gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ostona apellyatsiya sudi rafiqasi Saltanat Nukenovani qiynoqqa solib o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/appeal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirlari migratsiya oqimini tartibga solish, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Vladimir Kolokolsevga O‘zbekiston IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazi ham ko‘rsatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/iiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-Majlis doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki O‘MBga 2 mlrd yuan ajratuvchi bitimni imzoladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/nbu/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/reglament/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi, guruhlar va uchrashuvlar sharhini «Gazeta.uz»ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2013−2017-yillarda O‘zbekiston ATK vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Kim Nam Sok mamlakatning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi. U elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, respublikada AKTni joriy etish bo‘yicha standartlar va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/kim-nam-seok/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Parkent tumanida yuk mashinasi piyodalarni o‘tkazib yuborayotgan ikkita Cobalt, Spark va Lacetti`ning orqasidan kelib urdi. Voqea oqibatida hech kim jarohatlanmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/kamaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherzod Raxmanov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining yangi hokimi bo‘ldi. U bungacha viloyatning Narpay tumanini 2020-yildan buyon boshqarib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/appointment/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bu yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirishda testda qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatdan o‘tdi. Hujjat topshirganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha pasaygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/abituriyent-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/orden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/narpay/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🛑 Deputatlar chet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qildi.

🐹 Hamster Kombat kabi o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi? ILMA tushuntirishi.

🏦 “Poytaxt bank” 10 mln dollarga sotiladi.

🌐 JSTga qo‘shilish o‘zimizdan o‘zimizni himoya qilishimizga yordam beradi — Doniyor G‘aniyev.

💸 Enter Engineering va Saneg xodimlari maosh bir necha oydan beri kechikayotganini aytmoqda. Nimalar ma’lum?

👳‍♀️ O‘zbekistonda bolasini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilgan ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin.

💻 “10 sutka — ko‘p”. Notkoin sotgani uchun qamalgan talaba intervyusi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. “Oldindagi yo‘l oson bo‘lmaydi. Ammo u ulkan imkoniyatlarga ham to‘la”, — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/eu-negotiations/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi hovli uylar joylashgan 208 ta mahallada tajriba tariqasida obodonlashtirish va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil etiladi. Ularga to‘lov qilish uchun har oy 20 mln so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/mahalla-service/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Enter Engineering va Saneg xodimlari maosh oylab kechikayotgani haqida muntazam xabar beryapti. Maosh berilishini talab qilayotgan ishchilarning foto va videolari internetda ham bir necha bor tarqaldi. “Gazeta.uz” xodimlar bilan vaziyat va ularni bu kompaniyalarda nima ushlab turgani haqida gaplashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/salary/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi. Siyosatchi Yevropa Ittifoqining nufuzli yetakchilaridan biri sanaladi. U Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlaydi, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan til topisha oladi va nizolardan qocha olish qobiliyati uchun “Teflon Mark” laqabini olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/mark-rutte/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bekobod shahri IIB binosida vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkak ishi doirasida bir nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi. Marhumning akasi “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida bu voqeada jami 8 nafar xodim ishtiroki bo‘lganini aytmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/iib/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 27-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,14 soʻmga arzonlab, 12 580,27 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa biroz koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu, tomonlar ta’kidlaganidek, hamkorlikni kengaytirish uchun “yangi huquqiy asos” bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/kg-eu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UDEA ajoyib yangilik eʼlon qilmoqda. 2024-2025 o‘quv yili uchun “Agrobank” ATB tomonidan ajratilayotgan 200 ta grantdan birining egasiga aylanish mumkin.

UDEA‘dagi Koventri universitetiga hujjat qabul qilish davom etmoqda va quyidagi yo‘nalishlarda taʼlim olish imkoniyati mavjud:

— «Biznes uchun axborot texnologiyalari»;
— «Buxgalteriya hisobi va moliya»;
— «Xalqaro moliya va bank ishi»;
— «Marketing va jamoatchilik bilan aloqalar»;
— «Biznesni boshqarish va liderlik»;
— «Ingliz tili va ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish» (TEFL).

Hujjatlar udea.uz sayti yoki dea_apply_bot">Telegram‘dagi bot orqali qabul qilinadi.

Telefon: (+998) 78-888-08-00.

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2,1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ularning asosiy qismini kannabis, marixuana, gashish va opiy tashkil qiladi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/drugs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Artel`dan Dual Inverter texnologiyasiga ega sovitkichlarning ikkita yangi modeli taqdim etildi. Ushbu yechim yuqori energiya samaradorligi bilan bir qatorda uzoq xizmat muddatini ham ta’minlaydi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/artel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida erkak gul do‘konidagi sotuvchi qizni bo‘g‘ib, so‘ngra uni tinchlantirishga harakat qilgan yana ikki yigitni urgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/bezorolik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel milliy turoperatori nafaqat kattalar, balki yosh sayohatchilarni ham qiziqtiradigan dam olish mehmonxonalari tanlovini tayyorladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/asialuxe-travel

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yana tanqid qildi. Qayd etilishicha, 5 oy davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan. 2023-yilda esa yo‘llarda 263 nafar bola halok bo‘lgan, 1568 nafari jarohatlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/26/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/avloniy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti va Rossiya ichki ishlar vaziri terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va migratsiya sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/mvdrf/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” iyun oyi boshida notkoinni 800 ming so‘mga sotgani uchun 10 sutkaga qamalgan talaba Ismoiljon Normamatov bilan suhbatlashdi. U mazkur holat, bu uning o‘qishi va hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi, shuningdek, bunday jazoning qanchalik asosliligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/notcoin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga chorvachilikni rivojlantirishga doir takliflar berildi. AQSh hamkorligida parrandachilikka genetik texnologiyalarni joriy etish, parrandachilik korxonalarini 5 yilga yer solig‘idan ozod qilish, parranda go‘shti eksportiga ruxsat berish, aholini qorako‘l qo‘yi va echkilar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/chorvachilik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputat Doniyor G‘aniyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, birinchi navbatda, mamlakat o‘zini o‘z ichidagi turli lobbi guruhlaridan himoya qilishi uchun kerakligini aytdi. “Erkin savdodan yutadiganlar doim yutqazadiganlardan ko‘p bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/wto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал