gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dekabr oyidan beri “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan Husnutdin Xosilov o‘z arizasiga binoan ishdan ketdi. U o‘tgan yili kompaniya raisi lavozimida ishlagan vaqtida tizimda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani ortidan ishdan olingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/xosilov-xusnutdin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston hukumati AES qurish bo‘yicha beshtagacha davlatni o‘z ichiga oladigan xalqaro konsorsium tuzish niyatida. Yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha qaror kelasi yili qabul qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💻 Samarqandda MDHning sun’iy intellektni rivojlantirishga doir konferensiyasi oʻtkaziladi.

☢️ Saneg Oʻzbekistondagi atom energetikasi loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini oʻrganmoqda.

🏦 Oʻzbekistonda onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda.

⛽️ Oʻzbekistonda gaz importi 2030 yilga borib 10−11 mlrd kub metrga yetishi mumkin — Energetika vaziri.

✍️ Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jazo yanada kuchaytirildi.

🗳 Deputatlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanalari belgilandi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston transport vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bungacha xususiy sektorda, shuningdek, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/appointment/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish 16−23-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Jarayon ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/saylov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2030-yilga qadar O‘zbekistonda gaz qazib olishni 62 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgan (lekin so‘nggi yillarda u pasaymoqda). Agar Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlari kutilgan natijani bermasa, import ko‘rsatilgan yilga kelib 10−11 milliard kub metrga yetadi, dedi energetika vaziri.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/gas-import/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 9-oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,85 soʻmga arzonlab, 12 787,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/nobel-physics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoaga murabbiylik qilgan Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. O‘FA jamoaning musobaqadagi ishtirokini tanqid qildi. O‘zbekistondagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish, turnirlarga jalb etish tavsiya qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/xose-venansio-lopes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda diniy taassublik tufayli, bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol yoki xavfli narsalar yordamida qasddan badanga yengil shikast yetkazish jazosi kuchaytirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/law/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonda 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul fransuz tilini oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi. Bu borada vazir Hilola Umarova va Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet oʻrtasida kelishuv imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/fransuz-tili/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord ko‘rsatkichni o‘rnatdi. sentabrda oltin narxining o‘sishi fonida zaxiralar 2 mlrd dollarga oshib, 41,1 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan oy MB oz miqdorda qimmatbaho metall sotdi, ammo oltin zaxirasining qiymati sezilarli darajada ortdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/reserves/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar qonunlarda kafolatlangan huquqlaridan bexabar qolib ketmoqda. Nogironlar huquqi faoliga ko‘ra, ular yuridik yordam va maslahat olishda ham to‘siqlarga uchrayapti. Shu sababli bunday muammolarga yechim sifatida huquqplus.uz huquqiy axborot portali ishga tushirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/huquq-plus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina qo‘shinlari Rossiya armiyasini og‘ir janglarda imkon qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinmoqda, biroq bu taktika muvaffaqiyatli bo‘ladimi yo yo‘q — hozircha noma’lum, deb yozdi New York Times Kiyevning harbiy strategiyasi tahlilida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/donbas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 8−10-oktabrda ob-havo “komfort” bo‘ladi — ammo baribir kechki mahal yengil kiyinib yurolmaysiz. Dam olish kunlari havo sezilarli sovishi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiyda mavsumdagi ilk “sovuq urishi” hodisalari yuz berishi kutilmoqda. “Gazeta.uz"dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/weather/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi quyosh panellari o‘rnatishga majburlovga uchragan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan telefon raqamlari sonini ko‘paytirdi. Avval e’lon qilingan raqamga 1 sutkadan ko‘proq vaqtda 1232 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/09/call/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

World Boxing xalqaro sport federatsiyasi prezidenti Boris van der Vorst O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. U sport rasmiylariga tashkilotning maqsadlari haqida ma’lumot berdi. Yakunda O‘zbekistondan kuchli qo‘llov olganidan xursandligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/world-boxing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil Livan janubida “Hizbulloh"ga qarshi quruqlikdagi operatsiyasini kengaytirganini ma’lum qildi. Guruh Isroil hududiga yuzlab raketalar uchirdi. So‘nggi uch hafta ichida Livanda 1400 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/lebanon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari yig‘ilishida maxsus xizmatlarning tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, kiberxavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston prezidenti Samarqandda sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga oid konferensiya o‘tkazishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/mdh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aeroportida 7-oktabr kuni Dubaydan qaytgan o‘zbekistonlik ayolning tobi qochgan. Rasmiy manbalar ayol soat 18:32 da “tez yordam” mashinasida aeroportdan olib ketilgani haqida xabar berdi. Ayolning vafoti haqidagi hujjatda uning o‘limi soat 18:55 da yuz bergani qayd etilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/death/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha o‘ninchi jahon chempionati sportchilar va muxlislari uchun unutilmas taassurot qoldirdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/coca-cola/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Ishtirokchilar jangovar vazifalarni bajarib, 70 kilometrdan ortiq masofani hujum operatsiyalari hamda kimyoviy va biologik tahdid sharoitida bosib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/cambrian-patrol/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saneg neft-gaz kompaniyasi 2024-yil boshida Saneg Atom shu’ba korxonasini tashkil etdi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “ushbu yo‘nalishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida” O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud vaziyat tahlil qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/saneg-atom/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-noyabridan 2025-yilning 1-apreliga qadar onlayn kredit ajratilishiga doir vaqtinchalik tartib joriy etiladi. Markaziy bank ushbu tartib firibgarlik holatlarining oldini olish uchun ekanini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/kredit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-oktabrdan Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etildi. Bu tibbiyot xodimlari va aholi uchun nimani o‘zgartirishi haqida “Gazeta.uz” “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori Eldor Adilov bilan suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/health-insurance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olmaliq shahrida Nexia 3 haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/08/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Adolat” nomzodlari xalq orasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib bormoqda

27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan joylarda “Adolat” partiyasi nomzodlari targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib bormoqda.

Ularda partiyaning 2025-2029-yillarga oid caylovoldi dasturi mazmun-mohiyati, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ilgari surayotgan muhim takliflari yuzasidan saylovchilarga maʼlumot berilmoqda.

Yuqoridagi videolayuda Qonunchilik palatasiga 26-Namangan viloyati saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzod Yorkinoy Xajimatova faoliyati bilan tanishish mumkin.

Sayt | Facebook | Telegram | Instagram | YouTube

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

☢️ “Bizga baribir katta reaktor kerak” — Joʻrabek Mirzamahmudov AES qurilishi haqida.

⛽️ Oʻzbekistonda propan narxi nega oshib ketdi? Energetika vaziri bu savolga javob berdi.

⚡️ Gazlashtirilmagan hovlilar uchun ham elektroenergiya tariflariga 50 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilmoqda.

🏘 Chinniobodliklarga koʻmir koni kengaytirilishi sabab 60 mlrd soʻmdan ortiq kompensatsiya toʻlab beriladi.

💰 Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana rekord oʻrnatdi va 41 mlrd dollardan oshdi.

📄 Bandlik vazirligi kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘mir konining kengaytirilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidagi Chinniobod mahallasi aholisiga uylarini ko‘chirish yoki buzish uchun 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi. Hokimiyat barcha mulkdorlar bilan kelishuvga erishdi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/lands/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mahallabay ishlash agentligi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Bandlik vazirligiga o‘tkazildi. Vazirlik, shuningdek, ishsizlar hisobini yuritadi, ishga joylashtiradi, kasbga va tillarga o‘qitadi. Kasbiy malaka markazlari tashkil etiladi, bitiruvchilar xalqaro sertifikatlar olishi mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/07/poverty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал