gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bankning sentabr oyidagi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik vakillari yillik inflyatsiyani prognoz qilishda valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi. Shuningdek, ular kommunal xizmatlar, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishini taxmin qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/13/inflation-expectations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14−18-oktabr kunlari Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu yil 40 ta mamlakatdan rassom va kuratorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazmalarda 120 dan ortiq san’at asarlari namoyish etiladi. Dasturda xorijlik rassomlarning mahorat darslari va xalqaro konferensiya o‘rin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/bienal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMTTD o‘tkazgan tadqiqotda ta’kidlanishicha, ota-onalik huquqidan mahrum qilish va ajrashishdan keyin uy-joyga bo‘lgan huquqlarni ta’minlashga oid sud ishlarida ayollar ko‘pincha advokatlarsiz o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa ular uchun qo‘shimcha moliyaviy va huquqiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/12/women/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📖 Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining oʻzbek tilidagi asarlari toʻplamini sovgʻa qildi.

🥇 Fan olimpiadalari gʻoliblari olgan pul mukofotlari va sovgʻalari daromad soligʻidan ozod etiladi

🚗 Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp sotilmoqda?

🗓 “Xudo xohlasa, 2025-yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi” — bosh vazir oʻrinbosari.

🌐 “JSTga a’zo boʻlish uchun qoidalarning 29 foizi uygʻunlashtirildi, oldinda hali qancha ishimiz turibdi” — prezident.

💵 NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablagʻ qanday maqsadda ishlatiladi?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/eurobonds-ngmk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda metall konstruksiyali avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Ular Wi-Fi, USB portlari, reklama bannerlari uchun ekranlar, favqulodda chaqiruv tugmalari va videokuzatuv kamerasi bilan jihozlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/bekat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ashxobod forumi doirasida O‘zbekiston va Eron prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Imtiyozli savdo bitimi mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish, kooperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/uzb-iran/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchilari ko‘z o‘ngida mushuk bolasini ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Maktab direktori “o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun” intizomiy jazoga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/kitten/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida oktabr oyi boshida 32 nafar giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/narkotik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, ularda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tiladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/fan-olimpiadasi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida, yakshanba kuni katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda u qorga aylanadi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/rain/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston o‘z qonunchiligini JST kelishuvlari bilan 29 foizga uyg‘unlashtirdi (yil boshida ko‘rsatkich 25 foiz edi), dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident 269 laboratoriya va 2000 dan ortiq mahalliy standartlarning xalqaro standartlarga muvofiq tan olinishiga erishish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/standards/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanadi. “Bu nafaqat transportdagi tig‘izlik, balki yo‘llardagi tirbandliklarni ham kamaytiradi”, — dedi metropoliten bosh muhandisi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/metrodagi-tirbandlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Azimjon Nazarov sud tomonidan bir nechta jinoyatda aybdor deb topildi. Nazarov 550 ming dollardan ortiq miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan. Sud unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/nazarov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishi belgilandi. Markazning asosiy vazifasi qobiliyatli, fanlarni chuqur o‘rganishga qiziquvchi yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/science/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida “Ifoda Agro Kimyo Himoya” korxonasi granulali organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Loyiha uchun USAID’ning o‘g‘itlardan samarali foydalanish jamg‘armasi 460 ming dollar miqdorida grant ajratdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/ifoda-usaid/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilning sentabr oyida Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilgan 4 kishi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/12/sergeli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Transport vazirligida bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Koreya kompaniyasi bilan “Toshkent-Xiva” tezyurar yo‘nalishi bo‘yicha oltita poyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/hyundai-rotem/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozoriga 2027-yilda, gaz bozoriga esa 2028-yilda to‘liq o‘tish rejalashtirilgan, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. “Biz O‘zbekiston qazib olish bozoriga ko‘proq kompaniyalar kirishini istaymiz”, — ta’kidladi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/energy-gas-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yettita kinopremyera, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, “Bravo” va Konsta konsertlari, fotoko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saylov arafasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan faol targ‘ibot kampaniyasini olib bormoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/adolat/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yilda elektr energiyasi va gaz tariflari islohotining asosiy bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda, dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ham aholi, ham korxonalar tomonidan energiya resurslaridan ratsional foydalanilishiga xizmat qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/book/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. U turkman shoiri merosi sharq she’riyati va jahon adabiyotini boyitganini ta’kidladi. “Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham g‘oyat ardoqli va suyukli siymo”, — dedi davlat rahbari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/forum/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 14-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,84 soʻmga qimmatlab, 12 780,14 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Davlat simfonik orkestrining 10 yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Gustav Maler, Edvard Grig va boshqa bastakorlarning asarlaridan iborat konsertlar o‘rin olgan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy yakkaxonlar ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/symphony-orchestra/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/nobel-peace/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-oktabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3…+8, ba’zi joylarda 0…−2 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajagacha pasayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/sovuq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli erkak ko‘chada o‘ynab yurgan voyaga yetmagan qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 5 sutkaga qamaldi. Erkak aybiga iqror bo‘lib, suddan yengillik so‘ragan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni musodara qildi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/11/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал