gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Prezident qaroriga koʻra, Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun koʻchirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/hayit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikistonda sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida 2−3 ball darajasida sezildi. Yer silkinishi bir kun avval ham xuddi shu hududlarda qayd etilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilganini aniqladi. Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/tree/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇸 AQSh savdo vakili O‘zbekistonga keladi.

🇺🇳 O‘zbekiston va Xitoy tashabbusi bilan 10-iyun Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilindi.

🎒 O‘zbekistonda maktablarning birinchi sinfiga qabul 20-iyundan boshlanadi.

⚡️ O‘zbekistonda elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiruvchi tungi tarif joriy qilinadi.

🌳 “Yashil makon” loyihasi doirasida 1 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi.

🇰🇿 Qozog‘istonda noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlarda 27 nafar o‘zbekistonlik ushlandi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasining kunlik normasi 6,6 kVt/soatni tashkil etishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/norm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11-iyun kuni “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, shuningdek, yana 28 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlanadi. Ular Jinoyat kodeksining tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, jinoiy uyushma tashkil etish kabi jami 14 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/saidaziz-medgorodok/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fazliddin Baxromov Toshkent shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/fazliddin-bakhromov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan iqtisodiy hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi. Birinchi davlat bilan to‘qimachilik, charm va elektrotexnika mahsulotlariga bojlarni pasaytirish, ikkinchisi bilan transport, raqamlashtirish va energetika sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/turkiye-saudi-arabia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Xarkov viloyatida yangi front ochishga urinishi “boshi berk ko‘chaga kirdi” va Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish qayta tiklanishi fonida “Rossiya yutug‘i uchun oynalar yopilib bormoqda”, — deb yozmoqda Bloomberg nashri.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘im” loyihasiga start berilganini ma’lum qildi. Bu orqali budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/mening-bogim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yerosti kabelida yuz bergan yong‘indan so‘ng pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi va Toshkent shahar IIBB. Shuningdek, yaqin atrofdagi aholi punktlarida elektr energiyasi vaqtincha uzilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/services/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

20-iyundan yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boshlandi. Jarayonlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Maktab ta’limi vazirligining eslatishicha, bu yil birinchi sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/maktab/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adliya vazirligi hodisa sababli Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar boʻlayotganini bildirdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh savdo vakili Ketrin Tay 11−12-iyun kunlari Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Ostonada bo‘lib o‘tadigan AQSh va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi Savdo va investitsiyaviy hadli bitim yig‘ilishida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/katherine-tai/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh assambleyasi 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida Xitoy va O‘zbekiston ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi. Maqsadlar sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirishdan iborat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/dialog/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasiga rozilik bildirishga chorlovchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. Ovoz berishda qatnashgan mamlakatlarning 14 tasi hujjatni yoqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/gaza-ceasefire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shofirkon tumanida bolasini ikki yildan buyon kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 6 yoshli bolaga vasiy tayinlanib, unga topshirildi. Bolalar ombudsmani ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ham ko‘rilayotganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryodagi “Hisorak” suv omborida olib borilayotgan texnik tadbirlar vaqtida to‘g‘ondan suv sizib chiqdi. Hodisada hech kim jarohatlanmagan, suv omboriga shikast yetmagan. “Vaziyat to‘liq nazorat ostida”, — deb yozdi FVV.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/11/hisorak/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident issiq oylarda obyektlarni sovutishga qishdagi bilan bir xil energiya sarflanayotganini ta’kidlab, ayrim binolar uchun energiya samaradorligi bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqishni topshirdi. “Tejash yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo‘lishi shart”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/energy-saving/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/coal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda elektromobilni xonadonda quvvatlantirish uchun rag‘batlantiruvchi tungi tarif joriy etiladi. Bunda quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatganlar mashinasini tungi vaqtda quvvatlantirgani uchun elektr energiyasiga arzon tarifda haq to‘laydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/night-rates/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IT Park University`ning a’lochi talabalari may oyida Ispaniyada amaliyot o‘tadi. Ular o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, bir qator trening hamda seminarlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/it-park-university/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 11-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,95 soʻmga pastlab, 12 634,92 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Olmaota shahrida noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlarda 27 nafar o‘zbekistonlik ushlandi. Ulardan 3 nafariga ma’muriy javobgarlik tayinlandi, qolganlari ish joyiga qaytarildi. Mamlakat bo‘ylab migratsiya huquqbuzarliklarini aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/nelegal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

May oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 36,6 mlrd dollarga yetdi. Zaxiradagi oltinning fizik hajmi 3,1 tonnaga kamaydi. Zaxiralar tarkibida birinchi marta 35 mln dollarlik qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/reserves/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/bekobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda o‘tgan may oyida hatto eng issiq kunlarda ham harorat o‘zining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi, +25…+30 daraja atrofida bo‘ldi. Ko‘plab hududlar bo‘yicha oy eng nam may oylari beshligiga kirdi, yog‘ingarchilik me’yordan 1,3−2,8 marta ko‘p bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/may-2024/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Haftaning birinchi yarmida harorat +41 darajagacha ko‘tariladi. So‘ngra +32…+35 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1−2 darajaga yuqori. Ayrim tog‘li hududlarda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, joylarda chag-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/ob-havo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” kompaniyasining maʼlum qilishicha, IIV binosi yaqinidagi yongʻin 35/10/6 kVli “Oʻzbekiston” podstansiyasidan chiquvchi kabel tarmogʻi shikastlanishi sababli yuzaga kelgan.

Buning ortidan Yakkasaroy tumanidagi Konstitutsiya va Yunus Rajabiy mahallalari hamda Mirobod tumanidagi Abdulla Avloniy va At-Termiziy mahallalaridagi aholi isteʼmolchilari elektr energiyasidan uzilib qolgan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi”ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал