AQShda yashagan turkiyalik sobiq imom, “Xizmat” jamoatchilik harakati asoschisi Fathulloh Gulen 83 yoshida vafot etdi. Turkiya hukumati uni 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblab kelar edi, uning o‘zi esa ayblovlarni rad etib kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/fathulloh-gulen/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy Toshkentga tashrifi munosabati bilan, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qarashlarini o‘rtoqlashdi. U Chexiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalar, xususan, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/jan-lipavsky-op-ed/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar murojaati bo‘yicha respublikadagi 700 taga yaqin restoran, kafe, oshxona va bufetlarni o‘rgandi. Ularning ko‘pida taomlar haqida to‘g‘ri ma’lumot berilmagani aniqlandi. 500 dan ortiq joylarda taomnoma o‘zbek tilida yuritilmagan. Yana ko‘pchiligida ish rejimi, narxnomalar yo‘q.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/raqobat-qomitasi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston joriy haftaning ish kunlarida nam havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, ammo bu havo oqimlari havo haroratini keskin sovitib yubormaydi. Dam olish kunlariga kelib havo harorati biroz ko‘tarilishi ham kutilmoqda. Umuman, hafta davomida bulutli va xazonrezgili haqiqiy kuz havosiga guvohi bo‘lish mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Ular sog‘lom.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/damas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Nishon tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzbekistan Airways 15-noyabrdan Toshkentdan Pokistonning Lahor shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/lahor/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AOKA direktori Asadjon Xodjayevga ko‘ra, hozirda Axborot kodeksi loyihasining to‘rtinchi varianti ustida ish olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, so‘ng parlamentga kiritiladi. “Biz Axborot kodeksini hamma bilan kelishgan holda qabul qilishimiz kerak”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/axborot-kodeksi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ekopartiya atmosferaga zararli ta’sirni kamaytirish tarafdori
“Partiyamiz saylovoldi dasturida atmosferaga zararli ta’sirni kamaytirish maqsadida energetika, transport, sanoat va qurilish korxonalaridan chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini 2 barobarga kamaytirish, me’yordan ortiq ifloslantirganlarga kompensatsiya to‘lovlarini 10 barobargacha oshirish taklifini ilgari surganmiz”, — dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Navroʻzbek Yusupov.
Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
Reklama huquqlari asosida.
Samarqand davlat chet tillar institutining yotoqxonasi qurilishi nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay o‘zboshimchalik bilan olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, jarayon sifatsiz bajarilgani tufayli qurilish to‘xtatildi. Avvalroq, Agrar universitet yotoqxonasi qurilishi ham kamchiliklar sabab to‘xtatilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/19/samdchti/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ko‘za sho‘rva, borshch, frikadelkali turkcha sho‘rva, loviyali pomidor sho‘rva va boshqa issiq sho‘rvalar retseptlari
— Zira.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/zira/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Janubiy Koreyaning HAEAHN Architecture kompaniyasi Yangi Toshkentda 420 gektar maydonda tibbiy klaster bosh rejasini ishlab chiqdi. Uning qiymati 500 mln dollarga baholanmoqda. 2007-yilda kompaniya hozirgi Toshkent shahri o‘rnida biznes majmuasi loyihasini ham ishlab chiqqandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/medical-cluster/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Yovvoyi robot”, “Jigar” va yana beshta kinopremyera, qo‘l mehnat mahsulotlari yarmarkalari, hayvonot bog‘ining yubileyi munosabati bilan fotoko‘rgazma, Mot konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/afisha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmasligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat sifatida qolishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/akmal-saidov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
19 va 20-oktabr kunlari Fotosuratlar uyida Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar poytaxt hayvonot bog‘ining uzoq tarixini aks ettiruvchi 100 dan ortiq arxiv fotosuratni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/tashkent-zoo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov O‘zbekistondan keladiganlar uchun viza rejimi joriy etish kerakligini aytdi. Deputatning bunday fikrga kelishiga bosh konsulxonaning o‘zbekistonliklarni Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka targ‘ib qilgani sabab bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/mironov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyada yarim yoshli chaqaloqning o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayol vaqtincha hibsga olindi. U chaqaloqni cho‘miltirish vaqtida qo‘lida tushirib yuborgani taxmin qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/babysitter/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligiga 5 yil muddatga 50 million AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilishini ta’minlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/21/digital/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Toshkent ilgari yashil shahar edi”, deb eslaydi taniqli dendrolog Atirgul Xolmirzayeva. U poytaxtni yana yashil qilish mumkin, deydi. Boshlanishiga esa daraxtlarni kesish va ularga zarar yetkazishni, suv havzalarini qisqartirishni to‘xtatish kerak. Buning ijtimoiy va iqtisodiy samaralari o‘zini uzoq kuttirmaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/park/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlarini taqsimlovchi qonunni imzoladi. Kengashning vakolatlari kengaytirilib, unga so‘rovlar yuborish va tekshiruvlar olib borish huquqi berilmoqda. Hokim kengash qarorini bekor qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/hokims/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ekopartiya nega aynan yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlayotganini izohladi
“2030-yilgacha butun dunyoda yashil iqtisodiyot sohasida 24 million yangi ish o‘rniga talab bo‘ladi. Biz ham aynan shu masalada yashil iqtisodiyot sohasini qo‘llab-quvvatlamoqdamiz”, — dedi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakili Navro‘zbek Yusupov “Debat Xoll”da bo‘lib o‘tayotgan teledebatda.
Obuna bo‘lish.
Reklama huquqlari asosida.
O‘zbekiston bo‘ylab oziq-ovqat do‘konlarida xaridorlarni Asl Baraka’ning yangi mahsuloti kutmoqda. Kolbasa kompaniya nomi bilan ataladi va o‘zida uning sifatlarini mujassamlashtiradi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/20/asl-baraka/
Malayziya eksport-import banki rahbari va O‘zbekiston elchisi bankning O‘zbekiston Islom banking va sug‘urta (takaful) bozoriga kirishi, shuningdek, mamlakat banklariga moliyaviy resurslar ajratilishini muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/19/bank-of-malaysia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/19/jamshid-kuchkarov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. Bunda bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/19/ilhom-mahkamov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatini NATOga taklif qilishni Rossiya bilan urushni tugatishning yagona yo‘li deb atadi. Uning fikricha, bu Kiyevning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaydi va ukrainaliklarning ruhiyatini oshiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/ukraine-nato/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yil O‘zbekistonda barcha sohalarga xususiy sektorni jalb qilish yili bo‘ladi, dedi Davaktiv rahbari Akmalxon Ortiqov prezidentga tayanib. Unga ko‘ra, davlat rahbari vazirlarning raqamlashtirish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/privatization/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Gazeta.uz” sud jarayonlarini yoritishda bir necha bor to‘siqlarga duch kelgan. Biz jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Sarvar Mamadiyev bilan jurnalistlarning sud zalida bo‘lishi qoidalari, jarayonlarni yoritishga qo‘yiladigan taqiq sabablari haqida suhbatlashdik va tahririyat duch kelgan holatlarni muhokama qildik.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/courts/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilgani ortidan G‘azo va Livanda urushni davom ettirishga va’da berib, guruh tomonidan garovga olinganlar ozod qilinmaguncha janglar to‘xtamasligini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/israel/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi dekabr oyi oxirigacha yopildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/18/street/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube