gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aeroportida soat 19:44 atrofida noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir qancha reyslar Samarqand, Namangan va Navoiy aerodromlariga yo‘naltirildi. Ayni paytda aeroportda ob-havo sharoiti barqarorlashdi va cheklovlar olindi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/07/thunder/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy shahrida 16 yoshga to‘lmagan qizni 18−23 yosh atrofidagi bir qancha yigit zo‘rlagan, deya yozmoqda Kun.uz. Ularning 5 nafari 3,5 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Tergov jarayonida qiz bilan IIB tergovchisi ham jinsiy aloqa qilganlikda gumonlanmoqda. U qamoqqa olinib, tergov olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/07/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Unda Shavkat Mirziyoyev savdo va transport yo‘llarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi hamda muqobil energetika bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Falastin va Afg‘oniston muammolariga yana bir bor e’tibor qaratdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/shusha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi va uchrashuvlar sharhini “Gazeta.uz”ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Erondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mas’ud Pezeshkiyonni tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/tabrik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eron o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Mas’ud Pezeshkian g‘alaba qozondi. Etnik ozarbayjon bo‘lgan Pezeshkianga 16,4 mln eronlik — saylovda qatnashganlarning 54,8 foizi ovoz berdi. Uning raqibi Said Jaliliy esa 13,5 mln ovoz to‘pladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/eron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📃 O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlanadi.

💼 Deputat va senatorlar uchun yangi talab va jazolar joriy etilmoqda.

💰 Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘paytiriladi.

🚧 Samarqandda ShHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘lda bolani mashina urib yubordi. U omon qolmadi.

⚡️ Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi.

💸 “Moddiy manfaat olish maqsadi bo‘lmagan”. Madaniyat vazirligi — Ozodbek Nazarbekovning reklama roligidagi ishtiroki haqida.

🚨 “Tutqanog‘i tutib qolgan”. Farg‘ona IIB — idora xonasida hushini yo‘qotgan yigit haqida.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mikromobillik assotsiatsiyasi fuqarolar elektr samokat haydovchilarining qoidabuzarligi to‘g‘risida shikoyat yuborishi mumkin bo‘lgan Telegram bot yaratdi. Bot qanday ishlashini tushuntiramiz.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/scooters/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/financing-parties/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uch tilda “Yaxshi bo‘lish osonmi 4” va yana sakkizta kinopremyera, “Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” ko‘rgazmasi, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari va maʼrifiy dasturlar, akvaparklardagi musiqiy bayramlar hamda dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda Nexia 2022-yilgi ShHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘lni kesib o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi. “Peshexod”lar orasidagi masofa 1 km bo‘lgani uchun aholi doimiy ravishda bu yerdan yo‘lni kesib o‘tadi. Viloyat YHXB aholini bolalarga e’tiborli bo‘lishga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/road-accident-samarkand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 894 279 nafar abituriyentning 805 688 nafari testda qatnashadi. 88 591 kishining topshirgan hujjati turli sabablar bilan qabul qilinmagan. Imtihon olish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino tayyorlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/abituriyent-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 8-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 3,67 soʻmga qimmatlab, 12 603,72 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rishton tumanida elektroshoker qo‘llab IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi. Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/rishton/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Internetda iste’molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida noto‘g‘ri to‘lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/overestimation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tajribadan ustun kelgan yoshlik, Pepeni yig‘latgan oqshom, muxlislarni yana xavotirga qo‘ygan Sautgeyt, yarim finalga yetolmagan “Turkiya ertagi” — Yevropa chempionatining chorak final bahslari qanday o‘tdi?

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/07/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/07/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

S&P birinchi marta O‘zbekistondagi eng yirik korxona hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga kredit reytingini berdi. 2023-yilda NKMK dunyodagi to‘rtinchi yirik oltin qazib oluvchi (90,2 tonna) bo‘lgandi, biroq suv bilan bog‘liq, shuningdek, bitta konga qaramlik xavflari mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/nkmk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi «Terminal» kafesida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yoʻq.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/aeroport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet 7−9-iyul kunlari Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil HAMASdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi takliflar oldi va bir necha oy davomida berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/gaza-ceasefire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanepidqo‘m Afg‘onistonning gazlangan anor ichimligini tekshirishda zararli moddalarni aniqlamadi, ammo mahsulot xavfsizligini qayta tekshirishga qaror qildi. Avvalroq Qirg‘iziston bolalarda konsentratsiyani kamaytiradigan bo‘yoq mavjudligi sababli afg‘on ichimliklarini musodara qilishni boshlagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/pomegranate-drink/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Havo ifloslanishi inson salomatligi uchun eng jiddiy ekologik tahdidlardan biri. Muammo yiliga 4,2 mln kishining bevaqt o‘limi sababi bo‘lmoqda. Dunyo mamlakatlari bunga qarshi qanday kurashayotgani — Markaziy Osiyoda toza havo yaratish konferensiyasi sharhida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/air-quality/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/deputies-senators/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Tashabbusli budjet”da nima gap?

Endi “Tashabbusli budjet” jarayonidagi loyihalarga ovoz berish avvalgidek 20 kun emas, 10 kun davom etadi. 2-mavsumdan boshlab saralashdan oʻtgan loyihalarni 7 kun targʻib qilish kerak. Bu jarayonlar qanday kechadi?

“Gazeta.uz” Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassisidan shu kabi savollarga javob oldi.

https://youtu.be/E6ARJP4y-B0?si=yrwOZQsnfui2kiqv

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet 2024-yilning iyunini kuzatuv yillari uchun eng issiq iyunlar beshligiga kiritdi. Eng issiq ob-havo 27−28-iyunkunlari kuzatildi va harorat +43 darajagacha ko‘tarildi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyni ekstremal quruq oy deb tavsiflash ham mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/iyun/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/rishton-ibb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning kiyim brendi reklamasidagi ishtirokini izohlab, bundan “mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgani, vazirning moddiy manfaatdorlik olish maqsadi bo‘lmagani”ni bildirdi. “U mamlakatning barcha qonunlariga qat’iy rioya etadi”, — deydi vazirlik.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/ministry/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi va uchrashuvlar sharhini “Gazeta.uz”ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi qonunga Oʻzbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qoʻshimcha kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/05/foreign-parties/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал