gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan, Termiz shahridagi ikkita oliy o‘quv yurti negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda. Ilgari faoliyat yuritgan OTMlarning barcha talabalari yangi universitetda o‘qishini davom ettiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/termiz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Toshkent zamonaviy O‘zbekistonning bosh shaharsozlik loyihasi hisoblanadi. Uning chegaralari qayerdan o‘tadi, arxitektura, ekologiya, energetika va transport tizimlari qanday bo‘ladi — Yangi Toshkent bosh arxitektori Saidazim Sharipov bilan katta intervyu aynan shular haqida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/new-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi Lukoil Overseas Supply and Trading kompaniyasi texnik oltingugurtni birja orqali sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganini aniqladi. Asossiz olingan mablag‘lar qaytariladi, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi, deb yozdi qo‘mita.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/lukoil/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston AQSh hamkorligida tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi. Tibbiyot chiqindilarini to‘liq yetkazib bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tayyor energiya shifoxonalar, shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan ham sotib olinishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/medical-waste/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/number-plates/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/uzb-kg/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. 1-dekabrdan esa avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamini olish uchun arizalarni YHXX yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi orqali yuborish va to‘lovni o‘sha yerda amalga oshirish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/number-plate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hech qanday o‘yin o‘tkazmasdan FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqorilab, 61-o‘rinni egalladi. Paragvay ochko yo‘qotib, reytingda pastlagani bunga sabab bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/fifa-ranking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalariga individual harakatlanish vositalari (IHV), jumladan, elektrosamokatlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlar kiritildi. IHV trotuarlarda 10 km/soatgacha (6 km/soatgacha bo‘lishi taklif qilingan edi), avtomobil yo‘lida 20 km/soat tezlikda yurishiga ruxsat berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/electric-scooter/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaruvchi tadbirkor yuridik shaxslar uchun limit 10 foizdan oshib ketganda, elektr energiyasi uchun to‘lanadigan ikki baravarli tarifni bekor qilishni so‘radi. Uning fikricha, “Energetika vazirligi tizimdagi aybini tadbirkorlar hisobiga yopmoqchi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/tariff/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizim tashkilotlarining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/roads/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2019-yilning noyabr oyidan beri Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini boshqarib kelgan Olim Saidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Ibragimov egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/olim-saidov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning birinchi yarmida 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi (+34,4%). Ular, asosan, o‘zlashtirish, talon-toroj qilish, firibgarlik va pora oldi-berdisi bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/crime/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shu yildan Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti talabalarni qabul qila boshlaydi. Unga to‘liq akademik mustaqillik beriladi. Oliygoh nafaqat ushbu universitetning, balki AQShda tan olingan boshqa xorijiy OTMlarning ham diplomini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/atu-in-tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/eu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 3 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/19/bekat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇰🇬 Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”.

📁 Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi.

⚡️ Tadbirkor limitdan 10 foiz oshib ketilgan taqdirda, 2 baravar to‘lanadigan tarifni bekor qilishni so‘radi.

🚨 YHXX boshlig‘i Olim Saidov lavozimidan ozod etildi.

🚗 Qirg‘izistonda Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🌆 Yangi Toshkent qanday bo‘ladi? Bosh arxitektor bilan katta suhbat.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube:

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda tor va keng doirada yig‘ilishlar o‘tkazgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ikki mamlakat san’atkorlarining do‘stlik konsertida ishtirok etdi. Foto, video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/concert/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-avgustdan boshlab Toshkent-Buxoro yo‘nalishida haftada uch kun qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/tashkent-bukhara/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma, Issiqko‘ldagi kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/docs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida O‘zbekiston hamkorligida Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi. Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov shu va boshqa qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/kg/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

MG avtomobil markasi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi. Savdolarning boshlanishi kuzga rejalashtirilgan va to‘rtta model taqdim etiladi: MG ZS va MG HS krossoverlari, MG 7 liftbeki, shuningdek, Cyberster elektrik rodsteri (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/morris-garages/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 19-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,14 soʻmga qimmatlab, 12 601,08 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi pastladi, rubl kursi biroz oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden uchinchi marta COVID-19 bilan kasallandi. Kasallik yengil kechmoqda va u o‘zini izolyatsiyalagan holda ishlaydi, deya ta’kidladi Oq uy.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/biden-covid/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/japarov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskva shahridan Samarqandga uchgan mast holdagi yo‘lovchi yolg‘ondan samolyotda portlovchi modda borligini aytgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/samarqand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyaga hamyonbop narxda: Antaliya, Bodrum, Dalamanga turlar 814 AQSH dollaridan boshlab

Turpaketlarni Asialuxe Travel‘ning O‘zbekistondagi barcha turistik agentliklaridan so‘rash mumkin. Narxlar va sanalar:

— Antaliyaga: 23 iyuldan 30 iyulgacha — 845 dollardan boshlab;
— Bodrumga: 24 iyuldan 31 iyulgacha — 917 dollardan boshlab;
— Dalamanga (Marmaris, Fetxiye): 19 iyuldan 26 iyulgacha — 814 dollardan boshlab.

Narxlar 2 kishilik joyda 1 kishi uchun ko‘rsatilgan va eʼlon qo‘yilgan vaqtda amal qiladi.

Telefonlar: 1111, (+998) 71–201–77–77.

Sayt | Telegram

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/18/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18-iyuldan boshlab Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezd “Quva” bekatida ham 2 daqiqa to‘xtab o‘tadi. Transport vazirligi reyslar jadvalini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/train/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

17-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi.

🇰🇬 Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

✍️ Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkaziladi.

📈 Birinchi yarimyillikda YIM 6,4 foizga ko‘paydi.

♿️ O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi.

⚖️ “Baxti Tashkentskiy”: “Biz terrorist va korrupsioner bo‘lmaganmiz”.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал