gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda gaz resurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev uning kompaniyasi haqida surishtiruv e’lon qilgan “Ozodlik” va mazkur OAV jurnalistini sudga berdi. Tadbirkor raddiya e’lon qilish va 100 mln so‘m tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/ultimo-ozodlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Baxti Tashkentskiy” va jami 37 kishiga nisbatan ochiq sud ishi davom etmoqda. 15-iyul kungi tomonlar muzokarasida advokatlar va sudlanuvchilar tinglandi. “Biz terrorist, korrupsioner bo‘lmaganmiz, odamxo‘r emasmiz. Iloji bo‘lsa, shu yerda o‘tirgan bolalarga yengillik bersangiz”, — dedi Baxtiyor Qudratullayev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/baxti-tashkentskiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining maxsus komissiyasi Anglesey Food (Korzinka) tarmog‘ini reklama qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topdi. Qo‘mita kompaniyadan jarima undirmoqchi. Korzinka komissiya qarorini olmaganini aytib, bayonotni asossiz deya atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/korzinka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 18-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 1,91 soʻmga qimmatlab, 12 587,94 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl kursi biroz tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlariga 6 trln so‘m zarar yetgan. O‘tgan avgustda ularning qarzlarini to‘lash muddati bir yilga uzaytirilgandi. Prezident kredit to‘lash muddatini 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/clusters/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Turkistondan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalar va ularning mintaqa madaniy-ma’rifiy merosiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/jadids/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda fuqarolarga nogironlikni belgilash bo‘yicha YAIDXP, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. SSVda nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/nogironlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18−19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishi va qator qo‘shma tadbirlarda qatnashishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Respublikachilar partiyasi Donald Trampni rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. U vitse-prezident sifatida Ogayo shtatining 39 yoshli senatori Jey Di Vensni tanladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/donald-trump/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14 iyul Tashkent City Park`da Laser Run 2024 marofoni bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 300 katta va 250 bola ishtirok etib, yugurish va lazer pistoletlaridan otish bo‘yicha kuch sinashdi.

Marafon ko‘plab ishtirokchilar va tomoshabinlarni, shu jumladan boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlarni jalb qildi.

Ushbu muhim sport tadbiri Zamonaviy pentatlon xalqaro federatsiyasi (UIPM) homiyligida tashkil etilib, barcha standartlarga muvofiq o‘tkazildi hamda ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligini taʼkidladi.

O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi ushbu tadbirda ishtirok etgan va qo‘llab-quvvatlaganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiradi.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda onalar o‘limi kamaygan bo‘lsa-da, hamon Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki bayonotida. Bank homiladorlar va chaqaloqlar uchun ko‘rsatiladigan perinatal xizmatni yaxshilashga yordam berish uchun 100 mln dollar imtiyozli qarz ajratishni ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/adb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi. Xususan, kitoblar nashr etish, film suratga olish, ko‘rgazma va anjumanlar o‘tkazish, Nukus shahrida muzey ochish va Mo‘ynoqda uning nomida ekopark tashkil etish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/ajiniyaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir qator YI davlatlari Afg‘onistonda 2021-yilda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin yopilgan elchixonalarini qayta ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/afghanistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏘 Ipoteka bozori qisqarmoqda, bank ipoteka stavkalari esa ko‘tarilmoqda.

🎓 Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi.

🛒 Korzinka “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligini bildirdi.

🛣 Moskva transport boshqarmasi vakillari O‘zbekiston YHXX mutaxassislari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi.

📝 Bilimni baholash agentligi — huquqshunoslik fanlaridagi savollarga oid e’tirozlar haqida.

🇰🇬 O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 tonna insonparvarlik yordamini yubordi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki bozorda qurilish materiallarining taklifi oshib bormoqda, bu narxlar barqarorlashuviga va yangi uy-joylar narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Markaziy bank. Regulyator import qurilish materiallarida narx xavfini ko‘rmayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/building-materials/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/mfa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bundan buyon tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. Qolaversa, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tumanlarining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi tajribasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/production/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Narpay tumanida 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlagan fuqaro 11 mln 730 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/daraxtlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Odamlar issiqqa qanday chidayapti?

Tashqari issiq. Kimdir oʻz yumushi bilan koʻchada yurgan boʻlsa, yana kimningdir ishi shundoq ham koʻchada.

“Gazeta.uz” muxbirlari kunning ayni issiq vaqtida odamlar bilan muloqot qildi va ular bunday sharoitda qanday yoʻl tutayotgani hamda atrof-muhit salqinroq boʻlishi uchun nimalar qilish mumkinligi haqida soʻradi.

Kichik soʻrovnomamizni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=t_hvIxiqVUQ

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 2024-yil oxirigacha 2 trln so‘mlik ishlarni bajarish, jumladan, 570 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash, 13 ming kilometr yo‘l, 195 ta ko‘prikni foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, 2 mingdan ortiq ko‘p qavatli uy barpo qilish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/must-do/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi. Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/inspeksiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zsanoatqurilishbank`ning “Daromadli” omonatini tanlab, daromadni 25 foizga oshirish mumkin.

Omonat shartlari:

— dastlabki to‘lov — 1 mln so‘m;
— muddati — 24 oy;
— omonatga kunlik hisoblangan va yig‘ilgan foizlar to‘liq bir oy saqlangandan keyin to‘lab beriladi.

Omonatni hoziroq ochish imkoniyati mavjud. Batafsil ma’lumotni bank sayti yoki 1180 telefon raqami orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Birinchi o‘rinbosar Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/botir-zokirov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash va 10 nafar hokimni ishdan olish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/hokimlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi. budjet daromadlari 113 trln so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi. 1,6 mln aholi rasmiy band bo‘ldi, deyiladi prezident raisligidagi yig‘ilishda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/17/gdp/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyevga turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir takliflar taqdimot qilindi. Xorijiy turistlarni jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga TTJdan 50 mln dollar kredit liniyasi ochiladi. U yillik 17 foiz stavkada, 2 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilga ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/tourism/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/military-mercenary/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Baxti Tashkentskiy”: “Biz terrorist va korrupsioner boʻlmaganmiz”

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning oʻgʻillari, akasi — jami 37 kishiga nisbatan ochiq sud ishi davom etmoqda.

Sudning 15-iyul kungi taraflar muzokarasida advokatlar va sudlanuvchilarga soʻz berildi.

Baxtiyor Qudratullayev soʻnggi soʻzida suddan sudlanuvchilarga yengillik berishini soʻradi.

“Biz terrorist, korrupsioner boʻlmaganmiz, odamxoʻr emasmiz. Davlatga qarshi yurgan joyimiz yoʻq. Iloji boʻlsa, shu yerda oʻtirgan bolalarga yengillik qilib bersangiz”, - dedi u.

“Baxti Tashkentskiy”ning nutqidan keyin boshqa sudlanuvchilar ham tinglandi. Ularning aksariyati aybiga qisman iqrorligini bildirib, suddan yengillik soʻradi. Baʼzi sudlanuvchilar esa oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.

“Gazeta.uz”ning sud majlisidan tayyorlagan reportajini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/A9QO3fKsT58?si=ZJbf5sBe4lOVsz7o

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida uzoq vaqt davomida pul evaziga Chirchiq daryosi o‘zaniga chiqindi tashlab yurgan shaxs u yerda chiqindi to‘g‘oni hosil qilgani aniqlandi. U 3 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va 3 mlrd so‘m zararni qoplashi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/river/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank Qulay Pul to‘lov tizimi operatori va o‘z to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan UzPost shu’ba korxonasining litsenziyalarini chaqirib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/16/qulay-pul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал