gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15 yoshli maktab o‘quvchilarining kreativ (ijodiy) fikrlashini baholash bo‘yicha PISA-2022 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/pisa-creative-thinking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olmazor tumanida ayol ijtimoiy tarmoqda tanishgan boshqa ayolga ikki nafar farzandini tashlab ketib, 45 kun davomida xabar olmagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ona bilan aloqa o‘rnatilgan. U tashlab ketgan farzandlari bolalar uyiga joylashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/bolalar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23−26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezidentlar do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, Xiva shahriga ham boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/mongolia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bekobod tumanida ukasining sud majlisida janjal ko‘tarib, IIBga olib ketilgan erkak “binoga kirish yo‘lagida” hushini yo‘qotdi. Shifoxonaga olib borilganda uning vafot etgani aniqlangan. IIV buning favqulodda holat sifatida ko‘rilishi va har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganilishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/bekobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel kompaniyasi mijozlarga sayohatlar va aviachiptalarni band qilishga, shuningdek, kecha-yu kunduz istalgan masalani operativ hal qilishga yordam beradigan yagona tarmoq raqamini ishga tushirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/asialuxe-travel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2019-yildan beri bosh prokuror lavozimida ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana 5 yil muddatga lavozimiga qayta tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/nigmatilla-yoldoshev--translation-2024-06-21-14-12-53/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/uzsuvtaminot/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

22−23-iyun kunlari O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni o‘zgarmaydi, kechalari 20−25 daraja, kunduzi 34−39 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol kuchayishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya hukumati dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot tashkilotlariga 195 ming dollarlik tibbiyot jihozlari topshirildi. Ko‘z jarrohligi uchun fakoemulsifikator, ultratovush diagnostik uskunasi, videoendoskop, jarrohlik aspiratori shular jumlasidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/japan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada tarbiyachi bolalarni haqoratlab, ularni oyoq kiyim bilan kaltakladi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/tarbiyachi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasining (Toshkent halqa yo‘li) Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik o‘rnida vaqtincha aylanma yo‘l tashkil etildi. Hududda 1 avgutsga qadar rekontsruksiya ishlari olib boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/bridge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Notkoin sotib, qamalgan yigit yodingizdami? Biz uni topib, suhbatlashdik

Telegram orqali notkoin yigʻib, uni 800 ming soʻmga sotgan 24 yoshli TerDU talabasi Ismoiljon Normamatov 10 sutkaga qamalgani haqida xabar bergandik. Unga nisbatan qamoq jazosining tayinlanishi tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi.

Sud hukmiga koʻra, fuqaroning qoʻl telefoni va bank plastik kartasi tegishli tartibda yoʻq qilinishi belgilangan.

Ismoiljon Normamatov jazo muddatini oʻtab chiqqach, “Gazeta.uz”ga intervyu berdi. Uni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/YgFbne4UxDM

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga 10 ta OTM huzurida oliy muhandislik maktablari ochish rejalari taqdim etildi. Ularda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi — birinchi kursda talabalar korxonalar buyurtmasi asosida yangi mahsulotlarni loyihalashtirsa, ikkinchi kursda ularni korxonalarda sinovdan o‘tkazadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/inno/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonida haj vaqti jazirama issiqda halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi, ularning yarmidan ko‘pi ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilardir, deya xabar bermoqda France-Presse (AFP) agentligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/hajj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida 5 kishi bo‘lib qatnashadi — Nikita Rafalovich so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu XOQning neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmagani bilan bog‘liq. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 4 dan ortiq yo‘llanma bo‘lmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/taekwondo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlari Germaniyadagi 10 ta stadionda o‘tkazilmoqda. Ularning ayrimlari ishqibozlarga ancha tanish. “Taktika” jamoasi mazkur o‘yingohlar bo‘yicha jamlanmani taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/euro-2024-stadiums/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 24-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,63 soʻmga arzonlab, 12 625,18 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Armaniston Falastinni davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi “ikki davlat” tamoyilini Isroil-Falastin mojarosini hal qilishning yagona yo‘li deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/armenia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi, guruhlar va uchrashuvlar sharhini «Gazeta.uz»ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

“Yevro-2024” rukni homiysi — Pepsi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi. U bunga qadar Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/raqobat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda internet orqali giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini tarqatganlik, reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilamoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/narco/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etilganini ma’lum qildi. Ular orasida “Farg‘onaazot” (superfosfat bo‘yicha), Gazli Gas Storage (tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish bo‘yicha) va boshqalar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/dominant/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olimjon Umarov O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avvalroq ushbu lavozimda va bosh vazirning AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/olimjon-umarov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JIB Shayxontohur tumani sudi jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigitga nisbatan 15 sutka qamoq va 3,4 mln so‘m jarima belgiladi. Unga qo‘yilgan 3 ta huquqbuzarlik ayblovining bittasi ortiqcha rasmiylashtirilgan deb topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/21/verdict/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketi yuzasidan kelishib oldi. Yangi cheklovlar Rossiya energetika sektoriga ta’sir qiladi hamda uchinchi mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Turkiya va Hindistondagi o‘nlab kompaniyalar bilan savdoni cheklaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏢 Davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlar jarimaga tortiladi.

💼 Senat yangi qonunlar hamda bosh prokuror va Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimlariga nomzodlarni muhokama qiladi.

💻 Ayni vaqtda O‘zbekistonda notkoin bilan qonuniy savdo qilish imkonsiz — ILMA.

⚽️ O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 62-o‘ringa chiqdi.

🕋 Saudiya Arabistonida Haj ziyorati chog‘ida halok bo‘lganlar soni 1000 nafardan oshdi — France-Presse.

🇪🇺 Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib oldi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatda kiberxavfsizlik va intellektual mulkni himoya qilish, shuningdek, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, bosh prokuror lavozimiga nomzod ko‘rib chiqiladi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari saylanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/senat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining oilaviy majburiyatlarga ega ishchilar — erkaklar va ayollar — uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/labor-rights/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlarini aniqladi. Xususan, bir holatda Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/pora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 62-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa hamon 8-o‘rinda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал