Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar orasida inklyuzivlik ta’minlanmoqda. Ular orasida turli millat vakillari, jismoniy imkoniyatlari cheklanganlar ham bor (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/yuksalish/
BYD kompaniyasining ma’lum qilishicha, BYD Central Asia O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutor bo‘lib, u mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan avtomobillarni to‘liq kafolat bilan taklif qiladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/byd/
“Ochiq budjet” portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushirildi. U orqali mahallalar kesimida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va ularning sarflanishini kuzatish mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/mahalla-budjeti/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sergeli tumanida BYD yo‘ldan o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari boshlangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/girl/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
TAXIMILLENIUM maktabga, bog'chaga yoki maktabdan tashqari mashg'ulotlarga mamnuniyat bilan olib boradi.
Kompaniyada yaxshi sayohat uchun kerak bo'lgan hamma narsa bor: qulay va keng konditsionerli mashinalar va tajribali haydovchilar. Xavfsizlik va aniqlikni kafolatlaydi.
TAXIMILLENIUM belgilangan manzilga o‘z vaqtida va muammosiz yetib boradi.
Buyurtmani quyidagi telefon orqali: (+998)-78-129-55-55 yoki mobil ilova orqali bersa bo’ladi.
Reklama huquqlari asosida.
Ellikqal’a tumanidagi maktabda 1-sinf o‘quvchisi onasi tomonidan kuch ishlatib majburan sinfdan olib ketildi. Vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/pupil/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi
Siyosiy partiyalar proporsional tizim asosida saylanadigan 75 dan 100 nafargacha nomzodlarni ilgari surib, Markaziy saylov komissiyasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi.
Saylov-2024
Reklama huquqlari asosida.
26−29-sentabr kunlari Toshkentda Destination: Tashkent kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturda tarixiy filmlar va Markaziy Osiyo rejissyorlarining zamonaviy asarlari namoyish etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/destination-tashkent/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqanddagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘ida jami 2500 tupdan ortiq noyob va Qizil kitobga kiritilgan daraxtlar kesib ketilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/omonqoton/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga 2030-yilgacha chang bo‘ronlariga qarshi kurashish dasturi, shuningdek, Toshkentda havo sifatini yaxshilash choralari taqdim etildi. MJTKga qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, daraxt kesish va quritish uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi moddani kiritish taklif etilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/ecology/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Livanda peyjerlarning bir vaqtda portlatilishi Isroil razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan “murakkab va uzoq” operatsiya edi, deb yozdi NYT. “Hizbulloh” rahbari telefondan foydalanmaslikka chaqirganidan so‘ng Isroil guruh asosiy mijoziga aylangan peyjer ishlab chiqarish kompaniyasini yaratgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/israel/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yangi soliq imtiyozlarini joriy etish tartibi o‘zgaradi. 2025-yildan boshlab ular joriy qilingan paytdan boshlab emas, balki keyingi yilning boshida kuchga kiradi. Eksportchilar va Hyatt International uchun foyda solig‘i imtiyozlari ham bekor qilinmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/taxes/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tariflarining 15 foizga oshirilishi ma’qullandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/tariffs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident farmoni bilan 2025-yildan boshlab O‘zbekistonda jamoat transporti va shahar atrofi poyezdlarida tashish uchun QQS (12 foiz) bo‘yicha berilgan imtiyozlar va boshqa soliq imtiyozlari bekor qilinadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/tax-incentives/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda mikrokorxonalarning moliya olish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar ajratadi. Dastur bank xizmatlari bilan qamrab olinmagan yoki yetarli darajada qamrab olinmagan mikrokorxonalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/mikrokorxona/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 23-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,99 soʻmga qimmatlab, 12 729,83 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi oshdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/qonun/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Senat tomonidan psixologik yordam ko‘rsatish talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilovchi va ushbu sohaga nisbatan boshqa bir qator talablar kirituvchi qonun ma’qullandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/law/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/weekend/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi Surxondaryoda “Toza hudud” chiqindi tashish xizmati tariflarni deklaratsiya qilmay, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun aholidan 3,2 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov olganini aniqladi. Tashkilotga moliyaviy jarima qo‘llandi va pulni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish topshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/toza-hudud/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Zomindagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i MCHJ vakilidan 10 ming dollar talab qilib, shundan 4 mingini olganda ushlandi. U 100 ta yuk vagonini bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish va temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslikka ishontirgan. Stansiya boshlig‘i avval o‘g‘rilikda ayblanib, sudlangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/dashtobod/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Boysundagi M-25 gaz konida qayta yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lgan 4 nafar fuqaro yuzasidan hamdardlik bildirdi. U vafot etganlarning oilalari prezident nazoratida ekanini qayd etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/taziya/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirk va shapitolarda saqlanuvchi yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/20/wild-animals/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
❗️Portlash, zaharli gaz va badbo‘y is: Boysun qanday yashayapti?
“Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi birinchi avariyadan ikkinchi avariyaga qadar Boysun aholisi qanday yashadi? “Gazeta.uz” jamoasi 14-15-sentyabr kunlari tumanda bo‘lib, u yerdan reportaj tayyorladi.
Video: https://youtu.be/ZH-za1ihmHc?si=YFd-8e9mc-_UaGfO
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
19-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇮🇱 O‘zbekiston Isroildan qo‘shinlarini Falastindan olib chiqishni talab qiluvchi BMT rezolyutsiyasini yoqladi.
📌 Kondagi avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi — energetika vaziri.
🇩🇪 O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya kelishuvi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar.
🚌 O‘zbekistonda jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi.
😷 Nurmat Atabekov: Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlangani yo‘q.
✍️ Endi yangi soliq imtiyozlari keyingi yil boshidan joriy etiladi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident qishloq xo‘jaligidagi rejalarga oid taqdimotda urug‘ importida raqobat muhitini yaratish, paxta yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish kerakligini aytdi. “Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMTning eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish”, — ta’kidladi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/agriculture/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Germaniya malakali mutaxassislar kirishi va noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborishni osonlashtiradigan bitim imzoladi. Hujjat xorijliklarni uchinchi davlatga qaytarish uchun tranzit imkoniyatini ham nazarda tutadi. OAVlar afg‘onlarni Toshkent orqali deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/migration-agreement/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Uznetix onlayn akademiyasi har bir talabaga individual yondashgan holda zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish kurslarini taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/uznetix/
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 20-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,11 soʻmga arzonlab, 12 724,84 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh Federal zaxira tizimi to‘rt yil ichida birinchi marta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi. Ushbu qarorni regulyator yuqori inflyatsiya darajasi ortda qolganiga ishonch hosil qilingani bilan izohladi. Bu O‘zbekistonga qarz mablag‘larini pastroq foiz stavkasida jalb qilish imkonini beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/19/federal-reserve/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube