gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni Ko‘ksaroy qarorgohida kutib oldi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/mongolia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Meest China oshxona anjomlari uchun variantlarni yig‘di, shuningdek, ularni sotib olishda qanday qilib pulni tejab qolish mumkinligini aytib berdi. 12-iyundan boshlab u yangi havo tariflarini joriy qildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/meest-china/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Londondagi Britaniya muzeyida 26-sentabrdan “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Unda O‘zbekistonning muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat, jumladan, shatranj donalarining ko‘hna to‘plamlaridan biri va 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati namoyish etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/exhibition/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi boʻyicha apellyatsiya sudi muzokaraga kirishdi. Bir necha advokat himoyasi ostidagi sudlanuvchilarga oqlov soʻradi. 20 nafar jabrlanuvchi tovon puli toʻlansa, daʼvosidan voz kechishga hamda Sardor Kariyev va boshqa sudlanuvchilarning ozod etilishiga qarshi emasligini bildirdi. “Gazeta.uz” stenogrammasi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/sud/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/mongolia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlarida guruh bosqichi ikkinchi turidan so‘ng pley-offning ilk ishtirokchilari nomi ma’lum — Germaniya, Ispaniya va Portugaliya. Shu bilan birga, turli kutilmagan natijalar, “syurpriz” bo‘layotgan terma jamoalar mavjud. “Taktika” jamoasi yakuniy tur oldidan guruhlarga nazar soldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/second-tour-euro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi, guruhlar va uchrashuvlar sharhini «Gazeta.uz»ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

“Yevro-2024” rukni homiysi — Pepsi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zangiota tumanida temiryoʻlni velosipedda kesib oʻtmoqchi boʻlgan 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/railway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻtgan yili ochilgan Zomin aeroportiga magistral samolyotlar ucha boshlaydi. Shanba kuni Uzbekistan Airways bu yoʻnalishda Airbus A320neo samolyotida texnik parvozni amalga oshirdi.

Video: Transport vazirligi

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/22/zaamin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi, guruhlar va uchrashuvlar sharhini «Gazeta.uz»ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

“Yevro-2024” rukni homiysi — Pepsi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Buxoroda xaritalar tuzish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ direktorini 12,5 ming dollar olganida ushladi. Shuningdek, shu ish doirasida 5000 dollar olgan qurilish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ham qo‘lga tushdi. Samarqand, Buxoro viloyatlarida sud boshqaruvchilari, Jizzaxda esa advokatlik byurosi rahbari ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/22/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Javlonbek Umarxodjayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. U o‘tgan yilning avgust oyidan buyon kompaniyaning vaqtinchalik rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/uzbekistan-airports/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chernogoriya, Bosniya, Albaniya hamda Xorvatiyaning Adriatika dengizi qirg‘oqlaridagi katta qismida keng masshtabli blekaut yuz berdi. OAV to‘rt mamlakatning barcha qismlarida elektr uzilishlari haqida yozmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/power-blackout/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning Toshkentga tashrifi arafasida Daadanxuu Batbaatar ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/ambassador/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, noyob buyumlar yarmarkasi, rumin va o‘zbek kostyumlari ko‘rgazmasi, teatr namoyishlari va ijodiy mahorat darslari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanida fuqaro qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirgani aniqlandi. U 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/mining/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Darband va Maxachqal’adagi teraktlar munosabati bilan Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi. Ikki cherkov, ikkita sinagoga va yo‘l-patrul postiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/dagestan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Perfectum e& Group bilan O‘zbekiston telekommunikatsiya ekotizimini raqamlashtirish va transformatsiya qilish uchun hamkorlik qiladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/24/perfectum/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Baxti Tashkentskiy” va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha boshlangan sud majlisini yoritayotgan “Daryo” jurnalisti Otabek Qo‘ldoshev IIBga chaqirildi. Jurnalist shikoyat arizasi bilan tanishtirilmay, tushuntirish xati yozdirib olingan. Uning ustidan sudga raislik qilayotgan sudya shikoyat qilgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/jurnalist/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onada kriminal avtoritet bo‘lishga uringan Abdullo Egamberdiyev qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u “Baxti Tashkentskiy” va “Salimboyvachcha” bilan yaqin aloqada bo‘lib, jinoyat olamida yetakchilikka intilib kelgan. Egamberdiyev firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/jinoyat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch xalqaro aeroporti 20-iyuldan 8-avgustgacha yopiladi. Bu paytda uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar transfer bilan ta’minlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/urganch/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi davlat universitetida yigit talaba qiz bilan o‘zaro janjallashib, unga 8 marta pichoq sanchdi. Shundan so‘ng o‘zining qorin bo‘shlig‘iga ham jarohat yetkazdi. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlanganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/qarshi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston uglerod emissiyalarini 500 ming tonnaga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun Jahon banki mamlakatga 7,5 mln dollar grant ajratdi. Mablag‘ning bir qismi elektr energiyasi va gaz tariflari oshishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/23/carbon-wb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari (o‘qish ular uchun majburiy bo‘ladi) va aholining boshqa toifalari uchun mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi. Bazaviy kurslarda o‘qitish bepul, maxsus kurslarda malaka oshirish pulli bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/22/anti-corruption-academy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘allaorol tumanidagi bog‘chada bolalarning turli joylariga oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga nisbatan qiynash moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U avvalroq ishdan olingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/22/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

21-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

✍️ PISA doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasi o‘rganildi. O‘zbekistonning natijalari.

📝 O‘zbekistonda 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topildi.

🇲🇳 Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

🌽 Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda.

💻 Senat banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga doir qonunlarga tuzatishlarni ma’qulladi.

✈️ Uzbekistan Airways logotipini yangilaydi, biroq an’anaviy livreyasini saqlab qoladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways yangilangan logotipini namoyish etdi. Kompaniya uni tubdan o‘zgartirmadi, balki zamonaviy tendensiyalarga muvofiq yangiladi. Tashuvchi, shuningdek, livreyasi — samolyotlar tashqi ko‘rinishini ham saqlab qolishga qaror qildi. Bundan tashqari, yangi shior — “Markaziy Osiyo qanotlari” taqdim etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/uzbekistan-airways/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar bank sohasidagi bir qator qonunlarga kiberxavfsizlikni kuchaytirishga doir tuzatishlarni ma’qulladi. Ushbu tuzatishlar, xususan, Markaziy bankka kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va valyuta birjalari tomonidan kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash vakolatini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/cybersecurity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Avvalroq sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida loyiha ofislari tashkil etilgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/project-office/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Bekobodda “IIB binosiga majburiy olib ketilgan” aka-ukaga nisbatan kuch ishlatilganligi, ulardan birining vafoti holatini o‘rganmoqda. Vakil voqeaning barcha jihatlari qonun talablari doirasida ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/ombudsman/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал