gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurbon hayiti munosabati bilan 15, 16, 17-iyun kunlari Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 14−20-iyun kunlari Toshkentdan Xiva, Termiz, Shovot va Qo‘ng‘irotga boradigan poyezdlar vagonlari soni oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/13/poyezd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Stavkani o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror energiya tariflari o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’sirini jilovlash maqsadi bilan izohlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/13/central-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olmaota shahrida o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalga ega bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/13/cycling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nega Rossiyada ishlaydigan odamlar Tinkoff Black kartasini rasmiylashtirgani maʼqul?

Tinkoff Black bilan O‘zbekistonga telefon raqami orqali pul o‘tkazish mumkin. Ilova darhol pul qabul qiluvchi milliy valyutada qancha o‘tkazma olishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ilova o‘zbek tiliga tarjima qilingan va unda chat yoki telefon orqali yordam olish mumkin.

Karta rasmiylashtirilgandan so‘ng birinchi oyda hech qanday komissiyalarsiz 100 ming rublgacha pul o‘tkazish imkoniyati mavjud. Karta olish uchun arizani havola orqali qoldirish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanida Malibu 2, Lacetti va Lada to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi voqea joyida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/13/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh joriy haftada Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytiradi. Bunda Rossiya mudofaa kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan RF tashkilotlari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi har qanday xorijiy bank ishi ko‘rib chiqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/us-sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

MAGATE O‘zbekistonni atom energetikasi, xususan, kam quvvatli reaktorlarni joriy etish rejalarida qo‘llab-quvvatlashga tayyor, dedi agentlik rahbari Rafael Grossi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuvda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/magate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT mustaqil komissiyasi XAMAS ham, Isroil ham 2023-yil oktabr oyidan beri urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan, degan xulosaga keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/war-crimes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlatlararo va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi chiqish va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/proposal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/jamoat-transporti/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-iyunda Toshkent shahridagi 121 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha ayrim ko‘cha va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi (ro‘yxat).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/streets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 12 iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 22,96 soʻmga koʻtarilib, 12 621,01 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Musulmonlar idorasi 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozining hududlardagi o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. Shu kuni Toshkent metropoliteni 03:00 da ish boshlaydi va ma’lum muddat bepul bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/namoz-vaqtlari/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida aholi va tadbirkorlar yangicha yondashuv asosida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/business-school/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

May oyida O‘zbekistonda 21,6 mingta uy-joy sotildi, bu aprel oyiga nisbatan 9 foizga ko‘proq hisoblanadi. Ikki oylik o‘sishga qaramay, faollik darajasi hali ham bir yil oldingi darajadan past bo‘lib qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/real-estate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Tezkor krediti allaqachon ishlamoqda — orzudagi loyihalarni amalga oshirib, asosiy aktivlarni kengaytirish va har qanday biznes maqsadlarga erishish mumkin.

Kredit shartlari:

— summasi — 500 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda va milliy valyutada;
— kredit muddati — uch yilga;
— imtiyozli davr — uch oygacha.

Bank saytida onlayn ariza qoldirish mumkin.

Batafsil maʼlumot sqb.uz saytida yoki 1180 raqami orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida mamlakatni mintaqadagi “asosiy hamkor” deb atadi. U o‘z davlati “ijtimoiy, iqtisodiy va demokratik rivojlanishda yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini” aytib, tashrifdan amaliy natijalar kutayotganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/13/president-south-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Toshkentda aka-uka 2 nafar fuqaroni 12 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/13/haj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29 va 30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi. Bu velopoyga, treyl yugurish, skayranning, yoga va meditatsiyani o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda birinchi marta treyl yugurish trassasiga yuguruvchilarga shaxsiy hisob uchun ochkolar olish imkonini beruvchi guvohnoma berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/sky-camp/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/13/mosaics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚷 O‘zbekistonda chet el fuqarolarini nomaqbul deb topish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

🏘 May oyida O‘zbekiston uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi.

🇺🇸 Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi — AQSh savdo vakili Ketrin Tay.

🚝 1-iyuldan ayrim poyezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi.

🎓 Abituriyent va talabalarni yangi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar kutmoqda? Vazirlik vakili bilan suhbat.

🚌 Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobus va metro 3:00 dan ish boshlaydi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/ai/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zmilliybank” AJ yuridik mijozlari endi bank mobil ilovasi orqali masofaviy hisobraqam ochish imkoniyatiga ega (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/nbu/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh savdo vakili Ketrin Tay Toshkentda qator vazirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Elchi AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va GSP tizimi doirasida savdo imtiyozlarini berishni qayta tiklash niyatini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/usa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanish) to‘liq to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/tashkent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 12−13-iyun kunlari sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/toshqin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshadi. Bundan avval narxlar 20-yanvardan 20 foizga koʻtarilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/tickets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qanot Sharq aviakompaniyasi Qarshi va Namangandan Istanbulga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Namangandan parvozlar haftaning seshanba kunlari, Qarshidan esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/to-istanbul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

OTMlar uchun davlat buyurtmasi nima degani? Unda xususiy OTMlar ham qatnashadimi? “Avval test, so‘ng tanlov” tizimi qanday ishlaydi? Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti kimlarga beriladi? “Gazeta.uz” tizimdagi o‘zgarishlar bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Abdusamat Mamanazarov bilan suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/12/higher-education/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал