kompaniyasi (BAA) “Poytaxt bank” aksiyalarining 100% egasiga aylandi. Iyun oxirida Davaktiv shu investor bilan bankni 10 mln dollarga sotishga kelishilgani haqida xabar bergandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/poytaxt-bank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonga rasmiy dilerlar tomonidan chetdan olib kelinadigan avtotransport vositalari Piskent tumanidagi poligonda 3 oylik sinovdan o‘tadi. Bu talab o‘z ehtiyoji uchun xorijdan avtomobil olib keladiganlarga tegishli emas.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/piskent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. 2025-yildan tashkilot xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirishni boshlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/migration-agency/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Turkiya harbiylari Anqaradagi Turkish Aerospace shtab-kvartirasiga qilingan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Kurdiston ishchi partiyasi obyektlariga zarbalar berdi. Turkiya hukumati KIP hujumga aloqadorligini aytmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/turkiye/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bosh prokuratura 22-oktabrdan Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalarni tekshirishni boshladi. Nazorat organi filtrlovchi uskunalarni o‘rnatish ishlari kechikayotganini ta’kidladi. Poytaxtda 31 ta korxonadan faqat 8 tasi bunday uskunalarni o‘rnatgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/air/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube