gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Viloyat tumanlarida sezilish kuchi 2 ballni tashqil qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/10/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SSV yoz faslida oftob urishi, xalq tilidagi dam o‘tishi holati ko‘p uchrashini inobatga olib, undan saqlanish bo‘yicha bir necha tavsiyalar berdi. Ko‘proq suyuqlik ichish, yopiq joylarda bo‘lish, ochiq rangli liboslar va bosh kiyim kiyish shular jumlasidandir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/09/quyosh-urishi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Oqibatda bola tos suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, holatni bolalar ombudsmani nazoratga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/09/xiva/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-iyundan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushiradi. Ariza beruvchilar endi suhbatga yozilishdan oldin viza to‘lovlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/09/us-visa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashi a’zosi o‘rinbosari bo‘ldi. Tanzila Narbayeva buni o‘zgarishlar natijasi deb atadi va qaror davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilish borasidagi harakatlarini kuchaytirishni talab qilishini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/ilo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Telegram orqali notkoin yig‘ib, uni 800 ming so‘mga sotgan 24 yoshli talaba yigit 10 sutkaga qamaldi. Kriptoaktivlar aylanmasidagi qonunchilikni buzishda ayblangan surxondaryolik yigit bu ishi noqonuniy ekanini bilmaganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/notcoin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 4 ayolga yaxshi daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, ularni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/human-trafficking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga Kopengagenda bir erkak hujum uyushtirdi. Uning ahvoli yaxshi ekani, ammo voqeadan “juda hayratda” ekani qayd etildi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/denmark/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda sovrin jamg‘armasi 20 ming dollarni tashkil qiluvchi Sahibkiran Amir Temur Cup musobaqasida o‘zbekistonlik grossmeyster Abdimalik Abdisalimov g‘olib chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/chess/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇵🇸 “Gʻarb davlatlarining Falastin muammosiga munosabati qattiq xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev.

🌐 Hech bir davlat JSTga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan — JST bosh direktori.

⚡️ Rossiyaning “Inter RAO” kompaniyasi kuzda O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin.

🇰🇷 Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

🗑 Qashqadaryoda 350 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi.

☀️ Dam olish kunlari havo 39 darajagacha isiydi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish markaziga tashrif buyurdi. U xodimlar kiberjinoyatlarning oldini olish uchun texnologiyalarni yaxshi bilishi kerakligini ta’kidladi. U, shuningdek, vazirlikda uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish bo‘yicha tuzilma yaratish vazifasini ham qo‘ydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/public-security/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vladimir Putin Rossiyada imperialistik ambitsiyalar yo‘qligini aytib, bu pozitsiyani O‘zbekiston misolida tushuntirdi. “Agar kimdir bizni qandaydir imperialistik ambitsiyalarda gumon qilsa, tasavvur qiling: Sovet Ittifoqini tiklasak, bizda asosan islomiy aholi bo‘ladi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning “Inter RAO” energetika kompaniyasi O‘zbekistonga elektr yetkazib berishni boshlashi mumkin. Kompaniya kuzatuv kengashi raisi Aleksandra Paninaning aytishicha, kuzgacha Qozog‘iston qancha hajmni tranzit qilishi mumkinligi aniqroq ishlab chiqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosar vazifasini bajaruvchilar sifatida Shoxrux Gulamov hamda Akram Aliyevni tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/miit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Tashkilotning avvalgi rahbari Firdavs Abduxoliqov Islom sivilizatsiyasi markazi direktori bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/shuhrat-rizayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etdi, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tarmoqlarda hodisa poyga sabab yuz bergani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/09/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida barcha mozaikali turar joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi, deb xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi. Dastur boshlangan 2021-yildan buyon jami 70 ta (shundan 40 tasi ikki oy ichida) panno reklamalardan xalos etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/09/mozaic/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Lada Largus mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish bilan kasalxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/09/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni tunda Telegram messenjeri faoliyatida global va uzoq davom etgan nosozlik yuzaga keldi. Muammolar O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Yevropa davlatlarida kuzatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/09/telegram/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Yashnobod tumanida Captiva bilan to‘qnashuv oqibatida 39 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Haydovchi mast edi. Mashina do‘kon devori oldida o‘tirgan erkakni bosib ketgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) a’zoligiga saylandi. 54 ta a’zodan iborat kengash BMTning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/ecosoc/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kasaba uyushmasi kompaniyaning 55 yillik tarixida birinchi marta ish tashlash uyushtirdi. Xodimlar ish haqini oshirishga harakat qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/samsung-electronics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

G‘allaorol tumanida MAN yuk avtomobilida nosozlik kuzatilib, 2 ta yuk mashinasi va UzAuto Motors avtotreyleri bilan to‘qnashdi. Kompaniya 4 ta Cobalt va 3 ta Equinox texnik shikastlanganini bildirdi. Yuk mashinalari ham jiddiy zararlangan, haydovchilar jarohat olmagan. 2 kilometrli tirbandlik hosil bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘nlab Gruziya fuqarolariga, jumladan, Gruziya parlamenti a’zolari va xavfsizlik xodimlariga nisbatan viza cheklovlarini joriy qildi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakili “hech kim sanksiyalardan qo‘rqmaydi”, deya javob qaytardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/08/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koreya Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida Von Do Yon ushbu mamlakatning Toshkentdagi yangi elchisi etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/ambassador/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining Elbek ko‘chasida Lacetti avtomashinasi daraxtga urildi, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida mashina butunlay vayron bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi yangi suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. 50 metrli basseynga ega majmua bir vaqtning o‘zida 100, kuniga esa 1000 dan ortiq odamga xizmat ko‘rsata oladi. Unda professional sportchilar ham, havaskorlar ham mashq qilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/water-sport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

30-iyundan Qanot Sharq aviakompaniyasi “Toshkent — Budapesht — Toshkent” muntazam qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Dastlabki reyslar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi, 4-sentabrdan esa chorshanba kunlari qo‘shimcha reyslar parvozlarni boshlaydi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/qanot-sharq/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ko‘ra, hech bir mamlakat tashkilotga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan. “O‘zbekiston hukumatida kuchli siyosiy irodani ko‘ryapman”, — degan bosh direktor a’zolikka da’vogarlar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kelganini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/wto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol keyingi haftada davlat tashrifi bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonga keladi. Tashriflar 10−15-iyun oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va Koreya yetakchisiga mamlakat birinchi xonimi hamrohlik qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/south-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал