gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 21-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,10 soʻmga arzonlab, 12 639,81 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

FVV xodimlari poytaxtning Yangihayot tumanidan o‘tgan Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan erkakni qutqardi. U baliq oviga borgach, suvga tushib ketgan oyoq kiyimini olmoqchi bo‘lgan va muvozanatni yo‘qotib, o‘zi ham oqib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/chirchiq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha qonunchilikni buzganlik uchun jarima belgilandi. Ijaraga berish shartnomasini buzgan mansabdor shaxslar 3,4 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. Holat bir yil ichida yana takrorlansa, jarima summasi 5,1 mln so‘mgacha oshadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/rent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larda adashib qolgan to‘rt nafar fuqaroni pastga tushirishga yordam berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/mountains/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistonda ayni vaqtda notkoin kriptoaktivi bilan qonuniy tarzda savdo qilish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi. Agentlik litsenziyaga ega xizmat provayderlariga o‘z savdo savatlariga yangi chiqqan, ommalashayotgan kriptoaktivlarni ham qo‘shish bo‘yicha taklif bergan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/notcoin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “Chorsu” bozori oldida qora ro‘mol kiygan, shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan 22 yoshli yigit ushlandi. Unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik rasmiylashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/face/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 20−24-iyun kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/sel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🧷 Davlat monopoliyalarining xususiy monopoliyaga aylanishi riski bor — Farrux Karabayev.

🌊 Namanganda sel vaqtida 2 qizni devor bosib qoldi, ularning biri halok bo‘ldi.

👩‍🏫 O‘zbekistondagi oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning maoshini sentabrdan oshirish taklif etildi.

🇷🇺 RFga kirish va “Sheremetyevo” orqali tranzit o‘tishda o‘zbekistonliklar uzoq tekshiruvlarga duch kelmoqda — elchixona.

🇩🇪 Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Bloomberg.

⚖️ “Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilgan ayol qo‘shnisi besh yoshli qiziga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani, ammo profilaktika inspektori uning arizasini qabul qilmaganini aytdi. BP erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va xodimning xatti-harakatlari ustidan ichki tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/harassment/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi oʻrnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi boʻyicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/sud/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqaroni majburan shifoxonaga joylashtirib, uning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/nukus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/chust/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida jazirama tufayli kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. 17-iyun kuni Makka shahrida havo harorati +52 darajagacha ko‘tarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/pilgrims/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 20-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 16,89 soʻmga yuqorilab, 12 643,91 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident ta’lim sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/teachers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib vafot etdi. U kursdoshlari bilan cho‘milmoqchi bo‘lgan, biroq suv oqimi tezligi hamda sovuq bo‘lgani oqibatida oqib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/drowning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan chegarada umumiy qiymati salkam 2 mlrd so‘mlik 1696 gramm zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki shaxs ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/gold/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚽️Yevropa chempionati oʻyinlari taqvimi, guruhlar va uchrashuvlar sharhini «Gazeta.uz»ning maxsus boʻlimidan topishingiz mumkin:

https://www.gazeta.uz/oz/euro-2024/

“Yevro-2024” rukni homiysi — Pepsi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh fuqarolari bilan oila qurgan hamda mamlakatda kamida 10 yil yashagan noqonuniy immigrantlar mamlakat fuqaroligini olish uchun ariza topshirishi mumkin. Yangi dastur 500 mingdan ortiq kishini qamrab olishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/legal-status/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nvidia Microsoft va Apple`ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Uning bozor qiymati rekord daraja — 3,335 trln dollargacha ko‘tarildi. Nvidia qiymatining tez o‘sishi investorlarning sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi bo‘yicha optimizmi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/nvidia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors 21-iyun kuni soat 10:00 da 25 ming dona Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kunida amalga oshirilishi lozimligini eslatib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/cobalt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sakkizta mahalla payshanba kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minotisiz qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/20/mu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning tez rivojlanayotgan 38 ta tumanida yetarli miqdorda uy-joy, ijtimoiy muassasalar, istirohat bog‘lari qurish zarur. Prezident 14 ta tuman va shahar bosh rejalari taqdimotida buni alohida ta’kidladi. Davlat rahbari qulay infratuzilma yaratishni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/master-plans/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga O‘zbekiston zargarlik sanoatini rivojlantirish, jumladan, hunarmandlar uchun imtiyozlarni YATTlarga ham qo‘llash, asbob-uskunalar uchun bojxona bojini nol qiymatda belgilash, shuningdek, zargarlik buyumlarini AQShga GSP tizimi asosida eksport qilish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/jewelry/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi RFga kirishda yoki Moskvaning “Sheremetevo” aeroporti orqali tranzit o‘tishda ko‘pga cho‘zilayotgan tekshiruvlar tufayli fuqarolardan qiyinchiliklar yuzaga kelayotganiga doir murojaatlar ko‘payganini bildirdi. Elchixona vaziyatga oydinlik kiritish uchun RF TIVga murojaat yubordi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/russia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpogʻiston prokuraturasining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Shuningdek, belgilanganidan ortiq yoʻlovchi tashigan (aniq soni keltirilmagan) Nexia haydovchisining harakatlariga qonuniy baho berilishi aytildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball). Shu vaqtda Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzoladi. Hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz qilinganda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/russia-dprk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beruniy tumanida o‘nlab bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/19/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-16 iyun kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida ikkita yirik sport tadbiri — ICF bosh assambleyasi va ot sportining chavgon turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda 10 mamlakat jamoalari qatnashdi: Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Kuvayt, Malta, Marokash, Nigeriya, Polsha va Germaniya.

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqaning to‘rtta o‘yinidan uchtasida g‘alaba qozonib, finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘yinlar davomida ular Turkiya, Qozog‘iston va Malta terma jamoalari bilan g‘alaba uchun kurashdi.

Final natijalarini quyidagi havola orqali bilib olish mumkin.

Reklama.

Читать полностью…
Подписаться на канал