Chirchiq shahrida Spark haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina FVB xodimlari tomonidan chiqarib olindi. Voqea oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/car/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tojikiston guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinda Panamaga yirik — 3:8 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi. Ammo bu g‘alaba Panamaga baribir pley-off yo‘llanmasini bermadi. Nimchorak finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida musobaqa debyutanti Afg‘oniston ham bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/futsal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Adolat” SDP o‘z saylovoldi dasturiga hokimlarga ishonchsizlik votumi joriy etish, qayta taqsimlash orqali aholi daromadlarini tenglashtirish, bog‘ va oromgohlar sotuvini taqiqlash kabi masalalarni kiritdi. Sinfdagi o‘quvchilar sonini optimallashtirish, antiekologik korxonalarni jazolash ham taklif qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/adolat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturidan lotin alifbosiga o‘tishni yakunlash, arxeologik obyektlarda ijara tizimini bekor qilish, ajrimlar bojini oshirish, boshqa davlat fuqaroligini olganlardan fuqarolikni bekor qilish, renovatsiya va xalq tabobati qonunlarini qabul qilish kabi masalalar o‘rin oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/milliy-tiklanish/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 kishi qutqarildi. Ular sayr qilish maqsadida borib, yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/lost/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston futzalchilari mundialdagi yurishni erta to‘xtatdi, ammo qo‘shnilarda ahvol yomon emas. Qozog‘iston shanba kuni Yangi Zelandiyani mag‘lub etib, pley-offga chiqdi. Afg‘oniston esa, Ukrainaga yutqazganiga qaramay, hamon imkoniyatga ega. Kun gollarga boy bo‘ldi, xususan, ikki futzalchi beshtadan gol urdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/mundial/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentning taqdimnomasi va Senatning tegishli qaroriga asosan Ikram Muslimov va Olimjon Ismailov besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/oliy-sud/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Ular BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki 15 sutkaga qamalishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/tabib/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Budapeshtda o‘tayotgan musobaqaning 9-turida erkak shaxmatchilarimiz Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya bilan durang o‘ynadi. Tur yakunlari bo‘yicha yigitlar jamoasi 3-o‘rin, qizlar esa 27-o‘rinni egalladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/chess/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
20-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
✍️ Senat O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklarga taqiq qo‘yilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
🤝 Shavkat Mirziyoyev yangi elchilarni qabul qildi.
🗣 Soxta trener va lektorlarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun tasdiqlandi.
🚧 Kameradagi YHQ buzgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilmagan haydovchilar javobgarlikdan ozod qilinadi.
⚫️ Senat raisi Boysundagi kon avariyasida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
🇰🇬 Qirg‘izistonda “obro‘sizlantirish maqsadida” huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olganlik uchun jazolash taklif qilinmoqda.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident sport sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida yengil atletika va suv sporti kabi yo‘nalishlarda natijalarni yaxshilash, Olimpiya shaharchasida xokkey majmuasi qurish, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/sport/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qirg‘iziston parlamenti a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining ishini aks ettiruvchi surat va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima yoki 7 sutkagacha qamoq ko‘rinishidagi jazo choralarini taklif qilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/kyrgyzstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar aldov orqali pul ishlashga urinayotgan “soxta trenerlar va lektorlar"ga qarshi kurashish maqsadida ma’rifiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs ma’rifiy faoliyati uchun jarimaga tortiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/enlightenment/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Lenovo kompaniyasi ICTWEEK sammitda turli sohalar uchun gibrid sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/lenovo/
Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh” obyektlariga eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oshirdi. BMT Xavfsizlik kengashi vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/attacks/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida 189 ta davlat orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Shaxmatchi Shamsiddin Vohidov oltin, Nodirbek Abdusattorov kumush medal bilan taqdirlandi. Ayollar jamoasi 12-o‘rinni egalladi, Nodira Nodirjonova esa o‘z doskasida ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/23/chess-olympiad/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2023-yilda korrupsiya jinoyatlaridan eng katta zarar Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Senatda taqdim etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchinchi milliy ma’ruzada ma’lum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/corruption/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z saylovoldi dasturida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, nogironligi bo‘lganlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni xavfsiz va ekologik barqaror hududga aylantirish, iqtisodiyotda davlatning faol ishtirokini saqlab qolish kabilarni va’da qilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/xdp/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Tartibsiz urbanizatsiyaga barham berish, AES qurish va undan xavfsiz foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, budjet xarajatlarini qisqartirish, so‘z va OAV erkinligini kafolatlash, tashqi siyosatni faqat xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqib olib borish — O‘zLiDePning saylovoldi dasturidan nimalar o‘rin olgan?
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/uzlidep/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik va issiq suv uchun tariflarning oshishini gaz va elektr energiyasi narxi ko‘tarilgani bilan izohladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aholi bazaviy tarif miqdorining 16 foizini, oshirilganidan keyin esa 18 foizini qoplay boshlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/22/heating/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasini ekspluatatsiya qilish uchun boshqaruv kompaniyasini jalb qilish ko‘zda tutilgan. U sport majmualarini saqlash, ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/sport/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi yurishini muxlislar kutganidan erta yakunladi. Jamoa mundialning guruh bosqichi 3-turida Kosta-Rikaga 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlabki ikki turda o‘zbekistonliklar atigi 1 ochko to‘plagan edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/uzbekistan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan, shuningdek, maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv arizasini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasida berish tartibi joriy qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/child-abuse/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston futzal bo‘yicha o‘z uyida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan dramatik uchrashuvda Kosta-Rikaga imkoniyatni boy berdi. Jamoa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/21/futsal/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Toshkent shahri, 10 ta viloyat va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan umumiy summasi 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlarini aniqladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/tenders/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
USAID Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi doirasida O‘zbekistonga yana 6,1 mln dollar ajratdi. Umumiy summa 47 mln dollardan oshdi. Mablag‘lar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘nikmalarini oshirish, 8−11-sinflarda yoshlarga tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun sarflanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/usaid-doag-edu/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oltita kinopremyera, Iosis Fest 2024, Cinema Love 2024 kinofestivali, gastronomik festival, o‘ndan ortiq ko‘rgazma, spektakllar, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, bolalar mashg‘ulotlari, chegirmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/afisha/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senatorlar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi (va organ 15 kun ichida jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilishi) kerak bo‘lgan, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydigan tuzatishlarni ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/fines/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. Bunday odamlar ro‘yxati yuritiladi. Agar bunday shaxslar O‘zbekiston hududida bo‘lsa, chiqarib yuboriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/xorijliklar/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Hindiston, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Germaniya, Isroil elchilari va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/ambassadors/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube