gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya O‘zbekistonga qiymati 6 mln dollardan ortiq bo‘lgan yana to‘rtta tibbiy mobil konteyner yetkazib beradi. Ular kompyuter tomografiyasi, ultratovush, rentgen va boshqa uskunalar uchun skanerlar bilan jihozlangan va mamlakatning istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/03/japan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoroda oilalari kelishuvi asosida 16 yoshli bola va 17 yoshli qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani ularning ota-onalarini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/child-marriage/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch hokimligi yerini berish komissiyasi mansabdorlari, xususan, qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular 1,5 ga ekin maydonini savdo shoxobchasi qurish uchun ajratib bergan. Shuningdek, 15 ming kv. m. qishloq xo‘jaligi yerida turar joy qurishga ruxsat berib, 756 mln so‘m zarar yetkazgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/land/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda endi yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn tarzda olish mumkin (ilgari faqat almashtirish mumkin edi). Hujjatni eng yaqin Davlat xizmatlari markazidan olish yoki pochta orqali uyga buyurtma qilish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/drivers-license/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda gaz subsidiyasiga 9,5 trln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ ajratilgan, biroq uning 85 foizi birinchi chorakda o‘zlashtirib bo‘lindi, dedi hukumat a’zolarining so‘zlariga tayangan deputat Doniyor G‘aniyev. Ammo unda subsidiyalar hajmi va ijtimoiy sohada o‘zlashtirilmagan xarajatlarga oid savollar tug‘ilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/subsidy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligi hamda normal dam olishini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu uchun jarima fuqarolar uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdorlarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha etib belgilanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/night/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida bokschi Abdumalik Xalokov va qilichboz Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ladi. G‘oliblarga Tokiodagi kabi oltin medal uchun $200 ming, kumush uchun $100 ming, bronza sohibiga esa $50 ming beriladi. Sportchilar 7Saber brendi ostidagi formada qatnashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/paris/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Antuan de Sent-Ekzyuperi tavalludiga 29-iyun kuni 124 yil to‘ldi. Aslida uchuvchi bo‘lgan Ekzyuperini dunyo yozuvchi, aniqrog‘i, “Kichkina shahzoda"ning muallifi sifatida biladi. Bu asar dunyoning 300 dan ortiq tiliga, xususan, o‘zbekchaga ham o‘girilgan. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” qissadan parchalar ulashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/kichkina-shahzoda/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/shavkat-umurzoqov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganchda faoliyat olib boruvchi MChJ yer maydonini sug‘orish uchun suv nasoslarini elektr hisoblagichga yashirincha ulab, 2,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda shu kabi holatlarni fosh qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/electricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar kunduzi transportda konditsionerlar o‘chiqligidan shikoyat qilmoqda. “Gazeta.uz” sovitish tizimi qaysi soatlar oralig‘ida ishlashi, salondagi harorat qanday bo‘lishi va tartib qoidasi buzilganda yo‘lovchilar qayerga murojaat qilishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/public-transport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Oliy sudi sobiq prezidentlarning jinoiy javobgarlikka tortilishdan qisman daxlsizligi haqida qaror chiqardi. Sud bu qarorni Donald Trampning Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligi haqidagi ish bilan bog‘liq da’vosi bo‘yicha qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/donald-trump/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇳 Prezident bilan uchrashuv, “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, mahallaga tashrif — BMT bosh kotibining safari qanday o‘tmoqda?

📈 O‘zbekistonda iyunda 0,2 foizli mavsumiy deflyatsiya qayd etildi.

📝 “Foton” zavodining 85,58 foiz davlat ulushi 151 mlrd so‘mga xususiylashtirildi.

🇴🇲 O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunlik vizasiz rejim joriy qildi.

📂 Bosh prokuratura Ramina Yagafarovaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarorni o‘rganmoqda.

🇰🇿 Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputat Doniyor G‘aniyev elektr energiyasi tannarxini shakllantirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar yo‘qligini ta’kidladi. “Hozir biz narxlarni go‘yoki tannarxgacha olib kelyapmiz, lekin bunday shaffoflik yo‘q tizim bilan tannarxlar yana ikki barobar oshib ketmasligiga kim kafolat beradi?” — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiya parlamenti saylovlarining birinchi turida Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchilik qildi. Bu o‘ta o‘nglar uchun tarixiy rekord. Agar partiya ikkinchi turda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olsa, bosh vazirlik lavozimini Le Penning protejesi — 28 yoshli Jordan Bardella egallashi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/france/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇰🇿 Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi.

💼 Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.

💰 ”Hukumat gaz subsidiyalariga 9,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmasligini bildirdi” — deputat.

🚨 “Vahshiylarcha munosabat qilib, ukamni o‘ldirishdi” — IIB binosida vafot etgani aytilayotgan erkakning akasi.

🚌 Toshkentda avtobuslardagi konditsionerlar qaysi vaqtlarda ishlashi kerak?

🔊 O‘zbekistonda tungi vaqtda shovqin ko‘targanlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Mehnat vazirligi mamlakatda ilk bor ishchilarni anomal issiqdan himoya qilish bo‘yicha standartlarni taklif qildi. Agar u tasdiqlansa, ish beruvchilardan issiq harorat bilan kurashish rejalariga ega bo‘lish va ishchilarga soya hamda suvdan foydalanish imkoniyatini berish talab qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/us-heat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil harbiy rahbariyati snaryadlar taqchilligi sharoitida, hatto HAMAS hozircha hokimiyatda qolsa ham, G‘azoda sulh tuzish tarafdori, deb yozdi New York Times. Bu, harbiylarga ko‘ra, guruh qo‘lidagi garovga olinganlarni ozod qilishning eng yaxshi yo‘li bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/israel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Horseka Derby musobaqasi natijalari eʼlon qilindi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu turnirda yettita medalni qo‘lga kiritdi.

Alimjonov Xurshidbek o‘z hisobiga bitta oltin va ikkita bronza medalni qo‘shib qo‘ydi. Validjonov Boburjon bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sobirjonov Oqiljon ham O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘armasiga kumush va bronza medallarini olib keldi.

O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi sportchilarni turnirdagi ajoyib yakun bilan tabrikladi va bo‘lajak musobaqalarda omad va yangi g‘alabalar tiladi.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 3-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,11 soʻmga arzonlab, 12 571,90 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi va uchrashuvlar sharhini “Gazeta.uz”ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 3−4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi va SHHT davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tashrif doirasida xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv ham o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/sco-astana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Guliston shahri elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i 90 mln so‘m pora olishda gumonlanmoqda. U tadbirkorning elektr ta’minotidagi 200 mln so‘mdan ortiq qarzdorligini kamaytirib berishni va’da qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/guliston-etk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” Toshkent viloyati Bekobod shahri IIB binosida kaltaklanib vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkakning akasi bilan suhbatlashdi. U voqea qanday bo‘lgani, xodimlarning xatti-harakati hamda adolat istayotgani haqida gapirdi. Hozirda ish doirasida 1 nafar IIB xodimi qamoqqa olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/interview/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘rinbosarlarini pora olishda gumonlab qo‘lga oldi. Xususan, Taxiatosh hokimi o‘rinbosari fuqaroga hokimlik balansidagi buzilishga tushgan uyni fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/bribery/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Advokat Davron Ahmedov tergovchilar va himoyachilar imkoniyatlari teng emasligi, shu sababli advokatlar tergov hujjatlarini o‘rganish, dalillarni tayyorlashga ulgurmasligi, idoralar esa maxfiyligini aytib, so‘rovlarga e’tibor bermasligini ta’kidladi. Yig‘ilishlarni OAVda yoritish masalasi ham to‘liq hal etilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/02/advocacy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BYD O‘zbekistonga kirgach, narxlar tushib bormoqda, dedi BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov. Unga ko‘ra, Jizzaxdagi zavoddan chiqadigan mashinalar narxi chetdan olib kelinadiganlari narxidan arzon bo‘ladi. Zavod 3 ta yangi modelni ishlab chiqarmoqchi, mahalliylashtirishni 60 foizga yetkazmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/byd-uzbekistan-factory/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident energiya samaradorligini oshirishga doir yig‘ilishda enegriya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘payganini ta’kidladi. U buni noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, oqibatiga qarshi kurashilayotgani bilan izohladi. Energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullar javobgarligini oshirish zarur, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/energy-efficiency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parranda grippi tarqalishini kuzatayotgan olimlar H5N1 pandemiyasi “sekinlik bilan rivojlanmoqda” deb qo‘rqmoqda, deb yozdi Reuters. JSST avvalroq sutemizuvchilarda virus bilan kasallanish jiddiy muammo ekanini tan olgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/bird-flu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonga kelgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga prezident “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bosh kotib, shuningdek, Senat raisi bilan uchrashdi, Hazrati Imom majmuasi va poytaxt mahallalaridan biriga bordi, Toshkent viloyatida “yashil” energetika sohasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/01/guterres/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал