BI Group zamonaviy arxitektura va madaniy qadriyatlarni birlashtirgan yangi BI SAN’AT turar joy majmuasini sotishni boshladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/bi-sanat/
Bosh prokuratura Basketbol federatsiyasida 489 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganini aniqladi. Tashkilot ijrochi direktori, ishlar boshqaruvchisi va birinchi vitse-prezidenti jazoga tortildi. Avvalroq Suzish federatsiyasida ham o‘g‘riliklar haqida xabar berilgan edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/basketball/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhim, dedi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv yakunida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/mfa/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jizzax shahrida Yandex Go xizmati ish boshladi. Dastlabki bosqichda safarning minimal narxi 2500 so‘mdan boshlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/yandex-go/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
May oyida Kia Stinger haydovchisi Toshkentdagi avtotyuning ustaxonasi hududidagi poyga vaqtida avtotuning_uz Instagram sahifasi asoschisini urib yuborgan, u shifoxonaga olib ketilayotganda halok bo‘lgandi. Avgustda u 3 yillik qamoqqa hukm qilingandi, ammo apellyatsiya sudi jazoni yengillashtirib, uni ozod qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/kia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Londonda YTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasini boshqargan va o‘z vatanida ko‘plab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan o‘zbekistonlik Kamola Maxmudova vafot etdi. “Gazeta.uz” 2022-yilda undan intervyu olgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/kamola-makhmudova/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jahonga mashhur Zaha Hadid Architects kompaniyasi Yangi Toshkentdagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini o‘z ichiga olgan majmua loyihasini yaratdi. Chirchiq daryosi sohilida dam olish zonasi tashkil etiladi. Loyihalar prezidentga taqdim etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/new-tashkent-zaha-hadid-architects/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Akademik Vohidov nomidagi tibbiyot markazi 50 yilligi munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi samarali mehnati uchun qator tibbiyot xodimlarini faxriy unvon va ordenlar bilan mukofotladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/doctors/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Nyu-York meri Erik Adams korrupsiyaviy jinoyatda ayblanmoqda. Prokurorlar uning 2021-yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirish manbalarini tekshirmoqda. Rasmiylar Adamsning bir qancha davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan aloqalari haqida ma’lumot so‘ragan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/eric-adams/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Maff kompaniyasi Toshkentda yangi katta shourum ochdi. Maydoni 1200 kv. m. bo‘lgan yangi shourumda tashrif buyuruvchilar 17 ta jahon brendlar mahsulotlari bilan tanishishi mumkin (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/maff/
Salkam yarim yilda 19 ming nogironligi bo‘lgan va nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez va reabilitatsiya vositalari uchun 32,5 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, fuqarolarga 30 turdagi mahsulot elektron vaucher shakllantirish orqali berilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/protez-ortopediya-moslamalari/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 27-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,17 soʻmga arzonlab, 12 736,48 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Unda “Shahar — piyodalar uchun” tamoyilini joriy etish, sun’iy suv havzalari va yashil zonalar barpo etish, korxonalarda tozalash uskunalarini o‘rnatish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/environment-tashkent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat o‘yinidan olingan HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konda sotish mumkinligini ma’lum qildi. Kriptoaktivlar aylanmasi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/hamster/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bunyod Mamadjanov Toshkent shahri Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha “Asakabank” raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/uchtepa/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dam olish kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi 22…+29 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/ob-havo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Umidbek Rajabov 2023-yilda “Toshshaharnur” DUK rahbari lavozimidan ozod etilgandi. 8 oydan so‘ng u yana o‘sha ishga qaytib, rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/toshshaharnur/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati — Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Avvalgi kunlarda Burundi, Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan ham bu borada hujjatlar imzolangandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/botswana/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir-biriga tutash ikkita hovli uy yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta ekipaj va 3 ta suv tashuvchi transport jalb etildi. Jarohatlanganlar yo‘q, hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Britaniya muzeyida dunyoning 29 ta kolleksiyasidan 300 dan ortiq eksponatlar, jumladan, O‘zbekistondan 14 ta buyum namoyish etiladigan Silk Roads ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiya Ipak yo‘li bo‘ylab milodiy 500−1000-yillardagi madaniy aloqalar yoritilgan. Ko‘rgazma 2025-yil 23-fevralgacha davom etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/27/silk-roads/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
26-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇺🇳 TIV rahbari BMTdagi nutqida iqlim o‘zgarishi, dunyodagi mojarolar va Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
🗣 “Muammolarga to‘la o‘z ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lardi” — Alisher Qodirov RF TIVning Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini urganiga munosabati haqida.
💵 O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzildi.
💻 HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konlarda sotish mumkin bo‘ladi — ILMA.
⛽️ O‘zbekiston yil boshidan beri gaz importini 5,7 barobarga oshirdi.
🏙 Toshkentni “piyodalar shahri”ga aylantirish, yashil hududlar va suv havzalarini ko‘paytirish reja reja qilinmoqda.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
QXV fermer va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, paxta yetkazib berish shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalar va ularning rahbarlariga hech qanday ko‘rsatma bermaganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlarning 90 foizi allaqachon shartnomalarini yangilagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/cotton/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Gazeta.uz jurnalisti — “Eng yaxshi milliy kontent” respublika tanlovi g‘olibi
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi “Eng yaxshi milliy kontent” tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Internet jurnalistika yo‘nalishidagi “Eng yaxshi milliy kontent uchun” nominatsiyasida Gazeta.uz jurnalisti Gulira’no Musayeva g‘olib deb topildi.
U tanlov uchun quyidagi materiallarini taqdim etgan edi:
🔹 Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh — bu nega muammo va uni qanday hal qilish mumkin?
🔹 Oq qayiqda — maqsad sari. Parij-2024 Paralimpiadasiga yo‘llanma olgan Muhayyo Abdusattorova hikoyasi;
🔹 “Qancha emas, qanday yashash muhim”. To‘quvchi Feruza Shodjonova hikoyasi;
🔹 Sahna ortidagi jarayon va qahramonlar. Sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan O‘zbekiston davlat drama teatridan reportaj;
🔹 “Odamni diabet emas, o‘ziga nisbatan beparvolik va hurmatsizlik o‘ldiradi”;
🔹 “Muvaffaqiyat jinsga emas, bilim va qobiliyatlarga bog‘liq”. Maktabda o‘qiydigan dasturchi qizlar — loyihalari, orzulari va stereotiplar haqida.
Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/content/
@gazetauzmaxsus
Isroil AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqda masshtabliroq urushning oldini olishga urinayotgan boshqa ittifoqchilarning “Hizbulloh” bilan uch haftalik sulh taklifini rad etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/ceasefire-proposal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Beruniy metro bekati yaqinida jamoat avtobusi ichida yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashib, tashqariga olib chiqildi. Fuqaro tez yordam yetib kelgunga qadar vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/toshkent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi, konsepsiya prezident administratsiyasiga 2025-yil 1-martga qadar taqdim etilishi kerak. Avvalroq Jahon banki O‘zbekistonga pensiya yoshini bosqichma-bosqich 65 yoshga oshirishni tavsiya qilgan edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/pension-system/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Nurota davlat qo‘riqxonasi, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i, “Sudoche-Akpetki” buyurtma qo‘riqxonasi va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Ular faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va ishni lozim darajada tashkil etmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/reserves/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/incident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Alisher Qodirov Toshkentda oʻqituvchi oʻquvchini urgani boʻyicha Rossiya TIV Oʻzbekistondan “rasmiy tushuntirish” soʻraganiga munosabat bildirdi. “Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga toʻla oʻzlarining ishlari bilan shugʻullanishsa, toʻgʻri boʻlar edi”, — deydi Milliy tiklanish partiyasi raisi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/qodirov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chilonzordagi maktabda sinov muddatidagi rus tili o‘qituvchisi 6-sinf o‘quvchisini urgani ortidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistondan “rasmiy tushuntirish” so‘radi. Ular, shuningdek, o‘qituvchiga nisbatan “chora ko‘rishga” chaqirgan. Avvalroq IIB holat bo‘yicha surishtiruv ketayotgani haqida xabar bergandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/26/mfa-russia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube