gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/hokimlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go Toshkentda elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatini ishga tushirdi. Odamlar gavjum joylarda skuterlar tezlikni avtomatik ravishda pasaytiradi. Ularni 18 yoshdan boshlab ijaraga olish mumkin. Sayohat paytida foydalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/yandex-go-samokat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalari iste’molni ijtimoiy norma doirasida noto‘g‘ri hisoblayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. HET nima uchun bunday bo‘layotganini tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/energy-limits/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24-avgust kuni Buxoroda Bukhara Night Race xalqaro tungi poygasi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili unda dunyoning 20 davlatidan 1600 dan ortiq sportchi qatnashgandi. Bu yil ikki barobar ko‘proq ishtirokchi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/bukhara-night-race/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9-iyuldan abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi. Uni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport ma’lumotlarini kiritgan holda olish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/abituriyent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyul kuni chaqiriladi. Senatorlar Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, Turkmaniston va Turkiya bilan tuzilgan bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ekologiya sohasiga oid parlament so‘rovi natijalari tinglanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/senat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy parlamenti rahbari Chjao Letszi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XXR O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligi kabi masalalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/meeting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Open Budget tarkibidagi “Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumida 215 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi. Ularni moliyalashtirishga 48,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/my-garden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda olti oyda 550 mlrd 290 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4537 ta iste’molchi qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/resources/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov ishchi guruh bilan birga Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasiga bordi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Hokim do‘konlardan biriga kirib, sifati buzilgan mahsulotlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayotganidan noroziligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/hokim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

So‘l partiyalarning “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi Fransiyadagi parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, 182 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi turda g‘alaba qozongan o‘ta o‘nglar uchinchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/france-elections/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda seshanbadan havo harorati ko‘tarilib, ish haftasi oxirigacha +35…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 12-iyulgacha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahridagi qurilish maydonida 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli daraxtlar ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilindi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/daraxt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Uzbekistan kuzda mamlakatdagi biznesini rivojlantirish va xizmatlarni kengaytirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni reja qilmoqda. Kompaniya o‘zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ham ishga tushiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/yandex/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi yetakchi distribyutorlik kompaniyalaridan biri Balton Trading Asia vakillari 3PL xizmatlari va ularning afzalliklari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, 18 ming kvadrat metr maydonda “A+” toifadagi respublikada yagona “yashil” omborni taqdim etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/balton-trading-asia

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bo‘stonliq tumanida “Qulosoy” sharsharasi yaqiniga sayohatga chiqqan uch fuqarodan biri oyog‘idan jarohatlandi. Ular FVB tomonidan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda unga uyiga ruxsat berilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/fvb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 293,7 million dollarga kamayib, 36,34 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning jismoniy hajmi 9,3 tonnaga oshdi, ammo valyuta zaxiralari deyarli 800 million dollarga kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/reserves/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga Nexia 2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. FVB xodimlari mashinani chiqarib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/09/kanal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati Quva tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti qarshisidan kelayotgan VAZ-2101 bilan to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/fargona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗣 “SES, soliq qani?” Toshkent hokimi — do‘kondagi sifati buzilgan mevalar haqida.

✍️ O‘g‘itlar narxi asossiz oshirilgani yuzasidan Maxam-Chirchiq korxonasiga ish ochildi.

📍 Yandex Uzbekistan Toshkentda o‘z ofisini ochadi.

📑 Olti oyda 550 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi.

🌳 “Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi.

🚧 Navoiyda 8 yoshli qiz vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 nafar haydovchi qamoqqa olindi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon shahrida Cobalt haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/yth-andijon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikistonda soat 18:04 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/earthquake/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Ukraina shaharlariga uyushtirilgan keng ko‘lamli raketa hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Kiyevda mamlakatdagi eng yirik bolalar shifoxonasiga jiddiy zarar yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 9-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,54 soʻmga qimmatlab, 12 618,26 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xatirchida 8 yoshli qizning vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 haydovchi qamoqqa olindi. Ikkisi ham yo‘lda bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ulardan biri olti oyda 12 marotaba tezlikni oshirib haydagan. Piyodalar o‘tish joyiga esa pul ajratilmagani sababli tugmali svetofor qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat avtomobillar uchun ekostikerlar joriy qilish vaqtini o‘zgartirdi. Ularni chiqarish 1-iyundan boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq 2025-yilning 1-martiga qoldirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/eco-stickers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi Maxam-Chirchiq mahsulotlari narxini belgilashda me’yoriy hujjatlarga rioya etilmagani uchun mineral o‘g‘itlar narxi 10−15 foizga oshganini ma’lum qildi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/maxam-chirchiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Angren shahrida 157 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi 3,4 mln so‘m jarimaga tortildi. U “bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini” aytdi. U Instagram`da bolalar yo‘lda nobud bo‘layotgani haqidagi izohlarga javoban ularning taqdiri tug‘ilgunga qadar belgilab bo‘linganini ta’kidlagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/angren/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-sentabrdan boshlab haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/08/fines/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi (“Gvardeyskaya”) rekonstruksiya qilish uchun yopiladi. Haydovchilar shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/07/reo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал