Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda. Boshqa hududlarda esa 2026-yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/insurance/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketdi. Kompaniya 8 ta Cobalt zarar ko‘rgani, jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/uzauto-motors/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
4-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🗣 “Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim” — Alisher Qodirov.
🇷🇺 Rossiyada markaziy osiyolik migrantlarga fuqarolik berishga vaqtinchalik moratoriy joriy etish taklif qilinmoqda.
✍️ Tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz ortiqcha iste’moli uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi.
⚡️ Hududlardagi elektr va gaz tarmoqlarini xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu nima uchun qilinyapti?
🔷 Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi.
🎒 Foto: O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish uchun maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish, “Bolaning rivojlanish xaritasi”ni yuritish, shuningdek, olimpiada g‘oliblari mukofotlarini daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/kindergarten/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishi bilan tanishdi. U terminallarning tashqi ko‘rinishi va intereri, infratuzilmasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Manbalarga ko‘ra, aeroport kelgusi yilda ochilishi mumkin. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/toshkent-sharqiy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent shahrida 6−8-sentabr kunlari yirik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, shu sababli Milliy kutubxona va Hyatt mehmonxonasi atrofidagi 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari mashinalar harakati uchun yopiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/closed/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev qurilish va kambag‘allik bo‘yicha o‘rinbosarlarini turli haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi. Samarqand viloyati hokimi farmoyishi bilan unga hayfsan jazosi berildi. Bu — uning ikkinchi hayfsani.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/hokim/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh hukumati HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning qator rahbarlariga 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum munosabati bilan rasman jinoiy ayblovlarni e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/criminal-charges/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi elektr va gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy operatorlar boshqaruviga berish rejalashtirilmoqda. Oktyabr oyida Samarqand viloyatida tender boshlanadi. Energoregulyator rahbari Sherzod Xoʻjayev elektr tarmoqlarini nima uchun xususiy sektorga berish kerakligini tushuntirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/electricity/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 5-sentabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 10,22 soʻmga qimmatlab, 12 650,26 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa koʻtarildi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Paralimpiyachi Server Ibragimov 50 metrga to‘pponchadan otish bahslarida kumush medali sohibiga aylandi. U Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/server-ibragimov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
CAU (Akfa) universiteti litsenziya olinmagan Tijorat huquqi yo‘nalishi uchun talabalar bilan shartnoma tuzgani aniqlandi. Biroq bu yo‘nalishda ta’lim to‘xtab qolgan. Raqobat qo‘mitasi OTMga 7 nafar talabaga 167,5 mln so‘mni qayta hisob-kitob qilish va boshqa murojaatlar bo‘yicha ham ishlash yuzasidan ko‘rsatma berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/akfa-university/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Hodisa oqibatida do‘kon ichidagi bir kishi jarohatlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2028-yilgacha O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Shuningdek, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/qqs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/elektr-va-gaz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘prikdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/car-accident/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Braziliya Oliy sudi X’ga (Twitter) kirishni cheklashga qaror qildi va blokni chetlab o‘tganlik uchun jarimalar joriy qildi. Bunga ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask mamlakatda qonuniy vakil tayinlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Milliarderga tegishli Starlink tortishuvlardan so‘ng tarmoqni bloklashga rozi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/05/brasil/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Loyihalar orasida maktablar, shifoxonalar qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqaruvga o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimini yaxshilash va boshqalar bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/ppp/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqandning Paxtachi tumanida mahallasidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan fuqaro 8,5 mln so‘m jarima va 680 ming zararni to‘laydigan bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/tree/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
RF davlat dumasining “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov “Markaziy Osiyo davlatlari” aholisiga RF fuqaroligini berishga 2026-yilgacha moratoriy joriy etishni taklif qildi. Uning fikricha, “gasterbayterlarni ommaviy pasportlashtirish korrupsionerlar mafiyasi uchungina foydali”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/citizenship/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/alisher-qodirov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Markaziy banki ketma-ket ikkinchi oy dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoridan joy oldi. Iyun oyida mamlakat 9 tonna qimmatbaho metall sotib olgan bo‘lsa, iyul oyida ko‘rsatkich 9,6 tonna bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/gold/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkentning qator hududlarida sentabr-oktabr oylarida vaqtincha issiq suv bo‘lmaydi. Veolia Energy Tashkent`ning bildirishicha, bu paytda eskirgan kommunikatsiyalar almashtiriladi va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlar bajariladi. Ro‘yxat.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/issiq-suv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/soliq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda boshlanadi. Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish esa 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/tash-sam/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonlik futbolchilar 2026-yilgi JCH saralash bosqichining uchinchi bosqichida KXDRga qarshi o‘yinda o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi, dedi jamoa murabbiyi Srechko Katanets. “Xotirjam bo‘lib, o‘z ishimizni avvalgidek qilishimiz kerak, bu bosqichda har bir o‘yin murakkab bo‘ladi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/football/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
ShHT va MDH makonida kechayotgan murakkab harbiy-siyosiy jarayonlar davlatlardan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni birlashtirishni talab qilmoqda, dedi O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov. U, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam berish muhimligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/abdusalom-azizov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avgust yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda inflatsiya 0,5 foiz darajasida qayd etildi. Yillik inflyatsiya 10,47 foiz darajasida saqlanib qoldi. Propan (20,2%), mol go‘shti (5,3%) va qo‘y go‘shti (4,9%), kartoshka (5,5%) keskin qimmatlashdi. Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/inflation/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, qonun ustuvorligi prinsipiga og‘ishmay rioya etish terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning fundamental asosidir. Bu haqda prezident Toshkentdagi ShHT MAT va MDH AM konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/president/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy 5−6-sentabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘ladi. U Toshkentda “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumida ishtirok etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/09/04/syuy-dunyuy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube