gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. Shuningdek, ushbu maktablarda ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 26-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,51 soʻmga arzonlab, 12 586,41 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa biroz koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston fuqarolari Hamster Kombat va shunga o‘xshash o‘yinlarda tangalarni qonuniy ravishda sotib olishlari va sotishlari mumkinmi, bunday o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi, to‘plangan tangalar kriptoaktiv sanaladimi? ILMA mazkur savollarga javob berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/hamster-kombat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi, guruhlar va uchrashuvlar sharhini «Gazeta.uz»ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/diniy-talim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onada 1300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Shuningdek, Navoiy va Samarqandda ham shunday jinoyat bilan uch kishi qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/license/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi tarixiy yodgorliklar qisman buzilib, o‘rniga uy-joy, hojatxona, hammom, issiqxona va mobil kompaniya antennasi qurilgani aniqlandi. Oqibatda 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/tarixiy-yodgorliklar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS bilan G‘azodagi shiddatli janglar yakunlanayotganini aytdi, biroq guruh yo‘q qilinmaguncha urushni davom ettirishga va’da berdi. Isroil qo‘shinlarining bir qismini “Hizbulloh” bilan tez-tez janglar sodir bo‘layotgan Livan bilan chegaraga yuborishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/fighting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘qon shahrida fuqaro IIB xodimlari va mahalla vakillari ishtirokida qonunga zid ravishda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani aniqlandi. U uch kun ko‘rikdan o‘tkazilgach, sog‘lom ekani ma’lum bo‘lgan va uyiga javob berilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/psychiatric-hospital/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida kanalga tushib ketgan Spark mahalliy aholi va FVB xodimlari ishtirokida olib chiqildi. Mashina haydovchisi orqaga harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Voqea tufayli hech kim jabrlanmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/car/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

TBC Bank vakillari o‘z misolida bankning ishonchliligini tekshirish usullari va bank tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi xaqida gapirib berdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/tbc-bank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 25-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 25,26 soʻmga arzonlab, 12 599,92 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi, guruhlar va uchrashuvlar sharhini «Gazeta.uz»ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

“Yevro-2024” rukni homiysi — Pepsi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari imtiyozli savdo va bozorlarga kirish sharoitlarini o‘zaro yengillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib oldi. Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht yetkazib beradi va chorvachilik klasterlari yaratadi. Yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirish reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/mn-uz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki”ga nufuzli ASSA tomonidan tasdiqlangan ish beruvchi maqomini berdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/nbu/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va mamlakat sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguni hibsga olishga order berdi. Ular harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlanmoqda. Order uchun Ukrainadagi fuqarolik obyektlariga berilgan zarbalar asos bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/hague/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“IIB xodimlari ukamni koʻz oldimda kaltaklashdi”

Tarmoqlarda Bekobod tumani ichki ishlar boʻlimida fuqaro vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining maʼlum qilishicha, ukasining sud majlisida janjal koʻtarib, IIBga olib ketilgan erkak binoga kirish yoʻlagida hushini yoʻqotgan va shifoxonaga olib borilganida vafot etgani aniqlangan.

Ammo marhumning yaqinlari uning IIB binosida vafot etganini bildirmoqda. Mazkur voqea keng muhokamalarga sabab boʻldi.

“Gazeta.uz” vaziyatni oʻrganish maqsadida Bekobod tumanida boʻlib, marhumning yaqinlari bilan suhbatlashdi.

Batafsil — quyidagi havolada:

https://youtu.be/iVvSWrNJDK4

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj so‘nggi 5 yilini o‘tkazgan Britaniya qamoqxonasidan garov evaziga ozod qilindi. AQSh rasmiylari bilan kelishuv doirasida u josuslik ayblovlaridan biri bo‘yicha aybini tan oldi. Buning evaziga u Britaniyadagi qamoqda o‘tagan vaqtga teng muddatga qamaladi va ozod qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/ulian-assange/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davaktiv BAAning Bond Investments limited LLC kompaniyasi bilan “Poytaxt bank” ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketini 10 mln dollarga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. To‘lov biryo‘la amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/poytaxtbank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lishini nomaqbul deb topish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, adovat qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi nutq va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/law/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikatda yuqori ball (A va A+) to‘plagan 14−30 yosh oralig‘idagi fuqarolarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi mumkin. Bu bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi. Mablag‘ Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/certificate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tunda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklar zararlandi. 5 ta tuman FVBdan yetib kelgan jami 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inni 1,5 soatda o‘chirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/25/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📈 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirmoqchi.

🇷🇺 Mirziyoyev Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi.

🇲🇳 O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi.

☀️ Seshanbadan havo isib, harorat +40…+43 darajagacha yetishi kutilmoqda.

🇬🇧 O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan 14 ta eksponat Britaniya muzeyida namoyish etiladi.

🕋 Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 1300 dan ortiq ziyoratchi vafot etdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mo‘g‘uliston prezidenti, shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri va TIV rahbari ishtirokida Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/embassy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/hwaseong/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Davlat tashrifi davomida savdo, turizm, havo qatnovi, xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid jami 14 ta hujjatga imzo chekildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/docs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston elchixonasi rasman ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bergan bayonotida ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/uzb-mong/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Haj vaqtida 1301 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar bo‘lib, jaziramada uzoq vaqt qolib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/hajj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvaning “Krokus siti holl”idagi teraktdan jabrlangan oilalarning 100 nafar farzandi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar oromgohida ikki hafta dam oladi. Bundan tashqari, ular Samarqandga ham tashrif buyuradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/anor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda seshanbadan to ish haftasining oxirigacha harorat ko‘tarilib, kunduzi +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha isishi mumkin. Ushbu kunlarda faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroq va yomg‘ir bo‘lishi, sel-suv toshqini yuzaga kelishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал