gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh o‘zining USAID dasturi orqali 435 ming dollarlik 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazdi. Mazkur insonparvarlik yordami 145 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga hamda aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatiladi. Bu orqali 33 mingdan ortiq insonni qamrab olish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/usaid-nutrition/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida yuqori tezlikda harakatlangan Range Rover avtomobili Lacetti va Damas`ni urib yubordi. Oqibatda haydovchilardan biri vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/yth-samarqand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Mercedes-Benz mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Labo ichidagi ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, foydalanilmayotgan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/afghanistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida prokuratura katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi. U fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga 40 ming dollar olib, qochib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/corruption/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

KXDR “milliy xavfsizlik himoyasi uchun” Janubiy Koreya bilan qolgan barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopishini e’lon qildi. Janubiy Koreya buni “Kim Chen In muvaffaqiyatsiz rejimining umidsiz chorasi” deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/north-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikiston mamlakat energetika tizimini Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qayta ulash va O‘zbekistonga yangi elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi uchun OTBdan
15 mln dollar oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/uzbekistan-tajikistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov intervyuda ijodkorlarni mutlaq erkin qo‘yish tarafdori emasligini aytdi. “Har bir ijodkor ma’naviy qurol. U kimningdir maqsadi yo‘lida xizmat qilmasligi kerak. Ayni damda tartib va cheklovlar hech kimning huquqini poymol qilmasligi shart”, — dedi vazir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/nazarbekov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda rivojlanishning yangi yo‘nalishlari tasdiqlandi va milliy sport federatsiyalari bilan memorandumlar imzolandi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/etno-sport/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 10-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,03 soʻmga arzonlab, 12 778,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzurida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi. U davlat xizmatchilarining shaxsiy va professional diagnostikasi, ularning kasbiy bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va psixologik so‘rovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/center/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanidagi temiryo‘l hududida 36 yoshli erkak poyezd bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/poez/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryoda o‘simlik dunyosini yaxshilash va tuproq yemirilish eroziyasini oldini olish maqsadida “Selxona tashkil etish” grant loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, Qamashi tumanidagi lalmi yer maydonlarda tabiiy qor va yomg‘irlardan hosil bo‘ladigan suvlar bir joyga jamg‘ariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/qashqadaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘qituvchilarning ish haqi kechiktirilgani haqida xabarlar tarqaldi. MMTV axborot tizimida texnik muammolar bo‘lganini aytdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9-oktabr tongiga qadar o‘qituvchilarning 95 foiziga oylik tushganini ma’lum qildi. Qonunchilikda ish haqi kechikkani uchun kompensatsiya nazarda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/wages/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/kindergarten/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi o‘zbekistonliklarni “Milton” to‘foni sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Tez yordam kerak bo‘lganida vakolatxona va shtatdagi yordam xizmatlariga murojaat qilishlari so‘raldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/florida/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejasi bilan tanishdi. U yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/aeroport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi qoʻlda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun 2500 soʻmdan haq toʻlanishini maʼlum qildi. Bu uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan fermerga imtiyozli kredit beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/paxta/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar Mahallalar uyushmasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/10/ferghana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗾 Toshkentning bosh rejasi loyihasi: kamida 7,5 mln aholiga moʻljallangan megapolis.

💼 Oʻzbekistonda Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi.

🇺🇿 “Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlganda 2−3 yillik oʻtish davri boʻladi” — Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

💵 OTB Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi.

🦠 Marburg virusini oldini olish maqsadida chegaradagi sanitariya nazorat punktlari hushyorligi oshirildi — SES.

🎤 “Vazir sifatida ijodkorlarni mutlaq erkin qoʻyish tarafdori emasman” — Ozodbek Nazarbekov.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining 2045-yilgacha bosh rejasi loyihasiga ko‘ra, hudud 3 ta zonaga bo‘linadi: konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya. Ekologik muammolar, “15 daqiqalik shahar” tamoyili hamda Toshkent viloyati tumanlarini poytaxt bilan yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish hisobga olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/genplan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShning Florida shtati hukumati “Milton” to‘foni xavfi tufayli 5,5 milliondan ortiq odamni evakuatsiya qilishga chaqirdi. Evakuatsiya shtat tarixidagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/milton/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yirik korxonalar uchun imtiyozlarni bekor qilish oqibatlarini yumshatish uchun O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganda 2−3 yil oralig‘ida o‘tish davri oladi, dedi Soliq qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Mubin Mirzayev. U, shuningdek, JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklarini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/wto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ITIM so‘rovnomasiga ko‘ra, sentabr oyida qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasayishi kuzatildi. Kompaniyalarning umidlari biroz pasaydi, eng sezilarli optimizm pasayishi qurilish va xizmatlarda ro‘y berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/biznes-muhiti/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jumper 2024-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi. Olimlarga mukofot sun’iy intellektdan foydalanib, oqsillar tuzilishini aniqlagani va yangi turlarini yaratishdagi ishlari uchun taqdim qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/nobel-chemistry/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Multicard`dan Visa Direct yordamida dunyoning 90 dan ortiq mamlakatiga valyuta kartalarisiz darhol pul o‘tkazish mumkin. Xalqaro pul o‘tkazmalaridan Uzcard, Humo va Multicard kartalari egalari foydalana oladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/multicard/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kogon tumanida teatrga ketayotgan o‘quvchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi ortidan 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi. Avtobus haydovchisiga sud hukmi o‘qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/kogon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UZEX aksiyalarga sarmoya kiritish va dividendlar olishni taklif qilmoqda

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) Xalqсhil IPO doirasida mablag‘larni foydali joylashtirishni taklif qiladi. Xarid qilingan har bir aksiya to‘rtta qo‘shimcha aksiya olish imkonini beradi.

Birja har yili foydaning kamida 50 foiz dividendlar to‘lashga yo‘naltiradi. 15 yil davomida bir dona aksiya uchun dividend miqdori 43,8 so‘mdan 2600 so‘mgacha oshgan.

Taklif 28-oktyabrgacha amal qiladi.

Aksiyalarni ipo.e-auksion.uz yoki GoInvest ilovasi orqali xarid qilish mumkin.

Batafsil.

Telegram |xalqchilipo">YouTube | Instagram | Facebook

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanepidqo‘mita O‘zbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani va “jiddiy xavotirga o‘rin yo‘q”ligini bildirdi. Chegaralardagi sanitariya nazorat punktlarining hushyorligi oshirildi, gumonlanganlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/marburg/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari”

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz berishni taklif qilmoqda.

Sayt | Facebook | Telegram | Instagram | adolat_sdp-j5y/videos">YouTube

Reklama huquqkari asosida.

Читать полностью…
Подписаться на канал