gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun’iy oshirilganini aniqladi. Ular mahsulotlarni birjaga joylashtirish qoidalarini buzib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgan. Klasterlarga nisbatan ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/artificial-price/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil yakuniga qadar elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish yo‘lga qo‘yiladi. HET mas’uliga ko‘ra, fuqarolar yashashi uchun alohida, elektromobili uchun alohida tok ishlatishni xohlaydi. “Hozirda hisob ochishda Toshkent va Samarqand shaharlarida muammoga uchrayapmiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/elektromobil/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqlim o‘zgarishi milliy markazi O‘zbekistondagi 14 ta hududning ekologik barqarorligi reytingini tuzdi. Bunda 7 ta jihat: havo sifati, yerdan foydalanish, suv iste’moli, transport, energiya, chiqindilar va sanitariya mezon sifatida olindi. Namangan shahri yetakchi bo‘ldi, Nurafshon esa ro‘yxatni yakunladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/green-cities/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Korxona “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi uchun elektr energiya tariflarini oshirib qo‘llagan. Buning oqibatida 115 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/buxoro-het/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi. Shuningdek, 2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/audit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 15-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 19,75 soʻmga arzonlab, 12 635,27 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chirchiq shahrida Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali tashkil etiladi. Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/filial/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya masalasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasiga yuklanadi, dedi prezident. Hozir kambag‘allik masalalari bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shug‘ullanadi, oldin bunga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi javob bergan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/poverty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyada qarovsiz yoki ota-onasi nazoratisiz qolib ketgan, Voyaga yetmaganlar markazlarida yashayotgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Endi ular ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/children/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon biokimyo zavodi ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd so‘mga Jasminye Gold Group’ga sotildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/andijon-biokimyo-zavodi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning oltita viloyatidagi tog‘li joylarda 13−16-iyul kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 4 barobardan ko‘proqqa kengaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/auto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏗 Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi.

🔌 Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi.

💸 Pensiya tizimini qanday takomillashtirish kerak? Strategik islohotlar agentligi tahlili.

📄 Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga cheklardagi summalarni tahrirlashga ruxsat berdi.

⚖️ Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

📚 “Kitobga munosabat mamlakatdagi kutubxonalar va ularning a’zolari soniga qarab belgilanishi kerak” — Xurshid Davron.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi 1-avgustdan joriy etiladi. Hozirda u Yakkasaroy tumanida sinov tarzida ishga tushirilgan. Unda abonent pasport ma’lumotlaridan tashqari, kadastr va hisobraqamlar haqidagi axborotlar ham aks etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/billing-system/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/ferghana-tourist-ring/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yettita kinopremyera, qo’l mehnati buyumlari yarmarkasi, Tashkent City bog’idagi “Live Jazz Night” konserti, ko’rgazmalar, bolalar va kattalar uchun mahorat darslari, “Soy bo‘yi” sayilgohida bepul shou dastur va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iyul oyida Singapurda bo‘lib o‘tgan Asian Banking & Finance xalqaro jurnalining 2024 yilda Osiyo mamlakatlari bank-moliya sektoridagi tashkilotlarni mukofotlash marosimida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kichik va o‘rta hamda chakana biznes yo‘nalishlarida «O‘zbekistondagi eng yaxshi bank» deb eʼtirof etildi.

Bank tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida 2023 yilda chakana biznes kredit portfeli 161,5 % ga o‘sdi, faol mijozlar soni esa 1,01 milliondan oshdi.

ATB tomonidan Supply Chain mahsuloti faol tatbiq etilib, mijozlarga oldindan maʼqullangan limit doirasida ortiqcha hujjatlarsiz taʼminotsiz kreditlar ajratilishi belgilangan.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yil boshidan buyon 23 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1960 ta holat aniqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/fields/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil boshidan buyon O‘zbekiston uy-joy bozorida savdolar soni 5,7 foizga kamaydi. Narxlarning o‘sish sur’ati sekinlasha boshladi va o‘tgan oyda atigi 0,3 foizga oshdi, Toshkentda esa har kvadrat metr uchun 1142 dollargacha — 1,1 foizga pasaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/real-estate-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11-iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parijdagi Olimpiada o‘yinlaridan oldin soʻnggi o‘quv-mashgʻulot yig‘inini o‘tkazish uchun Fransiyaga uchib ketdi.

“Gazeta.uz” tahririyati terma jamoaning Olimpiadaga chiqish yo‘li haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmni suratga olish ishlari uchun olimpiyachilarimiz bilan birgalikda Fransiyaga yetib keldi.

Hujjatli film namoyishi kuzga rejalashtirilgan.

“Gazeta.uz” barcha o‘zbekistonliklarni Olimpiada davomida sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh assambleyasi Ukraina atom inshootlari xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Unda Rossiyadan Zaporoje AESdan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqib ketish va uni to‘liq Ukraina hukumati nazoratiga qaytarish talab etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/un-resolution/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iyun oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda 77,6 mingta yengil avtomobil oldi-sotdisi ro‘yxatga olindi, bu 2021-yil dekabridan beri eng past ko‘rsatkichdir. Eng yuqori pasayish minilgan avtomobillarga to‘g‘ri keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/auto-market/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyatida rahbarlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi, dedi prezident Quvadagi yig‘ilishda. Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, 19 ta tuman va shahar hokimlari har kuni 5 nafar tadbirkor va investorni qabul qilib, ularning muammolarini hal etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/hokims/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat +30…+35 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasining ikki vitse-spikeri o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha turli fikrlarni bildirdi. Alisher Qodirov Toshkentda bolaning o‘ldirilishiga oid xabardan so‘ng bunday qotillar “yashamasligi kerak”, dedi. Odiljon Tojiyev esa o‘lim jazosi jinoyatni kamaytirmasligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/12/deputies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi aprel oyi oxirida Andijon viloyatida ishga tushirilgan Shangfeng — Bridge of Friendship O‘zbekiston-Xitoy sement zavodiga nisbatan ish ochdi. Boshqa sement ishlab chiqaruvchilari zavod mahsulotni tannarxidan arzon sotayotganidan shikoyat qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/cement/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Oy materiali”: Portlash va toshqinlardan reportajlar qanday tayyorlanadi?

“Gazeta.uz” “Oy materiali” podkastini davom ettiradi. Muxbirlarimiz Shohruh Haydarov va Mushtariy Oqboyeva 2023-yil sentabr oyida Sergelida yuz bergan portlash va 2024-yil iyul oyida Yunusobodda sodir boʻlgan toshqin holati yoritilishi misolida favqulodda hodisalardan reportajlar qanday tayyorlanishi haqida oʻz tajribalari bilan boʻlishdi.

Podkast davomida:

🔹nega favqulodda vaziyat yuz bergan joydan reportaj tayyorlash kerakligi;
🔹jurnalistning jarayonni yoritishga borishdan oldingi tayyorgarligi;
🔹guvoh va jabrlanuvchilarni intervyuga koʻndirish;
🔹ish davomida bosim yoki taqiqlar boʻlganda, oʻzini qanday tutish kerakligi va boshqalar haqida soʻz boradi.

Shunday umid ham borki, bu podkast boʻlajak jurnalistlar uchun yaxshi bir qoʻllanma boʻlar.

Video: https://youtu.be/ArR4Gtww9IQ

Podkastning oldingi sonlarini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ziyoda Ramazonova, Ma’murjon Obrahmatov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Marg‘ilonda 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu yerda 5 ming xonadonli uylar, institutlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, park va boshqa obyektlar bo‘ladi. Prezidentning Marg‘ilon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/margilan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/dean/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Kitobga munosabat mamlakatdagi kutubxonalar va ularning aʼzolari soniga qarab belgilanishi kerak” — Xurshid Davron

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida “Kutubxona” nomli loyiha boshladi. Unda oʻz xonadonida kutubxona tashkil qilgan mutolaa ishqibozlari bilan kitobxonlik va kutubxonachilik haqida suhbatlar uyushtiriladi. Loyihaning ilk mehmoni — Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.

Matnni oʻqish: https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/kutubxona-xurshid-davron/

Videoni koʻrish: https://youtu.be/HWB0Wv1YHCw

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал