gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Instagram orqali Toshkentga kelgan viloyatliklarni haqoratlagan 21 yoshli qiz 15 sutkaga qamaldi. U “jahl ustida ortiqcha gapirib yuborganini” aytib, uzr so‘radi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat “zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil ekanini anglagan holda” “Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston shifoxonalarida o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijlik davolangan. Prezident ko‘rsatkichni oshirish uchun “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/clinics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda Toshkent shahri hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Davrukov lavozimidan ozod etildi. Poytaxt hokimligi turizm masalasida tashabbus bilan chiqmayotgani tanqid qilindi. Bosh vazirga turizm bo‘yicha har bir hokim o‘rinbosari ishiga baho berish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/davrukov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️ O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi Islomda kriptovalyuta savdosi shariat qonunlari bo‘yicha tovar va pul shartlariga to‘g‘ri kelmasligi sababli taqiqlanganini ma’lum qildi. Keyinroq markaz ushbu postni o‘chirib tashladi va muammo o‘rganish va izlanishni talab qilayotganini aytib, uzr so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/cryptocurrency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 4-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 15,10 soʻmga qimmatlab, 12 614,95 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rublniki koʻtarildi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ADM Global kompaniyalar guruhi Jizzax viloyatida navbatdagi With Chery With Love tadbirini tashkillashtirdi. Unda O‘zbekiston bo‘ylab 60 dan ortiq Tiggo 7 Pro egalari bir joyda yig‘ildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bog‘ ichidagi shahar — Park City Labzak qulay shart-sharoitlar, yashil bog‘lar manzarasi va poytaxtning markaziy tumanlaridan birida joylashgan so‘nggi xonadonlarni taklif etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/park-city-labzak/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, mamlakat o‘z raisligi davomida IHT hududida “kelajak turizmi”ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/tourism/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SSV yozda aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida avj oladigan o‘tkir diareya belgilarini sanab, qanday qilib kasallikning oldini olish mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Gigiyenaga rioya qilish, qaynatilgan suv ichish, shifokor maslahatisiz antibiotiklarni qo‘llamaslik shular jumlasidan. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/diareya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘li, akasi — jami 37 kishiga nisbatan 3-iyundan ochiq sud boshlanadi. Sudlanuvchilar tovlamachilik, jinoiy uyushma tashkil etish, firibgarlik, qasddan badanga shikast yetkazish, bezorilik va JKning boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/02/baxti-tashkentskiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakshanba kuni Qatar Airways aviakompaniyasining Doha-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysi uchib keldi. Muntazam parvozlar haftasiga to‘rt marta, Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Toshkent kompaniya uchun Markaziy Osiyoga qatnov yo‘lga qo‘ygan Olmaotadan keyin ikkinchi shahar hisoblanadi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/02/qatar-airways/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/02/sirdaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil etilishi rejalashtirilgan “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi, deb xabar berdi IIV. O‘yinchoqlar, muzqaymoq va boshqalarning tekin tarqatilishi transport harakatidagi 10 balli tirbandlikka va bog‘larda odamlarning to‘planib qolishiga olib keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/01/free/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning markaziy qismida shanba kuni peshin vaqti uchun noodatiy boʻlgan tirbandlik kuzatilmoqda. Haydovchilar orqaga qayrilib, tirbandlik kamroq yoʻllarni izlayapti, ammo u yerlarda ham mashinalar turibdi. Buning taxminiy sababi — Bolalar kuni munosabati bilan bogʻlarda oʻtkazilayotgan aksiyalar. Rasmiylar hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura Muna Mug kompaniyasi Toshkentdagi sobiq MXX majmuasi hududidan 53 tup sog‘lom daraxtni noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tkazganini ma’lum qildi. Daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat bergan kompaniya vakillari va mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turizm sohasiga doir yig‘ilishda tadbirkorlar bir qator takliflar ilgari surdi. Soha bo‘yicha dual ta’lim, keksa xorijliklar uchun 6 oylik vizasiz rejim joriy qilish, milliy mehmonxona brendlarini yaratish — shular jumlasidan. Prezident turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/tourism-council/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turizm masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident temiryo‘l va aviachiptalarni kamida olti oy oldin sotuvga chiqarishni topshirdi. Shuningdek, chet ellik ijrochilar konsertlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish va qo‘shni davlatlar bilan chegaradan o‘tish jarayonini osonlashtirish buyurildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/tickets/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qator hududlar aholisi gaz bilan ta’minlanmagan va qishda elektrdan isitish uchun foydalanishga majbur bo‘lmoqda, dedi deputat Doniyor G‘aniyev. U hukumatdan qishki davr uchun ijtimoiy normani (hozir oyiga 200 kVt/soat) oshirishni so‘radi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov masalani o‘rganishga va’da berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/social-norm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari birinchi chorakda 5,3 trln so‘mga oshib, 52,6 trln so‘mni tashkil etdi. Daromadlar o‘sishi 11,3 foizgacha sekinlashdi (2023-yil yanvar-mart oylarida o‘sish 12,8 foiz bo‘lgan).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/incomes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

May oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 2,8 foizgacha tezlashdi, bu 2017-yil dekabridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Yillik narxlar o‘sishi 10,5% dan oshdi. Ko‘rsatkichga gaz (+29%), elektr (+67%) va ijara (+17,3%) tariflarining oshishi ta’sir qildi. Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va yana 5 ta davlat vakillari CASCA+ transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakillari faoliyatni muvofiqlashtirish va tez buziluvchi yuklarni muzlatkichli konteynerlarda tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/casca/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya parlamenti spikeri ommaviy noroziliklarga qaramay, prezident Salome Zurabishvili veto qo‘ygan “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi bahsli qonunni imzoladi. Hujjat imzolangandan keyin darhol kuchga kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iyunning birinchi ish haftasida ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha quruq bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 4−5-iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat hafta boshida 32, keyinroq 35 darajagacha isiydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident va tadbirkorlarning yillik muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi. U yerda xalqaro biznes-forum ham o‘tkaziladi. Ochiq muloqotni tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi. “Qoraqalpog‘istonda biznes yuriting” dasturi doirasida yirik brendlarni respublikaga jalb etish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/03/dialogue/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtdagi Amir Temur xiyoboni atrofida otlar paradi bo‘lib o‘tdi (100 boshga yaqin zotdor ot qatnashdi). Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari otliq kavaleriya bo‘linmalari ishtirokidagi paraddan “Gazeta.uz” fotoreportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/02/otlar-paradi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani va boshqa huquqbuzarliklar uchun 15 sutkaga qamaldi. Ularning “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari bog‘da 40 mingga yaqin odam to‘planishi va xavf tug‘dirishga sabab bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/02/ashxabad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev OAV vakillari bilan suhbatda “xalq puli, xalq mulki davlat budjetiga o‘tsa, o‘z-o‘zidan u davlatning puliga aylanishini” ta’kidladi. Adliya vazirligi davlat organlari xalq oldida hisobdor ekanini eslatib, holat o‘rganilayotganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/02/adliya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning fikricha, bolalarni taqiqlangan joyda cho‘milmaslik haqida ogohlantirishning o‘zi yetarli emas. “Ularning ehtiyoji uchun muqobil xavfsiz cho‘milish havzalari kerak”, — dedi u. Ombudsman bu masala bo‘yicha viloyat xokimlariga so‘rov kiritilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/01/safe-swimming/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tailand va Filippinning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilib olindi. TIV rahbari Baxtiyor Saidov Filippin bilan “foydalanilmagan ulkan salohiyatlar” borligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/06/01/ambassadors/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал