gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/intelligence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/policy-rate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimi qarori bilan pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish tartibi va transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi. To‘lovlar tarif zonalariga ko‘ra bir soat uchun 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/parking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Adolat” partiyasidan oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash bo‘yicha muhim tashabbus

O‘zbekistonda har yili 200 mingdan ziyod yoshlar oliy taʼlim muassasalarini tugatib, mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning ertangi kuni, aholining umidi hisoblangan bitiruvchi yoshlar o‘zlarining ish joylariga ega bo‘lishlari uchun “Adolat” SDP saylovlar oldidan oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilar uchun «Kafolatlangan birinchi ish joyi» loyihasini hayotga tadbiq etish g‘oyasini ilgari surmoqda.

Sayt: adolat.uz

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida deputatlar saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi ayrim uchastkalardan fotoreportaj.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/early-voting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Isroil hukumati 30 kun ichida G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rmasa, Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlashni cheklashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/us-israel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo viloyatidagi 27-maktabda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘llariga igna sanchdi va hojatxonaga chiqishiga ruxsat bermadi. Qizning otasi bunga qo‘shimcha darslar uchun 50 ming so‘m to‘lashdan bosh tortgani sabab bo‘lganini aytdi. Bolalar ombudsmani vaziyatni o‘rganmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/teacher/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yil ilk yarmida uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda — uning bozor narxi fundamental (“obyektiv”) narxdan 28% yuqori, deya qayd etadi MB. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda va bu kelajakda narxlarning pasayishi xavfidan dalolat beradi, deb hisoblaydi regulyator.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan. Yo‘nalishlar viloyatning barcha shahar va tumanlarini ma’muriy markaz — Nurafshon bilan bog‘laydi. Shuningdek, mehnat migrantlari bilan muloqot qilish, xorijdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, xohlaganlarini uyiga qaytarish topshirig‘i berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/region/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining besh qavatli binosi 100,4 mlrd so‘mga sotildi. Auksiondagi yagona taklif fasad-parda va eshik tizimlarini yetkazib beruvchi kompaniya tomonidan taqdim etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/privatization/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Mirobod tumanida Miran mehmonxonasi joylashgan binoning tomi yonib ketdi (u yerda Swissôtel Tashkent mehmonxonasini ochish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda). O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirmoqda, voqea joyiga Toshkent shahri FVB rahbariyati va xodimlari yetib keldi. Foto, video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/miran/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi. “Agar ular 1500−2000 dollar olsa, bu nur ustiga a’lo nur, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, adolatli tizim bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/migration/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/mangistau/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijonning Ulug‘nor tumanida Spark haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida Damas bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Mashinalar yonib ketdi, hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/andijon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Golden House kompaniyasi “Ustozimga rahmat” aksiyasi 31-oktabrgacha uzaytirilishini mamnuniyat bilan e’lon qildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/golden-house/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shu vaqtgacha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti bosh direktori bo‘lgan Sharafiddin Kadirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/sharafiddin-kadirov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi 56 yoshli erkak Rossiyaga ishlash uchun borib, u yerda moddiy manfaat evaziga Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. U sud qarori bilan uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/jomboy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu lavozimda ishlab kelgan Erkin Muhitdinov prezident majlisida ishdan olingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/otabek-tursunov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Samarqand va Andijongacha bo‘lgan pulli avtomobil yo‘llari loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, bunday yo‘llarni qatnov darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda qurish zarurligini ta’kidladi. Muqobil bepul yo‘lning ham mavjud bo‘lishi alohida qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/roads/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston avtomobil bozorida Abozor`ning paydo bo‘lishi bilan avtomobillarni sotib olish va sotish oson va samarali bo‘lib bormoqda. Platforma avtomobilni tez va shaffof tarzda sotib olish yoki sotish imkonini beradi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/17/abozor/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇷🇺 Rossiya armiyasiga yollanadigan Oʻzbekiston fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortiladi.

💼 “Xorijdagi oʻzbekistonliklar 1500−2000 dollardan kam maosh olsa, oʻzimizda sharoit yaratib ishlatsak, adolatli tizim boʻladi” — prezident.

☣️ Oʻzbekistonda kichik AESlar qurilishi mumkin boʻlgan 14 ta maydon baholandi — “Oʻzatom” rahbari.

🚗 Sentabrda yangi yengil mashinalar savdosi 10,3 foizga, elektromobillarniki — 2,4 baravar oshdi.

🔥 Toshkentdagi sobiq Miran mehmonxonasi binosida roʻy bergan yongʻin oʻchirildi.

🇺🇸 AQSh Isroildan Gʻazodagi gumanitar vaziyatni yaxshilashni talab qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/uz/2024/10/16/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor o‘z “g‘alaba rejasi"ni ommaga taqdim etdi. U besh banddan iborat va NATOga taklifnoma, Ukrainada “noyadroviy to‘xtatishning keng qamrovli paketi"ni joylashtirish va Yevropadagi Amerika kontingentining bir qismini ukrain harbiylari bilan almashishni nazarda tutadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/victory-plan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabr oyida O‘zbekistonda garchi yangi yengil avtomobillar savdosi segmenti 10 foizdan ortiqqa o‘sgan bo‘lsa ham, umumiy avtomobil savdosi 1,1 foizga kamaydi. Elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/auto-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sobiq Miran mehmonxonasi binosidagi yong‘inni o‘chirishga 14 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi jalb qilindi. Holat alangadan deyarli ikki soat o‘tib bartaraf etildi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

KNAUF va Texnopark kompaniyalari Toshkent shahrida tosh mineral paxta ishlab chiqarish masalasida kelishuvga erishdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/knauf/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Irkutsk va Omsk viloyati gubernatorlari ayrim sohalarda mehnat migrantlarini patent bilan ishga jalb qilishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga o‘rmon xo‘jaligi, dori vositalari ishlab chiqarish, taksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va boshqa sohalar kiradi. O‘zgarishlar 2025-yildan kuchga kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/irkuts-omsk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

XDP: Muddatidan oldin ovoz berish tartibi

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Yashnobod tumanida metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunyod etilayotgan to‘rtta 7 qavatli uylarda 416 ta xonadon bo‘ladi. “Uysiz xodimlar, ya’ni asosan, tizimda ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan va yosh oilalarga beriladi”, — dedi metropoliten rasmiysi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/toshkent-metropoliteni/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Muhim tashabbus va yo‘nalishlar saylovchilarga tushuntirilmoqda

O‘zXDP Toshkent viloyati Ohangaron tumani "Nurobod" MFYda boshlang‘ich partiya tashkilotlari, volontyorlik guruhlari hamkorligida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zXDP Toshkent viloyati kengashi raisi Akmal Umaraliyev, partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Qizilgul Qosimova va mahalliy kengash deputatligiga nomzodlar so‘zga chiqib, yangi saylovoldi dasturi haqida gapirib berdi.

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | uzxdp">TikTok | Youtube | Twitter

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…
Подписаться на канал