gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Top klublarda o‘ynamaydigan futbolchilar bilan ham zo‘r jamoa tuzsa bo‘ladi! Sautgeyt ayyormi yoki omadi chopgan murabbiy? “Taktika” jamoasi Yevro-2024 yarim finallarining ortda qolgan o‘yinlari haqida so‘z yuritadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 30-iyungacha berilgan cheklar summasiga tuzatishlar kiritishga ruxsat berildi. Soliq organlari cheklar bo‘yicha so‘rovlarni 25-iyulgacha qabul qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/checks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarning qurilishi va ishga tushirilishini boshlab berdi. Ular orasida “Qo‘qon” EIZdagi 370 mln dollarlik korxonalar va Farg‘ona tumanining chekka hududlaridagi kichik gidroelektr stansiyalari ham bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/projects/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda endi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/kindergarden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/girl/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aprel oyida qayta ishga tushgan Qo‘qon aeroportiga ilk bor yirik havo kemasi qo‘ndi: Shavkat Mirziyoyev bu aeroportga bordi. U narx va xizmatlarni qulaylashtirish, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/kokand-airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi. Xususan, ERI kalitini berishda Face-ID qilinadi va kalit avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi. Shuningdek, bolalarni bog‘chaga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maxsus axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/davlat-xizmatlari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda pensiya ta’minoti qamrovi yuqori norasmiy bandlik tufayli atigi 38 foizni tashkil etadi. Boshqa davlatlarga nisbatan pensiya badallari yuqori darajada (12−25 foiz), to‘lovlar esa o‘rtacha darajada. Strategik islohotlar agentligi mamlakatning pensiya tizimini takomillashtirish yo‘lini o‘rgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/pensions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Daniya va Niderlandiya AQSh ko‘magida Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini jo‘natish jarayonini boshladi. Kiyev shu yilning yozida ulardan foydalanishni boshlashi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/ukraine-jets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚗 BYD O‘zbekistonda elektromobillarning budjet modellarini ishlab chiqarishni rejalashtirilmoqda.

🕌 “Qurilish maydoni 90 foiz tayyor holatga keltirilgan“. Hokimlik — “Boqiy Buxoro” shahar chetiga ko‘chirilishi haqida.

⚡️ HET — biznes uchun elektr energiyasi bo‘yicha ikki baravar tariflarni qo‘llash haqida.

📖 Xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan — O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri.

✍️ Senat elektr energiyasi bozoriga xususiy sarmoyani jalb qilish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

🎓 OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi.

♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun qanday choralar ko‘zda tutilmoqda?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boqiy Buxoro” parki shahar chekkasida qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Hokimlikka ko‘ra, bu xabarlar “yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Hozirda loyiha amalga oshiriladigan hududdagi binolar to‘liq demontaj qilinmoqda, qurilish maydoni 90 foiz tayyor holga keltirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/boqiy-buxoro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/social-security/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning Henan kompaniyasi O‘zbekistondagi ko‘mir konini o‘zlashtirish uchun 400 mln dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Turkiyaning Bab Energy ve Petrol Urunleri A.S kompaniyasi esa Toshkent viloyatida boyitilgan kaolin ishlab chiqarish niyatida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/coal-kaolin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekiston aeroportlarida birinchi yarim yillikda 53,3 mingta reys amalga oshirildi, bu oʻtgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 37 foizga koʻpdir. Oʻtgan davrda jami 6,3 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatildi va ularning oqimi 36 foizga oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/uzbekistan-airports/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident budjet mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlarni qamrab olish imkonini beruvchi konsolidatsiyalashgan budjet auditini o‘tkazishni taklif etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/chamber-of-accounts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev)ga 20 yil, uning o‘g‘illariga nisbatan esa 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. Avvalroq ayblanuvchi nomi oshkor etilmagan davlat tashkiloti undan “ko‘cha”ni nazorat qilishni so‘raganini aytgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/baxti-tashkentskiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina hukumati Donald Trampning Oq uyga qaytishidan xavotirlanib, Rossiyani ikkinchi tinchlik sammitiga taklif qilmoqchi va uni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan o‘tkazmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/ukraine-summit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 12-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 22,14 soʻmga qimmatlab, 12 655,02 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl esa biroz tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2019-yildan buyon poytaxtning Uchtepa tumani hokimligini boshqarib kelgan Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” boshqaruv raisi bo‘ldi. Tumanni birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha boshqarib turadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/farhod-abdullayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gulistonda elektr korxonasi muhandisi qarzdorlikni hisobdan chiqarish evaziga pora olishda gumonlanib ushlandi. Qibrayda xususiy korxona rahbari tenderda yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgani, Navoiy viloyatida kiberxavfsizlik bo‘linmasi xodimi fuqarodan 600 dollar olgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Termiz aeroportida ikkinchi yurish yoʻlagi va asosiy yoʻlak uchastkasi hamda perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini oʻrnatish ishlari yakunlandi. 2019-yilda rekonstruksiyadan chiqqan terminal, 2022-yilda esa betondan qilingan uchish-qoʻnish yoʻlagi ochilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/termez-airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/fergana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumanida erkak u bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqladi. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etdi, gumonlanuvchi ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/11/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Daniya poytaxti Kopengagen velosiped haydagan yoki chiqindi yiqqan sayyohlarni bepul tushlik yoki tadbir chiptalari bilan taqdirlashga qaror qildi. Rasmiylar shu tarzda sayyohlarning ekologiyaga zararini qoplashni istamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/copenhagen/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tekshiruvda 10 ta tuman hokimligi va 9 ta tashkilotning 124 ta hujjatida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan hokimliklarga tegishli taqdimnoma va ko‘rsatmalar yuborilib, imzolangan qarorlar bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/jizzakh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabzda 14 yoshli qizni 7 oy qullikda saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Ayol JKning ikki moddasi bo‘yicha 7,5 yilga, ikki erkak uch modda bilan 9 yilga qamaldi. Bu kabi jinoyatlar uchun jazo yumshatilmaydi, deb yozdi bolalar ombudsmani.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/kitob/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 28-iyulga qadar o‘tkaziladi. Mandat 21−22-avgustda e’lon qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/imtihon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston BYD bilan V, S va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ularning namunalari xitoylik hamkorlar sinovidan o‘tkazish uchun laboratoriyaga topshirildi. Avvalroq zavod 3 ta yangi model: E2, Seagull va Yuan`ni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/byd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 11-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 2,85 soʻmga qimmatlab, 12 632,88 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa biroz koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda biznes va boshqa yuridik shaxslar ilgari elektr energiyasi uchun 1 kVt/soat 900 so‘m bo‘lgan tarifda belgilangan limitdan 10 foizga oshib ketsa, 960 so‘mdan to‘lardi. Endi ortiqcha hajmga 2 baravargacha bo‘lgan tarif (1800 so‘m) qo‘llanadi. HET yangi qoidalarni tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/energy-limits/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал