Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 23-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,76 soʻmga qimmatlab, 12 817,85 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yubordi. Oqibatda haydovchi va piyodalar halok bo‘ldi. Video.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/accident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Asadjon Xodjayevga ko‘ra, dastlabki tergov va surishtiruv ishlarini bajarish kabi qator vakolatlarni AOKAga berish taklif etilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/qonun-loyihasi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
🐾 Foto: Toshkent hayvonot bogʻining 100 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazmadan reportaj
Toshkent hayvonot bogʻi ochilganiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan Fotosuratlar uyida “Tarix obyektivda” nomli koʻrgazma uyushtirildi. Namoyishga qoʻyilgan 100 dan ortiq suratlar orqali poytaxt zooparkining koʻrinishi va uning “aholisi” tarkibi bir asr ichida qanchalik oʻzgarganini koʻrish mumkin boʻldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/zoo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekistonga gaz importi yanvar-sentabr oraligʻida 1,28 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil toʻqqiz oyidagi koʻrsatkichdan 3,6 barobar koʻp, deya xabar berdi Statagentlik. “Koʻk yoqilgʻi” eksporti 479,5 mln dollargacha (+16,5 foiz), sentabr uchun esa (bir yil avvalgidan) 2,2 baravar oshdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/gas-export-import/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yashillik darajasi 12 foizga yetdi. 2024-yil bahor mavsumida 138 mln dona ko‘chat ekildi. Prezident unda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. “Suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab daraxt ko‘karmagan”, dedi u. Bosh prokuraturaga nazoratni kuchaytirish topshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/yashil-makon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida haydovchi Cobalt`da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, oldinda kelayotgan Damas bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida Damas`da ketayotgan er-xotin vafot etdi. Cobalt haydovchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/accident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatning 59-yalpi majlisi chorshanba kuni chaqiriladi. Unda telekommunikatsiya, ipakchilik, Qurolli kuchlar, soliq, bojxona sohalariga doir kodeks va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilinadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/senat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Humans mobil aloqasi xizmatlariga to‘lov qilish yanada osonlashdi — endi buni Alif orqali bir nechta tugmani bosgan holda amalga oshirish mumkin (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/humans/
O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, — dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/waste-incineration-plant/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Click keng ko‘lamli Click Marafon aksiyasini boshladi, unda KIA K5 avtomobillari, shuningdek, iPhone 16 Pro, PS5, Dyson va boshqa ko‘plab qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish mumkin (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/click/
Sentabrda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi pasayishda davom etdi va 3,55 mlrd kub metrgacha kamaydi (2023-yil sentabriga nisbatan -5,8 foiz). Benzin ishlab chiqarish hajmi 99,2 ming tonnagacha (-11,1 foiz), dizelniki esa 72 ming tonnagacha (-5,5 foiz) pasaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/energy-resources/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xalq demokratik partiyasi huquq va imkoniyatlar tengligi uchun ovoz berishni taklif qilmoqda
Shu kunlarda Xalq demokratik partiyasi faollari hamda deputatlikka nomzodlar saylovchilar bilan faol muloqot qilmoqda. Partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar o‘z kasbining ustasi, tajribali, zamon bilan hamnafas insonlar bo‘lib, partiya Saylovoldi dasturida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni xalqning ichiga kirib, uyma-uy yurgan holda targ‘ib qilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati vakillari mazkur siyosiy jarayonlarning har bir inson hayotidagi o‘rni xususida so‘zlab, huquq va imkoniyatlar tengligi uchun kurashayotgan partiya va nomzodlarga ovoz berishga chaqirmoqda.
Sayt: xdp.uz
Reklama huquqlari asosida.
“Nega qimmat? Dollar oshdimi?” — AQSH elchisi sotuvchilar bilan o‘zbek tilida savdolashdi
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik Toshkentda bozorlik qildi. U 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kunida sotuvchilar bilan o‘zbek tilida savdolashdi. Elchi va uning hamrohlari sabzi, piyoz, bodring, guruch kabi mahsulotlar xarid qildi. U sabzi olayotib, «Nega qimmat? Dollar oshdimi?» — deya sotuvchi bilan hazillashdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat to‘liq modernizatsiya qilinadi. Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor ham o‘rnatiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/station/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodov 2024-yilda aniqlangan doping tufayli 3 yil musobaqalarda qatnashmaydi. Ayni shu sabab u yozda O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi. Sportchi bungacha 2023-yildagi Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqqandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/shohmurod-holmurodov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yilning 9 oyi davomida bojxona organlari xodimlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/customs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/child-abuse/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman va shaharlarning bosh rejasi tasdiqlanmagunga qadar qurilish ishlarini to‘xtatib turish tarafdori.
Facebook | Instagram | Сайт | YouTube
Reklama huquqlari asosida.
Uzbekistan Airways 17-noyabrdan Toshkent-Xanchjou yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln so‘mdan boshlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/22/hangzhou/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kuba aholisi yirik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng to‘rtinchi kundirki elektr ta’minotisiz qolmoqda. Hozircha IES faoliyatini tiklashning imkoni bo‘lmadi. Gavanada odamlar norozilik sifatida ko‘chalarga chiqa boshladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/cuba/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
21-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
⚖️ “Ulardan xabar olyapmiz” — SSV rahbari “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilariga koʻrsatilayotgan yordam haqida.
🇷🇺 Rossiyalik deputat Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan viza rejimi joriy etishni taklif qildi.
💵 Raqamli texnologiyalar vazirligiga 50 mln dollar miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.
💼 Antikorrupsiya agentligi 4 vazirlikning 160 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shugʻullanayotganini aniqladi.
⛽️ Oʻzbekistonda gaz qazib olish qisqarishi davom etmoqda, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi.
🍽 Oʻzbekchasi yoʻq taomnoma, ish rejimi va narxnomalardagi kamchiliklar. Raqobat qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida oʻrganish oʻtkazdi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yaqinda yuz bergan yomgʻirlar Toshkent drenaj tizimining haqiqiy ahvolini koʻrsatdi, dedi prezident. U suvni suv havzalarida toʻplash va undan daraxtlarni sugʻorishda foydalanish tizimini yaratishni taklif qildi. Rasmiylar kamida 2015-yildan beri drenaj tizimini ta’mirlash haqida gapirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/drainage/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘im va to‘lovlar jami taxminan 99 dollarga (6,5 ming afg‘oni miqdorida) kamaytirildi. Bunda yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/afganistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudyarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytdi. Ayni vaqtda, u jurnalistlardan bolasini davolashda yordam ololmayotgan ota-onalarning e’tirozlariga doir ma’lumotlarni shaxsan taqdim etishni so‘radi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/help/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayram bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur”, — dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/tabrik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari nutqi davomida kelajakda barcha sohalar ekologiya bilan hamohanglikda rivojlanishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/green-university/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Moldova prezidentlik saylovlarida nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz ololmadi. Endi amaldagi prezident Mayya Sandu va mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo saylovlarning ikkinchi turida o‘zaro kurashadi. Yevrointegratsiya bo‘yicha referendumda ovozlar deyarli teng taqsimlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/moldova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 22-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 10,04 soʻmga arzonlab, 12 805,09 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 21−25-oktabr kunlari yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Seshanba kuni ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15 darajagacha pasayadi. Hafta o‘rtasida harorat kechasi +5 darajagacha tushadi. Respublikada eng jadal yomg‘irlar 25-oktabr kuni kutilmoqda, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/hydromet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube