gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

30-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇿 O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lmoqchi.

💼 Davlat organlariga xorijiy ekspertlarni jalb etish shaffof va samarali bo‘lishi kerak.

📦 2023-yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan salkam 200 mln dollarlik gumanitar yordam yuklari keldi.

⚡️ Tashkilot, hudud va binolar uchun energiya samaradorligi reytingini joriy etish taklif qilinmoqda.

💵 O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi.

✍️ Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi — OAV.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh va Ukraina iyun oyida Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti doirasida xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolashi kutilmoqda. Bu Kiyevning NATO davlatlari bilan tuzgan ikki tomonlama kelishuvlari ichida eng muhimiga aylanadi, deb yozmoqda Financial Times.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/security-pact/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentga iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Energiya auditini o‘tkazishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yiladi, rahbarlarga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI`lar o‘rnatiladi, tashkilotlar, hududlar va binolar uchun energiya iste’moli reytingi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. U asosan Germaniya, Xitoy, Shveysariya, AQSh va Belgiyadan yuborilgan va katta qismi sog‘liqni saqlash sohasiga to‘g‘ri keladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/humanitarian-aid/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi sobiq MXX binosi hududidagi eman daraxtlarini Ulug‘bek qishlog‘iga ko‘chirishga ruxsat bermagan (bunday tartib yo‘q). Jarayonga mas’ul kompaniya rahbari ko‘chirilgan daraxtlarni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografga to‘sqinlik qildi. U o‘zini agressiv tutib, fotografga energetik ichimlik sepdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Litsenziyalash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, bu omil mamlakatda biznes yuritish va rivojlantirishga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni isloh qilish bo‘yicha xalqaro ekspert Giorgiy Sxakaya o‘z kolonkasida islohotlarni qanday to‘g‘ri olib borish haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/licensing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YUNISEF Qashqadaryo viloyatiga 150 ming ona-bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazdi. Ular yordamida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichlari oshishi ta’kidlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/unicef/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida jami 78 kg giyohvandlik vositalarini musodara qildi. Giyohvand moddalar Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingani aniqlandi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/narcotic/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Sergeli tumanida uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan hududdagi ayrim yo‘llarda transport harakati kamida bir oyga cheklandi (xarita).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/sergeli/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boshqa davlatda bo‘lsangiz ham, yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lishingiz mumkin.

Tarifni o‘zingizga qulay tarzda sozlab, Tinkoff Mobayl bilan cheksiz video qo‘ng‘iroq va ilovalar, qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar va kerakli hajmdagi internet paketlar olsangiz bo‘ladi.

SIM-kartani esa Rossiya bo‘ylab bepul yetkazib berishadi.

Shartlar bilan batafsil havola orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024−2025 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyunda boshlanib, 25-iyunga qadar davom etadi. Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/registration/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qildi. IIB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/bezorilik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davaktivga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB), “Asakabank” va “Aloqabank"ning Tashkent City`dagi yangi binolari investorlarga sotiladi. Banklar ushbu “premium toifa"dagi loyihalarga kamida 339 mln dollar mablag‘ kiritgan. SQB filiallaridan biri o‘rnida 21 qavatli bino qurmoqchiligini ma’lum qilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/banks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshining “Nasaf” klubi poytaxtning “Paxtakor"ini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, uch karra O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi (video, foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/supercup/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi Qatortol bozori yonida joylashgan Xalq banki bosh ofisi binosi salkam 120 milliard so‘mga sotildi. Auksionda yagona taklif Oazis Samarkand umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan taqdim etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/xalq-banki/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin. Qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, arab tili o‘qituvchilarini tayyorlash ham ko‘zda tutilgan. Prezident tashkilot bosh direktori bilan shu masalalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/icesco/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga o‘sib (reja qilingan 2,9 mlrd dollar o‘rniga), 34,9 mlrd dollarga yetdi. Olti yil ichida qarz 3 baravar oshdi. O‘tgan yili davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari keskin ortdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/gov-deb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat organlari turli sohalar bo‘yicha 50 dan ortiq xorijiy konsultantlarni jalb qilgan. Tahlilga ko‘ra, odatda ular uchun KPI belgilanmaydi, tizimli tahlil, tavsiyalarni amalga oshirish tartibi va ochiq hisobot mavjud emas. Prezidentning yangi qarori mana shu muammolarni hal etishga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/consultants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorazm viloyatida “shikoyatchilar” ro‘yxatlari shakllantirilib, unga “ariza tashkillashtirishni odat qilib olgan va norozi kayfiyatni kuchaytirishga harakat qiladigan” 44 nafar fuqaro kiritildi, deb yozdi Kun.uz. Bunday ro‘yxatlar qonunchilikka zid va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/complainants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahongir Azimov Milliy mass-media fondi direktori etib tayinlandi. U avval “Dunyo” axborot agentligi va “Gazeta.uz” nashrida ishlagan hamda Toshkentdagi Vebster universitetida dars bergan. Akramjon Fozilov mazkur fondning vasiylik kengashi raisi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/jahongir-azimov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 31-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 21,04 soʻmga arzonlab, 12 619,83 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham pastladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z majburiyatlarida sobit, bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. JSTning rasmiyga tayanib bildirishicha, O‘zbekiston 2026-yilgacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/wto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

30-maydan 1-iyungacha Toshkentdagi Gʻafur Gʻulom (Dream Park) bogʻida kitob festivali oʻtkaziladi

Tadbir 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Begʻubor bolalik” shiori ostida oʻtkaziladi.

Jarayon davomida shou, viktorinalar va kitob aksiyalari ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu modda bo‘yicha jarima choraklik sof tushumning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/tax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bo‘stonliq tumanida avtomobil ehtiyot qismi ichidan taxminiy narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Moddalar Telegram bot yordamida Qirg‘izistondan yetkazib berilgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/drugs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qizlarga texnologiya sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam berish Women in Tech Tashkent jamiyatining asosiy maqsadidir (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/30/women-in-tech

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari imtiyozlarini maqbullashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tuzildi.

📈 So‘nggi 5 yilda rublning O‘zbekiston eksport va importidagi ulushi sezilarli oshdi.

💵 Investor Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi uchun hali pul to‘lamagan — Davaktiv.

💲 So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi sessiyada mustahkamlanib bormoqda.

Ⓜ️ Toshkentga to‘rt vagonli yana 3 ta metro poyezdi keltirildi.

🚅 Futzal bo‘yicha JCh o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/bus-and-locomative/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/jail/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал