gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryoda yilning birinchi choragida 351 mingdan ortiq xonadondan chiqindi tashish bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 15 mlrd so‘mdan ziyod to‘lov undirildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining aralashuvi bilan ular qayta hisob-kitob qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/waste/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlari qo‘lga olindi. Ular bir holatda tekshiruv o‘tkazmaslik uchun 2300 dollar, yana birida foyda solig‘ini kamaytirib berish evaziga 5 ming dollar olayotgan paytda ushlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/tax-inspectors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya 2022-yilda bosqin boshlanganidan beri Ukraina elektr stansiyalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi yoki egalladi va bu orqali mamlakat energiya ishlab chiqarish quvvati 20 GVt dan pastga tushib ketdi, deb yozdi Financial Times.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/ukraine-power-generation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 34−39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/weekend/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 saralash turnirining beshinchi turida Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto, statistika).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/football/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/order/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Anqara shahridagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunida prezidentlar Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bundan tashqari, yana 19 ta hujjat imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/documents/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin"ligidan xavotirda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/park/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pekinda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. “Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarni tabriklab.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/china-kyrgyzstan-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmini suratga olishga 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Film rejissyori Jahongir Ahmedovning aytishicha, bu pulning teng yarmiga “O‘zbekfilm” paviloniga eng oxirgi texnologiyalar olib kelingan. Kartina to‘laligicha pavilonda suratga olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/bahodir-yalangtosh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Migratsiya agentligi Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan va o‘sha yerdagi o‘zbekistonliklarni noqonuniy migratsiya bo‘yicha “Nelegal-2024” reydlaridan ogohlantirdi. Qonun buzilishi holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda. Agentlik qoidalarga rioya qilishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 7-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 16,06 soʻmga pastlab, 12 659,97 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xalqaro axborot agentliklari vakillari bilan uchrashuvida O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov ham qatnashdi. Suhbat chog‘ida Putin Rossiya-Ukraina urushida O‘zbekistonning siyosati betaraf va juda muvozanatli ekani uchun prezidentdan minnatdor ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan ilk bor zaxiralarni diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga birlamchi investitsiya kiritildi va tegishli portfellar shakllantirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/central-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 25 yoshli “KamAZ” haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lakchasida ikki bolali ayolni urib yubordi. Ikkala bola ham halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Forish tumanida daladan erkak kishining jasadi topildi. Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mahalladoshining tosh bilan yetkazgan jarohati oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/jizzakh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Tailand ikkinchi, mezbonlar esa uchinchi o‘rinni oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/para-cycling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi pastlikka quladi. U voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/cobalt/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev G‘arb davlatlarining Falastin fojiasiga munosabati qattiq xavotirga solayotganini ta’kidladi. “Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng targ‘ib qilgan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda”, — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/07/falastin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oxirgi 12 oy ichida global harorat kuzatuvlar tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. “Iqlim jahannamiga olib boradigan yo‘ldan chiqishimiz kerak”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/record-temperatures/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🛤 “Bu tarixiy voqea”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangani haqida.

🇹🇷 O‘zbekiston va Turkiya xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi.

🗣 “Neytral va juda muvozanatli ekanidan minnatdormiz”. Putin — O‘zbekistonning Rossiya-Ukraina urushidagi siyosati haqida.

🏦 Markaziy bank ilk bor xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritdi.

🇹🇭 Tailand viza rejimi uzaytirilishi bo‘yicha rasman hech qanday ma’lumot e’lon qilgani yo‘q — O‘zbekiston TIV.

🏞 Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Anqarada ikki davlat yetakchi kompaniyalari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Istiqbolli yo‘nalishlar sifatida investitsiyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasi belgilandi. Yetakchilar kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib turishga kelishib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/business-council/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbulda O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif doirasida 10 mlrd dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/uzbekistan-turkey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hukumatlar oldiga tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/dialogue/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiya poytaxti Anqarada O‘zbekiston rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘anning tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/welcome-ceremony/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda “Chilonzortumangaz” xodimi va yetakchi muhandisi 25 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Ular tadbirkorga gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/bribe/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Anqara shahridagi Turkish Aerospace Industries kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. U 2023-yilda dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan. U yerda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda aviatsiya parvozlari namoyishi ham o‘tkazildi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/turkish-aerospace/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Financial Times Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbariyati uchun tayyorlangan hisobotga tayanib, korxonaga gaz savdosini urushgacha bo‘lgan hajmga qaytarish uchun kamida 10 yil vaqt kerak bo‘lishini yozdi. Hisobot mualliflari davlatning sezilarli yordamisiz yangi bozorlarni topish qiyin bo‘lishini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/gazprom/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltiariq tumanida fermer xo‘jaligi yeridagi sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun borgan 3 kishi (bir erkak va 2 nafar voyaga yetmagan bola) cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/drowning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tailand OAV 1-iyundan 36 ta davlat (jumladan, O‘zbekiston) uchun vizasiz rejim joriy qilinishi haqida yozgandi. O‘zbekiston TIV bu bo‘yicha Tailand hukumati qarori borligi, ammo hali rasman ma’lumot berilmaganini ma’lum qildi. Tailanddan rasmiy nota olinishi bilan qo‘shimcha xabar beramiz, deyiladi TIV xabarida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/thailand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал