gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yong‘in texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Yakubjon Rustemov gaz ballonli avtomobillarni haydashda nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Uning aytishicha, qoidalarni bilmaslik, ba’zida esa beparvolik oqibatida baxtsiz hodisalar soni yildan-yilga oshmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro kongress 300 ga yaqin ishtirokchini birlashtirdi. “Bolalar sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish burchimizdir”, — dedi forumda so‘zga chiqqan birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/congress/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga hukm qilindi, u jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Sud uni tuhmat, tovlamachilik va o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda aybdor deb topdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/court/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🤝 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

🇺🇿 BMT Bosh assambleyasi narkotiklar muammosini hal qilish rezolyutsiyasini ma’qulladi, uning tashabbuskori — O‘zbekiston.

🏙 Prezident Buxoroni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i loyihalari bilan tanishdi.

✍️ Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda.

🇺🇳 Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi.

💵 Yilning dastlabki 5 oyida davlat budjeti defisiti 29 trln so‘mdan oshdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etishda yagona front bo‘lib hamkorlik qilishga tayyorligi” rezolyutsiyasini ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/resolution/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov lavozimini tark etadi. U Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlanishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/abdukhalikov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat davlat organlari va davlat ulushi 50 foizdan ortiq kompaniyalarga nisbatan tatbiq etiladi. Antikorrupsiya agentligi vakolatli tashkilot etib belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/conflict-of-interest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala uchrashuvida O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilish borasidagi amaliy ishlari muhokama qilindi. Tomonlar elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oshirish, mamlakatda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etish masalalariga to‘xtaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/jst/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Makka shahrida bo‘lib turgan Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonda muloqot qildi. U muftiydan fuqarolarning sharoiti, salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi, O‘zbekistonga qaytgach, “hojilar yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga” umid bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/haj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 6-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 11 soʻmga qimmatlab, 12 676,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yanvar-may oylarida davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Maydagi daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boshiga shakllangan qoldiq va oy davomida muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari hisobiga qoplangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/budget-deficit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi, u bu lavozimda 1-iyundan ish boshladi. Tayinlovga qadar u 2019-yildan beri BMTning Gruziyadagi doimiy vakili edi, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, YeXHTda ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/un-uzbekistan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev turizm sohasidagi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Prezident turoperatorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, QQSni subsidiya shaklida qaytarish muddatini uzaytirish, pensiyadagi sayyohlar uchun alohida viza rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi va boshqa masalalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/tourism/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga hokim bo‘ldi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/sardoba/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urgut tumanida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 yuqori tezlikda 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Bola mashinani uyidan otasining ruxsatisiz olib chiqib ketgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kattaqo‘rg‘on shahrida turmush o‘rtog‘i bilan videomuloqot chog‘ida janjallashib, o‘g‘lini bo‘g‘ishga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayolning aytishicha, eri Rossiyada boshqa ayolga uylangan va qaytishni istamayapti. Bolamni bo‘g‘madim, erimni shunday qilib qo‘rqitmoqchi bo‘ldim, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/06/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukrainadagi ikki yillik urush davomida 210 mingga yaqin turli bino, jumladan, 900 dan ortiq maktab, kasalxona va cherkovlar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan, deyiladi New York Times tahlilida. Harbiy harakatlardan eng ko‘p jabr ko‘rgan shaharlar Mariupol, Xarkov, Irpen, Rubejnoye va Marinka bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/ukraine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasining birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Atom energiyasi agentligi Spot`ga. Loyiha narxi maxfiy ma’lumot bo‘lib, oshkor etilmaydi, deya ta’kidladi agentlik.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari natijalari sarhisob qilindi. Narendra Modi uchinchi bor bosh vazir lavozimini egallaydi, biroq uning partiyasi parlamentdagi mutlaq ustunlikni yo‘qotdi va endi koalitsion hukumat tuzishga majbur.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/india-elections/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xivada fuqaro 2 nafar tanishini ishlash uchun Norvegiyaga yuborish evaziga 5600 dollar so‘ragani aniqlandi. U avans olayotganda ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/norway/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident rasmiy tashrif bilan Turkiyaga uchib ketdi. Davlat rahbari Anqarada Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/turkey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yilda 11 foizga o‘sib, 5,13 mlrd yevroga yetdi. YeI elchisi Sharlotta Adrian ittifoq O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/eu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida yangi loyiha bo‘yicha ta’mirlanayotgan yo‘lni ko‘zdan kechirdi. U 20 yilgacha xizmat qilishi kerak bo‘lgan yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Shavkat Mirziyoyev loyihani yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/roads/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro hududini 3831 gektarga kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va “juda baland bo‘lmagan stela”li istirohat bog‘i, tarixiy obidalar maketlari, raqamli panorama va boshqa obyektlar quriladi. Prezidentga shaharni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/bukhara-2045/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarni AQShga noqonuniy jo‘natishda vositachilik qilish holatlariga chek qo‘yildi. Hibsga olinganlardan biri xizmati uchun 42 ming dollar, ikkinchisi esa 17 ming dollar so‘ragan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu choralar ularni deportatsiya qilishni osonlashtiradi, dedi Oq uy. Taqiq AQSh janubiy chegarasidagi tirbandlik yuzaga kelgan davrda ham amal qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/asylum-ban/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyatida 226 mln dollar evaziga yangi aeroport quriladi, avvalroq mavjud aeroportning o‘zida yangi terminal qurish ko‘zda tutilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi havo bandargohi “sayyohlar oqimini ikki baravar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/airport-bukhara/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

May oyida O‘zbekistonda 971 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bunda davlat manfaatlariga 67,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. Tanlov 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblarga BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/ogahiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda. Shuningdek, 1-oktabrdan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shimcha litsenziya talablari kiritiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/inspection/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал