Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud ishi 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/13/omonboyeva/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlardan raqibi Kamala Harris bilan bo‘lgan debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi. “Harris o‘tgan 4 yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratishi kerak”, degan Tramp “Uchinchi debat bo‘lmaydi!” — deb ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/13/trump/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Apreldan buyon propan birja narxlari ikki baravar — tonnasi deyarli 9,3 mln so‘mgacha oshdi, bir litr yonilg‘i esa — 4500 dan 6000−7000 so‘mgacha. Raqobat qo‘mitasi kutilayotgan narx oshishi haqida Energovazirlikni xabardor qilgan. “Gazeta.uz” suyultirilgan tabiiy gaz narxining oshishi sabablarini tushunishga urindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/13/propan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xorazm viloyatida 12−13-sentabr kunlari MO davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ta davlat parlamentlari vakillari o‘zaro aloqalarni faollashtirish, do‘stlik guruhlari va hamkorlik komissiyalari samaradorligini oshirishga kelishib oldi, bu bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/parlaments/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mirzaoboddagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgandi. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, bolada tug‘ilganida aniqlangan kamqonlik kasalligini davolash choralari ko‘rilmagan. Holat bo‘yicha tibbiyot birlashmasi, shifokorlik punkti va bog‘cha mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/kindergarten/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga olib kelinayotgan kelin va uning turmush oʻrtogʻi
Ular 14 yillik tanaffusdan soʻng qayta ochilgan “Qorasuv” chegara postidan oʻtdi.
Foto: Bojxona qoʻmitasi
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiya Davlat dumasida mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. “Odam o‘zi ishlash uchun kelarkan, oila a’zolarini ham yetaklab kelishi mumkin emas”, — dedi duma spikeri Vyacheslav Volodin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/russia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 kishining ishini yopiq rejimga o‘tkazdi, biroq bir necha advokatlar va sudlanuvchilar bunga qarshi chiqdi. Sudya bunga sabab sifatida sudda “xizmat doirasidan foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yangrashini” aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/court/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 13-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 26,69 soʻmga qimmatlab, 12 741,76 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi oshdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi hamda murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/paralympic/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
15−19-sentabr kunlari o‘tishi reja qilingan Toshkent xalqaro kinofestivali keyinga qoldirildi. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu O‘zbekistonda kuzda xalqaro tadbirlarning ko‘p bo‘lishi va ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish davom etayotgani bilan bog‘liq. Festivalning yangi sanalari noma’lum.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/cinema-fest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab hamda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida kuzatilgan o‘sish sur’atlari pul-kredit sharoitlari qat’iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/rate/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 61 yoshli haydovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yunusobod tumanidagi Muhteshem Doner restoranida 23 kishi, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sousdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. SES ularning 13 nafariga uyga javob berilgani, qolgan 10 kishining ahvoli qoniqarli ekanini bildirdi. Restoran vaqtincha yopildi, Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/poisoning/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/prokuror/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bola Toshkentga olib kelinib, buvisiga topshirildi. Bolaga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/13/child/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident qarori bilan, bu yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi. Qomusiy olim sharafiga qurilgan yodgorlik majmualari mukammal ta’mirlanadi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qayta nashr qilinadi, Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/13/ulughbek/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
12-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🚧 O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Qorasuv” chegara posti 14 yildan so‘ng qayta ochildi.
🇹🇷 Prezident Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari hamda razvedka xizmati rahbarini qabul qildi.
🏦 O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi.
🏞 “Birorta attraksion ham, restoran ham bo‘lmaydi”. Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘i jamoatchilik parkiga aylantiriladi.
💵 Suzish federatsiyasi mansabdorlari 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi.
⚖️ Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish, shuningdek, davlat idoralari shtatlarini kengaytirishga ikki yillik moratoriy kiritdi. Qaror davlat budjetining “xarajatlarini optimallashtirish"ga qaratilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/kyrgyzstan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/uzb-tur/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston DXX va Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbarlari terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/intelligence-services/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu mablag‘larning 405 mln so‘miga federatsiya bosh kotibi oila a’zolari Turkiyaga dam olish uchun jo‘natilgani aniqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/suzish/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Germaniyaning STO fasad va interer yechimlari ishlab chiqaruvchisi Toshkentdagi yangi shourumida 10 foizlik chegirma bilan innovatsion materiallarni taklif etadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/sto/
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Qirg‘iziston ustidan haqli ravishda g‘alabaga erishilgani, shu bilan birga, futbolchilarning “ayrim xatolari” haqida gapirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/football/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Payshanba kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ikkinchi chegara bojxona posti “Uchqo‘rg‘on” (qirg‘iz tomondan “Kensay”) ochildi. Mazkur nazorat-o‘tkazish punkti kuniga o‘rtacha 10 ming kishini, 500 dan ortiq yuk va 300 dan ortiq yengil avtomobilni o‘tkaza oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/post/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyatida Chirchiq daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 441 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bundan tashqari, jarayonda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni ham yo‘q qilingan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/chirchiq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
7 yildan beri taqdiri hal bo‘lmay kelayotgan Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘ini 2025-yil oxirigacha Oxygen park nomli jamoatchilik parkiga aylantirish reja qilinmoqda. Atrofiga panjara-to‘siqlar o‘rnatilmaydigan park 24/7 ishlaydi, loyiha davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi, dedi ekologiya vaziri.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/oxygen-park/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Andijon viloyatidagi Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Qorasuv” chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi. Postdan kuniga 12 mingdan ortiq odam o‘tib-qaytishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/qorasuv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari, shuningdek, Milliy razvedka xizmati direktorini qabul qiladi. Bunday formatdagi uchrashuv birinchi marta o‘tkazilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/turkiye/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Firibgarlikda ayblanib 5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/12/crime/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube