gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Turkiya Kappadokiyasi misolida havo sharlari hududini yaratish reja qilinmoqda. Prezident Mo‘ynoq aeroportida parashyutdan sakrash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinligini aytdi. Ekologiya, transport va mudofaa vazirlariga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/05/extreme-tourism/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

4-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

✍️ “Barcha uchun teng sharoitlar”. Qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi farmon haqida asosiy ma’lumotlar.

⛽️ UzGasTrade va “O‘zenergosotish”ning gaz va elektroenergiya tashqi savdosi bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi.

🇹🇷 Shavkat Mirziyoyev 6-iyunda Turkiyaga boradi.

💼 Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga davlat xaridlari bo‘yicha imtiyozlar qisman bekor qilinadi.

⚖️ “Baxti Tashkentskiy“ sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi.

🌐 O‘zbekistonda 2025-yildan tashqi internet kanali monopoliyasi bekor qilinadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia-3 mashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqdi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Jarohatlanganlar yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Shahrisabz shahri va tumanida turizm klasteri tashkil etishni buyurdi. Bu uchun 240 mlrd so‘mga yo‘llarni ta’mirlash, 115 milliard so‘mga G‘elon qishlog‘ida infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. U yerda 3000 gektar maydonda tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/shakhrisabz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qiz 16 qavatli bino tomidan sakrab, halok bo‘ldi. Qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan IIB va FVB xodimlari bilan suhbatlashganiga qaramasdan, o‘z joniga qasd qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/suicide/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/turkey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Meksikadagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili, fizik olim Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/claudia-sheinbaum/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 5-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 50,08 soʻmga qimmatlab, 12 665,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/jondor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan, 2026-yil iyuldan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar, shuningdek, mahalliy elektr jihozlari uchun narx preferensiyalari qisman bekor qilinadi. obyektni parallel loyihalash va qurish jarayonida xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish taqiqlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/privileges/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston milliy banki Standard Chartered Bank va LBBW bilan kichik va o‘rta biznes sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida MIGA tomonidan qoplanadigan 100 mln yevro miqdoridagi sindikatlangan kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/nbu/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-yanvardan xususiy provayderlarga sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqi beriladi. “O‘zbektelekom”ning tashqi internet kanali bo‘yicha monopoliyasini 2020-yildayoq bekor qilish rejalashtirilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/telecommunication-operators/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan, 2026-yildan UzGasTrade`ning tabiiy gaz eksport va importi bo‘yicha yagona operator sifatidagi huquqi, shuningdek, “O‘zenergosotish”ning ham elektr energiyasi bo‘yicha shunday huquqi bekor qilinadi. Yana bir qator kompaniyalarning maxsus huquqlari bekor qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/exclusive-right/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-iyundan Toshkentdan Qirg‘izistondagi Issiqko‘lgacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Avtobus oyning juft kunlarida Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi — 300 ming so‘m.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/issiqkul/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

📈 Mayda oylik inflyatsiya 2017-yil dekabridan buyon yangi rekordni o‘rnatdi, bu kommunal tariflar oshishi fonida yuz berdi.

🗣 Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi.

💡 Deputat hukumatdan gazsiz aholi uchun elektr bo‘yicha ijtimoiy normani oshirishni so‘radi.

📉 O‘zbekistonning davlat byudjeti daromadlari o‘sishida sekinlashuv davom etmoqda.

🎫 Prezident temiryo‘l va aviachiptalarni safardan kamida olti oy oldin savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi.

🇰🇿 Qozog‘iston “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiyada Toyota, Suzuki, Mazda, Honda va Yamaha kompaniyalari ishtirokida mojaro kelib chiqdi. Rasmiylar kompaniyalar avtomobil sertifikati ma’lumotlarini soxtalashtirganini aniqladi. Konsernlar ba’zi modellarni yetkazib berishni to‘xtatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/japanese-automakers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Ukraina va Isroilni “qancha kerak bo‘lsa, shuncha” qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan, biroq ular aralashgan mojarolar keskin nuqtaga yetgani sababli uch davlatning milliy manfaatlari bir-biridan farq qilmoqda, deb yozmoqda New York Times.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/us-allies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida o‘zini 16 qavatli bino tomidan tashlab, halok bo‘lgan 19 yoshli qiz ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/inspection/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/ambulance-doctor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/contracts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh mavjud. Sudda Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/court/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/zaamin-ultra/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishda davom etmoqda. Prezident qarori bilan eksportga beriladigan qator subsidiya va preferensiyalar, samarasi past soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi, yig‘imlar qayta ko‘rib chiqiladi va boshqa choralar ko‘riladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/wto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANORBANK “Markaziy Osiyo HR brendi 2023” mukofotining “Mintaqa” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bank vakillari mukofotga sazovor bo‘lgan loyiha va uning afzalliklari haqida so‘zlab berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/anorbank/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston merganlari besh marta rekord natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada 11 ta davlatdan jami 36 ta jamoa ishtirok etdi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/snipers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mungyong (Janubiy Koreya) shahrida o‘tkazilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 oltin, 2 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu natija tufayli erkaklar ham, ayollar ham jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/taekwondo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodalardan birini urib yubordi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Videolavhada YTH ro‘y bergan joy yaqinida svetofor borligini ko‘rish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/piyoda/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 3 ta mashina to‘qnashdi. Oqibatda Nexia-3 mashinasi yonib ketdi. Hech kim jarohatlanmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqasi payti jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/04/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fatvo markazi “Tuzatish va uzrnoma” e’lon qilib, kriptovalyuta savdosiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi material texnik sabablarga ko‘ra jamoatchilikka taqdim etilganini bildirdi. Fatvo markazi direktori shayx Nuriddin Xoliqnazar va uning o‘rinbosarlari ayni damda Haj safarida, “mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagan”, “zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. Markaz uzr so‘rab, ilmiy tadqiqot yakunlangach, fatvo qayta e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал