gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Reikartz mehmonxonalar tarmog‘i Qo‘qon markazidagi kamtarona mehmonxonani mehmondo‘stlikning “oltin” standartida qayta ishga tushirishga qaror qildi va loyihaga taxminan 100 ming AQSh dollari sarmoya kiritdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/reikartz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-oktabrdan Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlarining yillik reytingini tuzishni boshlaydi. Undagi natijalarga qarab, chekka hududlardagi eng yuqori ko‘rsatkichli 100 ta xususiy o‘quv markaziga ijara xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/learning-centre/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Angren shahrida aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish shoxobchasi barpo etildi. Shoxobchaning o‘zida do‘kon ham tashkil etilgan. U yerda fuqarolar chiqindilarni sotishdan tushgan pulga turli buyumlar xarid qilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/chiqindi-sotish/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/drug-laboratory/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/chorsu-fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/nazirjon-saidov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/chorsu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

27-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚗 Jizzax viloyatidagi BYD zavodi ilk avtomobillarini ishlab chiqardi.

⚡️ “Bugungi kunda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar yo‘q” — Energetika vazirligi.

☢️ O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi shartnomasining kuchga kirishi to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

🌳 “Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi.

🚌 “Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi.

⚽️ O‘zbekistonga JCh-2026 saralashining 3-bosqichida kimlar raqib bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati cheklandi. Jarima qarorlarining imtiyozli davri avtomatik tiklab beriladi, deb yozdi vazirlik.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/iiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

NATO hozircha Ukrainaga a’zolikni taklif qilmaydi, biroq mamlakatga harbiy yordam yetkazib berish, ukrainalik askarlarni tayyorlash va ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvlari realizatsiyasini muvofiqlashtiruvchi missiya tuzadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/nato-ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda alohida yutuqqa erishgan 28 nafar yigitni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/mard-oglon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi. Shuningdek, Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati festivali ochilishida qatnashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/visit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yuksalish” harakati Toshkent shahrida jamoat transporti yo‘lovchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, “poygalar”, yo‘l harakati qoidalari va jadvalining buzilishi, konditsionerlar yoqilmasligi, ajratilgan yo‘laklarni nazorat qilmaslik kabi muammolarni ko‘rsatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/buses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💻 O‘zbekiston va Rossiya IIVlari kiberxavfsizlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi.

🇹🇷 Shavkat Mirziyoyev Turkiya mudofaa vaziri bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

📝 IIB binosida vafot etgani aytilayotgan fuqaro ishi doirasida bir xodim qamoqqa olindi.

🎓 2024-yilda 894,2 ming abituriyent OTM, kollej va texnikumlarda o‘qishga hujjat topshirdi.

🎒 O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi.

📰 Prezident: “Tanqidiy materiallar „mudrab“ yotgan rahbarlarni „uyg‘otishga“ yordam bermoqda”.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti va Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy-texnika, xavfsizlik, terrorizm, radikalizmga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/minister-of-turkiye/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 nimchorak final bosqichida qaysi jamoalarning imkoniyati ko‘proq? Ularning qay biridan yorqin o‘yinlarni kutish mumkin? — “Taktika” nazari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/guess/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tunda Chorsu bozori hududida ombor va doʻkonlar yondi. Yongʻinni oʻchirish uchun bir yarim soat vaqt ketdi.

Ertalab muxbirlarimiz voqea joyida boʻldi. Hozir jurnalistlar hodisa oqibatlari haqida maʼlumot toʻplashda davom etmoqda.

Tadbirkorlarning taxminicha, yongʻinga elektr kabelidagi yongʻin sabab boʻlgan. Ular endi qayerda ishlashlari va tovarlarini saqlashlaridan xavotirda. Hozirda sotuvchilar yetkazilgan zararni baholamoqda. Ularni kompensatsiya masalasi ham tashvishga solmoqda.

Yongʻin sodir boʻlgan joyda tergov harakatlari olib borilmoqda, shu bois jurnalistlar oʻrab olingan hududga kiritilgani yoʻq.

Holat boʻyicha koʻproq suratlar bu yerda — https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/chorsu-fire/

@gazetauzspecial

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/kaltaklash/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziyaning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatildi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Gruziya hukumatini mamlakatning ittifoqqa kirishiga tahdid solayotgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/gruziya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-iyuldan parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti importi uchun bojxona to‘lovi bekor bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/poultry-meat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev BYD prezidenti Van Chuanfu bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish rejalarini muhokama qildi. U innovatsion tadqiqot markazini yaratish, Blade batareyalari va BYD elektrobuslarini ishlab chiqarish kabilarni o‘z ichiga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/28/byd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston parlamenti elektron sigaretalarni olib kirish, sotish va foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonunbuzarlik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank tomonidan belgilangan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket oltinchi savdo kuni pasayib, 12 555 so‘mga yetdi. Bu mart oyi o‘rtalaridan beri eng minimal ko‘rsatkich.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/currency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi uydan xonadon sotib olish ko‘pchilikning orzusi, uni amalga oshirish esa o‘ylagandan ham yaqinroq.

SQB jamoasi ipotekani rasmiylashtirishni imkoni boricha osonlashtirdi:

— moslashuvchan foiz stavkalari: yillik 17% dan;
— dastlabki to‘lov — uy narxining atigi 15% dan;
— hattoki rasmiy daromad bo‘lmasa ham — 30% boshlang‘ich to‘lov bilan kredit olish mumkin;
— kafil va uy-joy sug‘urtasi talab qilinmaydi.

Batafsil maʼlumotni bank sayti yoki 1180 raqami orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go taksi xizmati Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida ish boshladi. Sayohatlar uchun yo‘l haqi naqd yoki ilovaga bog‘langan karta orqali to‘lanadi, minimal narx 2500 so‘mdan boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/yandex-go/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 31 yoshli erkak ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanmoqda. Qonuniy nikohidan 5 farzandi bo‘lgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Spark haydovchisi skuter haydovchisini quvib borib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketdi va uni urib yubordi. Skuter boshqaruvchisi kasalxonaga yotqizildi. Shahar YHXB yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga va masofa saqlashga chaqirdi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/27/scooter/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar “102” telefon raqami orqali IIV navbatchilik qismi yoki profilaktika inspektorlariga, “112” yagona dispetcherlik xizmati va 1146 “ishonch telefoni"ga murojaat qilishlari mumkin. 24 soat ichida himoya orderi rasmiylashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/against-violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston rahbari OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, jurnalistika nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa va xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Prezident axborot maydonini sifatli va raqobatdosh kontent bilan to‘ldirish zarurligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/congrats/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал