Jan Tirol bilan intervyu ingliz tilida
Fransiyalik iqtisodchi Jan Tirol bilan intervyu eʼlon qilinganidan so‘ng bizdan suhbatning ingliz tilidagi asl variantini ham YouTube‘ga yuklashni so‘rashdi. Biz esa yukladik. Mana uning havolasi:
https://youtu.be/IP3oSBcum1A
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 25-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,79 soʻmga arzonlab, 12 816,11 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Poytaxt hokimi qarori bilan Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun 6 mlrd so‘m ajratildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/drainage/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr toki, portlovchi, kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/hunting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
BRIKS mamlakatlari sanksiyalarni bekor qilishni zarur deb hisoblaydi, shuningdek, ular Yaqin Sharq va Ukrainadagi qurolli mojarolar bo‘yicha pozitsiyasini belgilab, ko‘p qutbli dunyo tuzilishi tarafdori ekanini bildirdi. Shuningdek, sammitda Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy ma’lumotlar.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/kazan-declaration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Navoiy viloyati IIBdan “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishlaricha, ayolni kaltaklagan shaxs qamoqqa olingan. Ta’kidlanishicha, huquqbuzarning ichki ishlar organlariga “hech qanday aloqasi yo‘q”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/samosud/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/mahkumlar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga inglizcha kontent qilishni tavsiya etib, shu tildagi auditoriya juda kattaligini aytdi. “O‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topasizu, inglizcha kontentdan qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/sherzod-shermatov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2020-yildan beri Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/andijon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yanvar-sentabrda muomaladagi naqd pul ulushi yillik ko‘rsatkichda 3,2 foiz bandga — 23,9 dan 20,7 foizga pasaydi, deb xabar qildi Markaziy bank. Karta egalari mablag‘larini tobora kamroq naqdlashtirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/money-turnover/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga 3000 nafar harbiyni yubordi, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Pentagon KXDR askarlari Rossiyaga jo‘natilganini tasdiqladi, ammo ular u yerda nima bilan mashg‘ul ekani hozircha noma’lumligini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/north-korea/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda qurilish qilish, uchastka bilan ta’minlash tartibini buzish va tabiiy resurslarga mulk huquqini buzish uchun jazo choralarini kuchaytirishni ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/seizure-of-land/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oxirgi 8 yil ichida O‘zbekistonda gazetalar soni 91 taga, radiolarniki esa 6 taga kamaydi. AOKA direktoriga ko‘ra, hozirda axborotga ko‘proq ishlov berilyapti va uni yetkazish xarajati ozayib bormoqda. Bosma nashrlar esa raqobatga chidolmayapti. “Ular baribir qisqaradi, bu dunyodagi umumiy tendensiya”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/newspapers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev nima uchun O‘zbekistonda inflyatsion targetga erishish muddati 2025-yil emas, 2026-yilga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini izohladi. Muddatning uchinchi bor kechiktirilishiga energotariflarning ikki bosqichda oshirilishi va boshqa omillar ta’sir qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/inflation-targeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
BRIKS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga borgan O‘zbekiston prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot o‘tkazdi. Ular texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika kabi sohalarda hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/uzb-india/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2022-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tgan O‘zagroinspeksiya Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga qaytarildi. Unga import qilinadigan ekinlar urug‘ini GMO mavjudligi bo‘yicha tekshirish, tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya, yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holatini nazorat qilish ham yuklatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/uzagroinspeksiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukrainaning NATOga zudlik bilan taklif etilishiga AQSh va Germaniyadan tashqari, Vengriya, Slovakiya, Belgiya, Sloveniya va Ispaniya ham qarshi, deb yozmoqda Politico. Urush tugashidan oldin Ukrainaning NATOga rasman taklif qilinishi Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”dagi birinchi banddir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/nato/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bo‘lajak saylovda yashil va musaffo, sog‘lom hayot istaganlar Ekopartiya tomonida.
Ekopartiya tabiat uchun birlashishga taklif qiladi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi unga va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqiradi.
Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
Reklama huquqlari asosida.
Prezident topshirig‘i bilan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/water/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Barcha universitetlar bir xil darajada sifatli bo‘la olmaydi” — Jan Tirol
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida mamlakatdagi barcha universitetlar bir xil darajada sifatli bo‘lolmasligini taʼkidladi.
Barcha oliygohlar yagona standartdagi diplom berishi haqidagi savolga iqtisodchi “barcha universitetlar bir xil degan fikr — xomxayol”, deya javob berdi.
Suhbatni to‘liq quyidagi havolalar orqali ko‘rish va o‘qish mumkin.
Video — https://youtu.be/bKcCR3_WPc0
Matn — https://www.gazeta.uz/uz/2024/10/22/jean-tirole/
“Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Uning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/sardor-kariyev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Hozirda mamlakatda bunday cheklov 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qiladi. Avvalroq Avstraliyada ham bu masala ko‘rib chiqilayotgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/norway/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat 1993-yildan beri amalda bo‘lgan “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/state-secrets/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozon shahriga tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/24/award/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi, u mart oyidan buyon mamlakatning Vengriyadagi elchisi lavozimida ham ishlab kelmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/croatia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
23-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗣 “Oʻzbekiston va Qozogʻiston hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega” — Abdulla Aripov.
🤝 BRIKS sammiti doirasida Mirziyoyev va Erdogʻan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
🇰🇿 Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasini tashkil etish taklif qilinmoqda.
📈 Inflyatsion targetga erishish muddati nega 2026-yilgacha surildi?
⚖️ Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish jinoyatlarini faqat prokuratura tergov qiladi.
🇺🇿 Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishni 2026-yilda oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Detroyt shahrida Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash mitingida rep o‘qidi. Shuningdek, Eminem chiqish qilib, saylovlarga borish va Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Avvalroq Donald Tramp McDonaldʼs`da kartoshka qovurgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/obama-raps/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, mashinasozlik sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/uzb-turk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mahalliylashtirish import o‘rnini bosish emas, balki narx bo‘yicha ham, sifat bo‘yicha ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, eksportni ham ko‘paytirishdir, deya ta’kidlandi prezident bilan uchrashuvda. “O‘zavtosanoat” 2 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/localization/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Turkiyaning Turkish Aerospace aviakompaniyasi bosh qarorgohi yaqinida terakt sodir bo‘ldi, 3 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi yaralandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/turkiye/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube