Senatorlar O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olishga qarshi kurashishda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/lands/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shahrisabzda Eko partiyaning navbatdagi saylovoldi ommaviy tadbirini o‘tkazildi. Tadbir juda ko‘taringki ruhda o‘tdi. Qashqadaryoliklar atrof-muhitga befarq emas.
Eko partiya sog‘lom kelajak uchun qayg‘uradigan barcha fuqarolarni partiya va uning nomzodlariga ovoz berishga taklif qilmoqda.
Reklama huquqlari asosida.
Mang‘istau viloyati hokimi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etishni taklif qildi. Buning natijasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar oshishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/mangistau/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroil mudofaa armiyasi “Hizbulloh” guruhi ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiddin o‘ldirilganini tasdiqladi. U guruhning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohga voris sifatida ko‘rilardi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/hashem-safieddine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Belarus prezidenti saylovi 2025-yil 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 2020-yildagi saylovlar Lukashenko rejimiga qarshi norozilik namoyishlari fonida kechgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/belarus/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan kvadroberlik harakatlari mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/kvadrober/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Alisher G‘aniyev yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. U 23 yoshgacha bo‘lganlar orasida kurashning har ikki turi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylanib, O‘zbekiston tarixiga kirdi (foto, video).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/alisher-ganiev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga taqdimotda aytilishicha, O‘zbekistonga so‘nggi yetti yilda jami 78 mlrd, jumladan, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 23,7 mlrd dollarlik xorij investitsiyasi kirib kelgan. Bu orqali 1800 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarila boshlagan, 120 ta yirik quvvat ishga tushgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/investments/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/asila-mirzayorova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident qarori bilan, Olimjon Abdullayev tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekistonning Germaniyadagi konsullaridan biri bo‘lib ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/appointment/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Central Asian Expo ko‘rgazmalar markazida Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda MG o‘zining so‘nggi avtomobil modellarini taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/mg-motor/
Iqtisodiyotda davlat nima uchun kerak? Monopoliyalar qanday paydo bo‘ladi va yo‘qoladi?
“Gazeta.uz” O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun aktual bo‘lgan shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida fransiyalik iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan suhbatlashdi.
Intervyu davomida Tirol, shuningdek, zamonaviy oliy taʼlim tizimi qanday qurilishi, olimlarning ijtimoiy masʼuliyati haqida ham gapirib o‘tdi.
Suhbatni to‘liq quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz yoki o‘qishingiz mumkin:
Video — https://youtu.be/bKcCR3_WPc0
Matn — https://www.gazeta.uz/uz/2024/10/22/jean-tirole/
Bahodir Abdullayev, Ma'murjon Obrahmatov, Iskander Mirzaxmedov, Mark Salixov
@gazetauzmaxsus
Sentabrda O‘zbekiston 806,1 mln dollarlik oltin eksport qildi. To‘qimachilik eksporti pasayishda davom etmoqda, meva va sabzavotlar yetkazib berish esa keskin oshdi. Mamlakatga gaz va neft mahsulotlarini katta hajmda import qilish ham davom etmoqda. Turizm iqtisodiyotga 2,4 mlrd dollar hissa qo‘shdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/trade/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qo‘shrabot tumanida gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning o‘g‘li hamda qizi vafot etdi. Portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/gaz-portlashi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi — jurnalist Inessa Papernaya va uning do‘sti hamda O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topilgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ular noma’lum etiologiyali zaharlanishdan vafot etgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/hotel/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xalq bilan muloqot va fuqarolarning shahar loyihalariga jalb etilishi shaharda qulay muhitni yuzaga keltiradi. Uzoq vaqt Toshkent aholisidan ular aslida nima xohlashi haqida so‘ralmagan. Shaharni rivojlantirishga aholini kim va qanday jalb qilishi kerak — sotsiolog Alisa Barannikova bilan suhbat shu haqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/involvement/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/business/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 24-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 10,05 soʻmga qimmatlab, 12 827,90 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4 milliondan oshdi. Ko‘rsatkich bir yilda 86 foizga o‘sgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/self-employed/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar telekommunikatsiya bozorini tartibga soluvchi regulyator va ushbu bozorni rivojlantirish siyosatini olib boruvchi davlat organlarining vazifalarini belgilovchi qonunni ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/telekommunikatsiya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Endi ombudsman prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu lavozimga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/ombudsman/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hukumat qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Endilikda bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifalarga qarab belgilanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/audit/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Statistika agentligi 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Oliy Majlisga toponimik obyektlarga nom berish va nomlarni o‘zgartirishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/population-census/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Argentina hukumati “argentinaliklarning iqtisodiy erkinligiga to‘sqinlik qilayotgan keraksiz byurokratiyani yo‘q qilish” maqsadida soliq xizmati tugatilganini e’lon qildi. Vakolatlar “oddiyroq” tuzilmaga ega yangi agentlikka o‘tkaziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/argentine/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Gruziyada, tahlilchilar fikricha, tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladigan parlament saylovlariga 3 kun qoldi. Milliarder Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi hukmron partiya saylovlarni “urush va tinchlik o‘rtasidagi”, muxolifat esa Yevropa va rossiyaparast kelajak o‘rtasidagi referendum deb atamoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/23/georgia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
22-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
💼 Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida ishtirok etadi.
🗣 “Doim ham obyektiv emas” — AOKA direktori Oʻzbekistondagi matbuot erkinligini baholaydigan xorijiy tashkilotlar haqida.
📈 Oʻzbekiston yana 806 mln dollarlik oltin eksport qildi, tekstil eksporti qisqarib, meva-sabzavotniki oʻsmoqda.
✍️ “Keyingi parlamentga kiritamiz” — AOKA direktori jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanishi haqida.
⚖️ “Dok-1 Maks” sabab nogiron boʻlgan bolaning otasi SSV rahbari jamoatchilikka yolgʻon ma’lumot berganini aytdi.
💬 “Davlat oʻyinchi emas, hakam” — Nobel sovrindori, iqtisodchi Jan Tirol.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/brics/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Asadjon Xodjayevga ko‘ra, matbuot erkinligini baholaydigan xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tashqaridan turib, chop etilgan turli materiallar orqali o‘z fikrini shakllantiradi. Ular so‘rovnoma va o‘rganishlarini O‘zbekiston ichida tatbiq etish uchun mamlakatga taklif etilgan, ammo ular rozilik bildirmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/matbuot-erkinligi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qarshi shahrida “102”ga telefon qilgan ayol u bilan 3 yildan beri birga yashayotgan erkak uning 7 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani haqida shikoyat qilgan. Ijtimoiy tarmoqda qizaloqning holat haqida kimgadir aytsa, erkak uni o‘ldiraman, deya qo‘rqitganini yig‘lab aytib bergan videosi tarqaldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/harrastment/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytgandi. Farzandi “Dok-1 Maks”dan zaharlangan fuqaroning aytishicha, vazir jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot bergan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/dok-1-maks/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube