Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/industrial-triangle/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/konsullik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
DXX Toshkentda XIX va XX asrlarga oid 100 ta “Nikolay” oltin tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringanlarni qo‘lga oldi. Ushbu tangalar madaniy boylik hisoblanadi va tarixiy ahamiyatga ega. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/golden-coins/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/children/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ko‘hna shaharning fayzli ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan “Adolat marshi”ni nafaqat xivaliklar, balki xorijlik turistlar ham katta qiziqish bilan kuzatdi.
Tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga nomzod Umida Palvanova fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib, partiya ustuvor maqsadlarini hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi.
“Adolat marshi”ga guvoh bo‘lgan ko‘plab xorijlik mehmonlar ham O‘zbekistonda 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqelik — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.
Reklama huquqlari asosida.
“O‘zatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, atom stansiyalarini qurish uchun 14 ta potensial maydoncha dastlabki tarzda baholab chiqilgan. “Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/small-aes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzum milliy raqamli ekotizimi va Fintex assotsiatsiyasi ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va e-tijorat sohasida tadbirkorlikning iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma faoliyatni rejalashtirmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/uzum-market/
Navoiy viloyatida ichimliklar uchun alyuminiy bankalar ishlab chiqaradigan O‘zbekistondagi birinchi zavod quriladi, bu uchun 100 mln dollar investitsiya jalb qilinadi. Korxona 2025-yilning kuzida ishga tushishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/aluminum-cans/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida o‘z uyida BAAni minimal hisobda mag‘lub etdi. Raqib ikkinchi bo‘limni bir kishi kam holda o‘tkazdi, yagona gol esa penaltidan kiritildi. Foto, video.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/uzb-uae/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi. Loyiha qiymati 5,3 mlrd dollar bo‘lib, zavodda 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin, 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi, 3 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/start/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
15-oktyabr tongidan beri Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. «Gazeta.uz» tarmoqlarda e’lon qilingan qorli hududdan olingan tasvirlarni jamladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/qamchiqda-qor/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. «Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi», dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/umra/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kichik atom elektr stansiyasi O‘zbekiston mulki bo‘ladi, dedi AES qurilishi direksiyasi rahbari Otabek Amanov. Uning aytishicha, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, u ishlatilgandan so‘ng Rossiyaga olib ketiladi. U loyihaning bosqichlari haqida ham ma’lumot berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/nuclear-power-station/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va BAA uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/streets/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sirdaryo tumanida 2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/sirdaryo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident qarori bilan raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga venchur jamg‘arma tomonidan garov ta’minotisiz, asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million so‘mgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablag‘larini ajratish belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/startap/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ekopartiya: aholining qulay atrof-muhitga ega boʻlish huquqlarini roʻyobga chiqarish – asosiy maqsadlardan biri
"Debat Xoll"da boʻlib oʻtayotgan brifingda Ekopartiya Markaziy Kengashi raisining Axborot siyosati masalalari boʻyicha oʻrinbosari Kamol Jumaniyozov aholi uchun qulay atrof-muhitga ega boʻlish huquqlarini roʻyobga chiqarishni asosiy maqsadlardan biri sifatida ta'kidladi. U, shuningdek, tuman va shaharlarning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha qurilish ishlarini toʻxtatishni taklif etdi.
Jumaniyozovning fikricha, viloyatlar va tuman, shahar markazlarida bosh rejasiz olib borilayotgan qurilishlar atrof-muhitga va insonlar salomatligiga zarar yetkazmoqda.
Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
Reklama huquqlari asosida.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov Eron va BAAga qarshi o‘yinlardan so‘ng bo‘lgan tanqidlarga munosabat bildirdi. “Biz faqat natija uchun o‘ynaymiz, chiroyli futbol uchun emas. Chiroyli futbol o‘ynaganmiz, [o‘shanda] men o‘zim ikki marta Jahon chempionati yo‘llanmasini yutqizganman”, — dedi Shukurov.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/shukurov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda BAAni kichik hisobda mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Murod Yusuf o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/uzb-uae/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bir nechta manzillarda sintetik giyohvand vositalar tayyorlash bilan shug‘ullangani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida laboratoriyalardan qariyb 15 kg miqdordagi narkotik vositalar musodara qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/drugs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/16/rahmatulla-nurimbetov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
15-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🔇 Afgʻoniston tomonidan “Termiz” chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish boʻyicha hech qanday soʻrov olinmagan — TIV.
☢️ “Kichik AES Oʻzbekiston mulki boʻladi, yadro chiqindilari Rossiyaga olib ketiladi” — direksiya rahbari.
🛠 Toshkent viloyatida 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga boʻlib toʻlashga beriladi. Sharti — ishchilarning 50 foizi kambagʻal oiladan boʻlishi kerak.
🕋 “1 mln dollar katta miqdor emas”. Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida.
⚖️ Yumoristik klipi uchun qamoqqa olingan blogerlar apellyatsiya asosida ozodlikka chiqdi.
🗣 Aviatsiya muzeyini ochish gʻoyasi muallifi Oʻzbekiston prezidentiga murojaat qildi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Toshkent viloyatida kambag‘allikka qarshi kurashish rejalarini ma’qullamadi. U hudud kichik biznes orqali aholini ishli qilishda eng oxirgi o‘rinlarda turganini tanqid qildi. “Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat”, — dedi davlat rahbari.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/poverty/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Apellyatsiya sudi brbalo musiqiy guruhi a’zolari Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning qamoq muddatini qisqartirdi, ular ozodlikka chiqdi. Blogerlar yumoristik klipi uchun 15 sutkaga qamalgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/brbalo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari Botir Alimbekov va Erkin Muhiddinov lavozimidan ozod etildi. Bunga ularning xizmatdagi qator kamchiliklari sabab bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/tashkent-region/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ancha vaqtdan beri sotilmagan obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash evaziga beriladi. Bunda korxona ishchilarining 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/toshkent-viloyati/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident mis, oltin va kumush ishlab chiqariladigan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi «Yoshlik-1» koni hamda 2021-yilda qurilishi boshlangan, kon ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barpo etilayotgan 3-misni boyitish fabrikasida bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/yoshlik-koni/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Andrey Pyataxin Beeline Uzbekistan yangi bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u Beeline Kyrgyzstan`ni boshqargan. Kompaniyaning yangi rahbari raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/beeline/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan chegara yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida konsertlar va musiqa jo‘rligidagi tadbirlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/15/termez/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Nurota qo‘riqxonasidagi Qizilqum arxarlari
🐏: "Tog‘da sakrab yurganimiz Nurota davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga muhrlanibdi. Fursatdan foydalanib o‘zimiz haqimizda aytib beramiz. Qo‘riqxonada eng ko‘p bizni uchratish mumkin, asosiy muhofaza etiladigan turmiz. Sonimiz ham so‘nggi 10 yilda ancha kamayib qoldi, umumiy 2000 ta atrofida.
Bizning manzil: Nurota, Oqtog‘ tizmalari, Tomditog‘ qoldiq tog‘lari, Turkiston tizmasi.
Ha aytgancha, Qizilqum arxari O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxati va CITESning II ilovasiga ham kiritilgan".
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube