gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-oktabrdan davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Shuningdek, 1-dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/davlat-xaridlari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark qarama-qarshi yo‘ldagi 2 ta mashinaga borib urilgandi. YHXB hodisa oqibatida bir yo‘lovchi vafot etgani va 2 kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/car-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Turkiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashuvlari davomida Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, vatanga qaytarildi. Yana 3 nafari ozodlikka chiqarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/turkiye/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston elektr energiyasi bozoriga xususiy sarmoyani jalb qilish ko‘zda tutilgan qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Qonunda samarali, shaffof va raqobatbardosh elektr energiyasi bozorining rivojlanishini qo‘llab quvvatlash ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/elektr/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Transport vazirligi ushbu shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi 8,5 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U tadbirkorga sexni gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berishini va elektron hisoblagich o‘rnatib berishini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/bribery/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda.

🌐 “O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida qotib qolmasligi lozim” — Jahon banki vakolatxonasi rahbari.

⚡️ 200 kVt soatgacha bo‘lgan me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas — Energetika vazirligi.

🇦🇫 O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi.

✍️ Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

📹 O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyunida: Telba Maks, Toshkent superqahramoni va yana Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15-iyuldan 15-avgustgacha Janubiy vokzaldan jo‘naydi. Olmaota, Novosibirsk, Samara va Xo‘jakentga reyslar — istisno.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyun oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/youtube-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oson kechmagan chorak final bahslaridan so‘ng Yevropa chempionatida eng kuchli to‘rtta jamoa saralanib olindi. Ular yarim final uchrashuvlarida qanday ishtirok etadi? Siz bilan “Taktika” jamoasi taxminlarini bo‘lishamiz.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/xmt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urgut tumanida 3 ta ayiq chorvaga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi. Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Holat nazoratga olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/ayiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi va uchrashuvlar sharhini “Gazeta.uz”ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘kdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/inspektor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/uzb-afg--translation-2024-07-09-14-16-26/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UZTELECOM yoz mavsumini unutilmas qilish uchun “qaynoq” aksiyalarni — Barakalla 3.0 aksiyasi bilan “oltin” raqamlarga 90% gacha chegirmalar va ikki baravar ko‘paytirilgan internet-trafik taklif qilmoqda (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/uztelecom/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini (so‘nggi bor 2023-yil oktabrda berilgan) aytib, buni ta’lim sifati va ishsizlik bilan bog‘ladi. Vazirlik bunday litsenziya berishni takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/private-universities/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark beton to‘siq ustidan uchib o‘tib, qarama-qarshi yo‘ldagi Honda va Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 3 kishi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘rt kishidan iborat guruh bank xodimidan dasturiy ta’minot va hisob raqamlariga kirish uchun kodlar sotib olib, 370 mlrd so‘m (29,3 mln dollardan ortiq) o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Ular xorijdagi hisobraqamlarga o‘tkazish uchun 189 mlrd so‘mni konvertatsiya qilmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Buxoro shahriga 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani uchun ishdan ketgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/jamol-nosirov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Unga 22 nafar futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va boshqalar kirdi. Jamoa birinchi o‘yinini 24-iyulda Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/10/olympic-team/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari hamda maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/edu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobodda suv quvuri yorilishi oqibatida 80−85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu poytaxtga bir kunda uzatiladigan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi. “Yo‘qotilgan suv zarari iste’molchilar tomonidan qoplanmaydi”, — dedi “O‘zsuvta'minot” vakili.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/suv-bosish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda 6 yoshli bola suv bilan to‘ldirilgan kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, issiq suv quvurini ta’mirlayotgan ishchilar kovlagan chuqur ochiq va to‘siqsiz qoldirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/boy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasi binosining to‘siniga darz ketdi. Bemorlarning bir qismi boshqa tarafga ko‘chirildi. Beton konstruksiyalar tushirib tashlandi, bosh shifokor “muassasa o‘z funksiyasini to‘liq bajarayotganini” bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/building/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi. Mamlakatda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi nomzodga ko‘rsatilgan qadamlardan chekinish deb baholandi. Yevrokengash, shuningdek, Tbilisini “kuzgi parlament saylovlari erkin va adolatli o‘tishini ta’minlashga” chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 10-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,77 soʻmga qimmatlab, 12 630,03 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/fines/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vazirligi yaqin istiqbolda elektr energiyasi uchun oylik 200 kVt soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas deya ta’kidladi. Vazirlik ma’lum qilishicha, iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/200-kvt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatidagi missiyasini yakunlagan Marko Mantovanelli “Gazeta.uz” bilan suhbatda mamlakat uchun ustuvor islohotlar, xususiy monopoliyalardan qutulib qolish haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U bozor iqtisodiyotiga o‘tishni oxiriga yetkazishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/marco-mantovanelli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал