gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini 5 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Rafiqjon Jalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. May oyidan buyon poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/yxxb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. oktabr oyida qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligi o‘tkaziladi. 1937−1953-yillarda 100 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, 13 ming nafari otib tashlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/repressions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Bank AJ boshqaruvi raisi Svetlana Xe innovatsion raqamli bank yaratish, shuningdek, uning oldida turgan muammolar va istiqbollar haqida gapirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/yangi-bank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlari tuziladi. Buning asosiy maqsadi aholi punktlari va obyektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/xavfsizlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🖥 Toshkentdagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari buziladi.

🏦 Chalg‘ituvchi reklamadan foydalangan “Ipotekabank” jarimaga tortildi.

👨‍⚖️ “Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi.

♿️ O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

🇰🇬 O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari birinchi xonimlar bilan Xivani aylandi.

💻 Windows nosozligi tufayli dunyo bo‘ylab aeroport, bank va kompaniyalar ishida uzilishlar bo‘lmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident daromadi past hududlarda kredit, subsidiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini o‘rganishni buyurdi, shuningdek, rejani bajarish uchun biznesni qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashga majburlayotgan mas’ullarni tanqid qildi. Endi imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko‘rsatkich bilan bir yilga ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/benefits-and-subsidies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/bukhara/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida ferma mansabdorlari chorva mollari importi uchun bankdan 1 mlrd 680 mln so‘m kredit, davlat jamg‘armasidan esa 116 mln so‘m subsidiya olgan. Ular bankka ko‘rsatilgan biznes rejaga amal qilmay, mollarni sotib yuborgan va kreditni o‘zlashtirgan. Ferma va bank mansabdorlari tergov qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi “Ipotekabank” xizmatlarini reklama qilishda “chalg‘ituvchi”, “nomaqbul” usuldan foydalangan, deb topdi. Bank axborotda omonatning muhim shartlarini ochib bermagan. U jarimaga tortiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/ipotekabank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov birinchi xonimlar hamrohligida Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/khiva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonda quriladigan obyektlar nogironligi bo'lgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi. Shuningdek, fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni oʻtkazishda surdotarjimon ishtiroki majburiy boʻladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/invalid/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +34…+39, ba’zi joylarda +40…+41 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Windows tizimi bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilmoqda. Avstraliya, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV, fond birjalari texnik muammolar haqida xabar bermoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/windows/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/ambassador/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oya ostida tashkil etiladi. “Ona diyor — ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/mustaqillik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo viloyatida tabiiy gazni talon-toroj qilgan 2 ta AGTKSH aniqlandi. Ularning biri 20,5 mlrd so‘mlik 8,2 mln kub metr, ikkinchisi esa 7,9 mlrd so‘mlik 3 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qilgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/gaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida aholi xonadoniga laylak o‘ng qanoti yaralangan holda kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Zangiota tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Qushning salomatligi yaxshilangandan so‘ng ochiq tabiatga qo‘yib yuborilishi ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/laylak/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Baxti Tashkentskiy” va yana 5 kishi xavfli retsidivist deb topildi

19-iyul kuni “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va yana 36 kishiga nisbatan sud yakunlanib, ularga hukm oʻqildi. Baxtiyor Qudratullayevga 20-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Shuningdek, u oʻta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Sud hukmi bilan boshqa sudlanuvchilarga 3-yildan 20-yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi. Faqat sudlanuvchilar orasidagi yagona ayolga ozodlikni cheklash jazosi berildi. Hukmga koʻra, 6 kishi xavfli retsidivist deb topildi, ular jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydi.

“Gazeta.uz”ning sud majlisidan tayyorlagan reportajini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/fdDBqoB2vpU?si=7tUrKQNsa4YU4mfN

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/20/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyatining 10 ta tumani hokimlari bozorda raqobatni cheklashga hamda iste’molchilar huquq va manfaatlari kamsitilishiga olib keluvchi qarorlar imzolaganini aniqladi. Hujjatlar qonun talablariga muvofiqlashtirildi, hokimliklar ogohlantirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/namangan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Haydovchilar YPX xodimlaridan YHXX avtomashinalaridagi ko‘chma radarlar va qurilmalarda qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari ko‘rsatkichlarini hamda ushbu qurilmalarning muvofiqlik sertifikatini talab qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bu imkoniyat sudda jarimaga e’tiroz bildirish imkonini berardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/mobile-radars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Women in Tech global hamjamiyati Kavkaz va Markaziy Osiyo vakillari uchun Women in Tech CCA mukofotiga arizalar qabulini ochdi. Taqdirlash ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” marosimning axborot hamkori hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/women-in-tech/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yetti kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kino namoyishlari, jadidlar haqidagi multimedia ko‘rgazmasi, bog‘lardagi 90-yillar diskotekasi, raqs shousi, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, konsertlar, ijodiy mahorat darslari va boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga qamalib, o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Sudlanuvchilar 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Yagona ayol sudlanuvchiga ozodlikni cheklash jazosi berildi. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/verdict-kudratullaev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 22-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,96 soʻmga qimmatlab, 12 610,04 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi pastladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airports Microsoft ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmagani haqida xabar berdi. Aviatashuvchilar nosozliklarga duch kelsa, o‘z muqobil ro‘yxatga olish tizimimizni taklif qilishga tayyormiz, deydi kompaniya.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/microsoft/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimi noqonuniy tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Reklama konstruksiyalari uchun joylar “Tashqi reklama” tizimi orqali ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/tashqi-reklama/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/yevrokomissiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/baxti-tashkentskiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/food-street/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал