Toshkentdagi 188-maktab o‘quvchisini kaltaklagan Ozoda Ravshanova (7 sutka qamoq jazosini o‘tamoqda) ustidan navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish va haqorat qilishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi. Maktab direktori voqea bo‘lgan kunning ertasiga ishdan bo‘shatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/case/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekistonda 2030-yilgacha elektr energiyasiga boʻlgan talab har yili 7,5 foizga oshadi, dedi energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, qayta tiklanadigan energetika loyihalarini amalga oshirish bilan birga, GES qurish, IESlarni modernizatsiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/jurabek-mirzamakhmudov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ekopartiya "Barqaror ekologik rivojlanish strategiyasi"ni qabul qilish tashabbusini ilgari surmoqda
Joriy yil bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydigan "Barqaror ekologik rivojlanish strategiyasi"ni qabul qilish tashabbusini ilgari surmoqda. Dolzarb ahamiyatga ega ushbu g‘oya sohadagi kompleks muammolarning oldini olishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli.
Partiya tashabbusi O‘zbekistonning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga, ularni kelajak avlod uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlab qolishga xizmat qiladigan huquqiy hujjat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ekologik partiya oʻzi va nomzodlariga ovoz berishni tavsiya etadi.
Batafsil.
Facebook | Instagram | Sayt
Reklama huquqlari asosida.
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 63,4 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi (yopiq hujjatlar bilan taqdim etilgan imtiyozlarni hisobga olinmagan). Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eng ko‘p imtiyoz olgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/incentives/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda, dedi kompaniya rahbari. Energetika vazirligi ushbu kompaniyani O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurilishiga jalb qilish rejalari haqida xabar berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/gazprom-neft/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi o‘rtasida “C5+1” formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/meeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘zining yangi saylovoldi dasturida ijtimoiy obyektlarni sotish, xususiylashtirish va begonalashtirishni taqiqlash orqali ularning himoyasini kuchaytirishni taklif qilmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/adolat/
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan xodimlardan bir guruhini faxriy unvon, medal va ordenlar bilan mukofotladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/teachers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qirg‘iziston parlamenti deputati mahalliy mahsulotlardan arzon bo‘lgan O‘zbekiston sementi importiga taqiqni olib tashlashni talab qildi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytdi va import mahalliy zavodlarni vayron qilishini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/cement/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yettita film premyerasi, Lola konserti, festivallar, teatr tomoshalari, ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/afisha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etdi va 3,78 mlrd kub metrga (bir yilda -3,6%), neftniki — 60,3 ming tonnaga (-6,2%) yetdi. Quyosh va shamol stansiyalari hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish oshdi — 54,4 mlrd kVt/s (+4,1%). Ko‘mir qazib olish yana rekordni yangiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/resources/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatning 58-yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi. Unda qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish kabi qonunlar muhokama qilinadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/yalpi-majlis/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar uchun kurashayotgan besh siyosiy partiya orasidagi birinchi debatlar boshlandi.
Debat beshta siyosiy partiya — Liberal demokratik partiya (Aktam Xaitov), “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (Alisher Qodirov), Ekologik partiya (Abdushukur Hamzayev), Xalq demokratik partiyasi (Ulug‘bek Inoyatov) va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (Robaxon Mahmudova) rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
Debatni ushbu havola orqali koʻrish mumkin.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston G‘arbiy Afrikaning ikki mamlakati — Liberiya hamda Togo Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/liberia-togo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uzoqni ko‘ra olmaydigan bolalar va o‘smirlarning ulushi 30 yil ichida sezilarli oshdi. Xitoy olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har uchinchi bola undan aziyat chekmoqda. Ularning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida miopiya bilan kasallanish 740 milliondan oshadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/myopia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga oshib, 882 mln dollarni tashkil qildi. Daromadi esa 3,35 mlrd dollarga yetdi. Oltinning o‘rtacha sotish narxi 14 foizga oshib, 2206 dollarni tashkil qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/29/nkmk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda parlament saylovlari oldidan dastlabki debatlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ilk bor partiya rahbarlari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, deputatlar esa o‘z raqiblarining tashabbuslarida kamchiliklarni topishga harakat qildi. Debatlar qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/debates/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil kuchlari hujumi oqibatida vafot etdi. Xabarni harakatning o‘zi ham tasdiqladi. “Hizbulloh” o‘z bayonotida Isroilga qarshi kurashni davom ettirishi ma’lum qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/hizbulloh/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
21-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanida Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 yangi krossover modellarining test-drayvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Chery kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etildi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/cherry/
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma ilonini mamlakatga olib kirishga urinish fosh etildi. Uzunligi 3 metr bo‘lgan ilon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/ilon/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sergeli tumanida erkak 10 yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan. Shu vaqtda u IIO xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ota 10 sutkaga qamaldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/28/tilanchilik/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
27-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇷🇺 O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya bilan munosabatlarda bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik muhimligini ta’kidladi.
📄 Senatning navbatdagi majlisi 30-sentabr kuni chaqiriladi.
🇦🇪 O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
⛽️ O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028-yilga qoldirildi.
🇰🇬 Qirg‘izistonda O‘zbekiston sementi importiga taqiq bo‘yicha bahs yuz berdi.
📈 Elektr energiyasi, ko‘mir va dizel ishlab chiqarish o‘smoqda, gaz va neft qazib olish qisqarishda davom etmoqda.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 4 nafari shifoxonaga yotqizildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident BAA mudofaa vaziri bilan uchrashuvda iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, strategik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilish masalalarini muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/uzb-uae/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan foydalanishni taqiqlash 2028-yildan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Avvalroq 2025-yildan boshlab ushbu markadagi yonilg‘idan voz kechilishi xabar qilingan edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/ai-80/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Asaxiy Books loyihasi Garvard professori Kleyton Kristenson boshchiligidagi jamoa yozgan yangi kitobni o‘zbek tilida taqdim qildi. Bu kitob qashshoqlikdan qutulishga bo‘lgan yondashuv ortidagi paradoksni ochib beradi va rivojlanishdagi innovatsiyalar o‘rnini ko‘rsatadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/asaxiy-books/
Yaponiya sobiq mudofaa vaziri Shigeru Ishiba hukmron Liberal-demokratik partiyaning rahbari etib saylandi va mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi. 67 yoshli siyosatchi ko‘pincha bir partiyalilar uchun bahsli bo‘lgan liberal qarashlari bilan tanilgan va jamoatchilik orasida mashhur.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/shigeru-ishiba/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Express24 har kunga lazzatli tanlovlarni taklif qilmoqda
Express24 issiq fast fud marafonini ishga tushiradi — "1+1," "2+1" takliflari va 30 foizgacha chegirmalar.
Istalgan vaqtda buyurtma berish mumkin — mazali burgerlar va sevimli lavashlar shundoqqina eshik oldida bo‘ladi. Har bir inson o‘zini va yaqinlarini xursand qilish imkoniyatiga ega.
Aksiya 16-oktyabrgacha amal qiladi.
Reklama huquqi asosida.
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 30-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,06 soʻmga arzonlab, 12 715,42 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xivada temiryo‘l vokzali yonidan uzunligi 450 metr bo‘lgan yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunovning aytishicha, loyiha shaharni shimoliy va janubiy qismlarga ajratib qo‘ygan alleyaning noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/khiva/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube