gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga qaraganda 30 foizga o‘sdi. Bank kartalaridagi pullarning 23 foizi naqdlashtirib olindi (2023-yilning mos davrida 24 foiz edi). Naqd pullar ulushi 3,7 foiz bandga pasayib, 21,1 foizni tashkil qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/cash/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sho‘rchi tumanida targ‘il sirtlonni o‘ldirgan fuqaroning shaxsi aniqlandi. Holat tufayli tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetgan. Ekologlar bu tur Xalqaro va Qizil kitobga kiritilgani, O‘zbekiston bo‘yicha faqat shu viloyatda borligi, uning o‘ta noyob ekanini aytmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/sirtlon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda hafta boshida havo biroz bulutli bo‘ladi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Chorshanbadan to ish haftasi oxirigacha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat +34…+37, janub va cho‘l hududlarda +38…+40 darajagacha bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korzinka supermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Raqobat qo‘mitasi kompaniyaning “eng arzon narx” deb e’lon qilgan mahsulotlarining narxi boshqa supermarket va bozorlardagi narxlardan farq qilmasligini aniqladi. Qo‘mitaga ko‘ra, buni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/korzinka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionatida Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, to‘rtinchi bor turnir g‘olibiga aylandi. “Taktika” jamoasi Berlindagi final haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/final/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakshanba kuni yarim tundan boshlab Toshkent shahridagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinayotgan Buyuk ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining ayrim qismlari transport harakati uchun yopiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/closure/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sel kelishi sababli Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklaridan biri qulab tushdi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q, rasmiylardan iborat ishchi guruh voqea joyida ish olib bormoqda. Qo‘shni Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ham kuchli yog‘ingarchiliklardan so‘ng sel hodisalari kuzatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/bridge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi va uchrashuvlar sharhini “Gazeta.uz”ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yilida xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/transfer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentlikka nomzod Donald Tramp Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan miting vaqtida noma’lum shaxs otgan o‘qdan yaralandi. U yuzida qon bilan Maxfiy xizmat xodimlari yordamida sahnani tark etdi. Tramp “yaxshi” va “xavfsiz” holatda, dedi uning matbuot xizmati. Uni otgan shaxs va yana bir kishi halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/trump/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari 15-iyulda boshlanadi. U yerda yoritish tizimlari, o‘rindiqlar, axlat qutilari o‘rnatilib, ko‘chatlar ekiladi va boshqalar amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/13/gastronomic-street/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiya hukumati Olimpiada o‘yinlari oldidan 5 mingga yaqin boshpanasiz migrantni Parijdan ko‘chirdi, deb yozdi The New York Times. Ular avtobuslarda boshqa shaharlarga olib ketilib, maxsus boshpanalarga joylashtirilmoqda, shundan so‘ng ba’zilari deportatsiya qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/13/paris-busing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi avtosalon mansabdorlariga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berishini aytib, 6 mlrd 169 mln so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/13/alliance-motors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⚖️ Qonunchilik palatasi vitse-spikerlaridan biri o‘lim jazosini yoqladi, boshqa biri — qarshi.

🌳 O‘zbekistonning ekologik barqaror shaharlari reytingi tuzildi.

💰 Kambag‘allikni qisqartirish Ijtimoiy himoya agentligi zimmasida bo‘ladi.

🏭 Andijon biokimyo zavodi 101,3 mlrd so‘mga xususiylashtiriladi.

💼 Farg‘ona viloyatida rahbarlar har kuni 5 nafar tadbirkorni qabul qiladi.

⚡️ Raqobat qo‘mitasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan, 12 ta viloyat, Toshkent shahri hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi. Hisob palatasida yo‘lga qo‘yiladigan yangi shu’ba ularni nazorat qilib boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/internal-audit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 16-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 27,65 soʻmga arzonlab, 12 607,62 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl biroz tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra beriladi. 1-yanvardan boshlab esa “UZINFOCOM” avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi majburiy hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/agtksh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyatida Damas haydovchisi haydovchilik guvohnomasisiz 14 nafar (avtomobil 7 kishiga mo‘ljallangan) yo‘lovchini tashidi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/damas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Norin tumanida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan korxona tizimga 2,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, korxonaning norasmiy rahbari protsessual tartibda ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/15/elektr/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanalidan 5−6 yoshli qizning jasadi topildi. U Qirg‘izistonning O‘sh shahridan selda oqib kelgan bo‘lishi mumkin. Viloyat hokimligiga ko‘ra, fotosurat orqali qizning oilasi buni tasdiqlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jondor tumanida ayol xorijdagi eri ularning holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, 3−4 yoshli qizlarini kaltakladi. Buxoro IIBga ko‘ra, holat bo‘yicha tergov boshlandi va sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zsuvta’minot” vakili O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ham ijtimoiy norma yo‘lga qo‘yilishi haqida gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ham suv zaxirasi, ham suvni tejash nuqtai nazaridan yaqin kelajakda bunday reja yo‘q. “Hozircha qandaydir limit qo‘yishga hech qanday ehtiyoj mavjud emas”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/ichimlik-suvi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida suiqasd uyushtirilganini chuqur xavotir bilan qabul qildi va keskin qoraladi. Prezident unga tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/mirziyoyev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangiyo‘l tumanida o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Gentra`ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi. YTH oqibatida bir yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/14/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xiva-Andijon yo‘nalishidagi poyezdda harakatlangan san’atkorlar konditsioner tizimi ishlamaganini bildirdi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga anomal issiq keltirib chiqargan nosozlik sabab bo‘lganini aytmoqda, iqlimshunos esa yil boshidan beri anomal issiq bo‘lmaganini yozdi. Raqobat qo‘mitasi vaziyatni nazoratga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/13/train/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2024-yilgi bitiruvchilari diplomlarini tantanali ravishda qo‘lga kiritdi. Marosimda Namangan va Samarqanddagi filiallardan ham talabalar ishtirok etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/13/kimyo-university/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bitta kadastr ostida yashayotgan to‘rttagacha oilalar ham bor, bir xonadondagi ko‘p oilalar bir oyda kamida 800 kVt/soat elektr ishlatadi, — dedi HET rasmiysi. Shu sababli ularning har biriga alohida hisobraqam ochish reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/13/electricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu orqali tumanda manfaat ko‘payishi, tadbirkorlar soyadan chiqishi kutilmoqda. Hozirda ko‘plab viloyat hokimliklari JSHODSning katta qismini o‘zlarida saqlab qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/13/tax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Qozog‘iston parvozlar masofasini 40 km ga qisqartiradigan yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi. Yo‘nalish yiliga 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejab, atmosfera chiqindilarini 250 tonnagacha kamaytiradi, dedi Transport vazirligi. Undan kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya samolyotlari uchib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/air-navigation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koventri universiteti O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024 yilgi ro‘yxatidan joy oldi.

“Agrobank” O‘zbekiston hududida UDEA va Koventri hamkorligidagi oliygohda sifatli hamda bank tomonidan ajratiladigan to‘rt yillik grantlar asosida taʼlim olishni taklif qilmoqda.

Shoshilgan maʼqul, hujjatlar 15 avgustga qadar udea.uz sayti yoki universitet Telegram boti orqali qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumotni (+998) 78-888-08-00 telefoni orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…
Подписаться на канал