gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank e’lon qiladigan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket besh savdo kunidirki, pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta qariyb 84 so‘mga mustahkamlanib, 12 640 so‘mni tashkil qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/currency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 1-iyun kuni plyajiga 10 mingta o‘yinchoq o‘rdak tushirmoqchi. Ekologiya vazirligi bu kabi holatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirib, yangilikni “keskin qoraladi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/rubber-ducks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va YXHT DIIHB mamlakatning 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish zaruriyatini baholashni boshladi. Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari YXHT DIIHB tavsiyalarini saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etish choralari ishlab chiqilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/odihr-mission/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. U imtiyozlarning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilib, takliflar tayyorlashi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/privileges/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum Market milliy marketpleysi mijozlarga buyurtmalarni UzPost bo‘limlaridan olish imkoniyatini taqdim qildi. Bugungi kunda xizmat Toshkent va Samarqand shaharlarida mavjud (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanida Monza va Nexia-1 avtomobillari to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qolish muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/thailand/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari narxi oshirildi. Endilikda Urganch shahri va Urganch tumani aholisi xizmat uchun bir oyda 5880 so‘m, Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlari aholisi esa 4592 so‘m to‘laydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/waste/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

☢️ Faollarda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida qurilajak AES bo‘yicha savollar bor.

🗣 Mirziyoyev va Putin tonggi soat uchgacha muloqot qildi — prezidentlar matbuot kotiblari.

📱 2023 yilda davlat tashkilotlari jami 6,6 mlrd so‘mlik 3400 dan ortiq smartfon sotib oldi.

🏨 Toshkentdagi International mehmonxonasini xususiylashtirish boshlandi.

💵 Aprelda “O‘ztransgaz”ning soliq tushumlari 6,6 baravarga kamaydi.

⛽️ Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni sezilarli darajada oshirmoqchi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil tanklari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri markaziga kirib bordi, shahar bo‘ylab havo hujumlari ham uyushtirilmoqda. BMT Xalqaro sudi mamlakatga hujumni zudlik bilan to‘xtatishni buyurganiga qaramay, Isroil Rafahdagi harbiy amaliyotini davom ettirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/israel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari muzokaralar hamda hududlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng tonggi soat uchgacha muloqotni davom ettirdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov. Kreml vakili Dmitriy Peskov Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbini uyiga taklif qilganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/mirziyoyev-putin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiyaning Kobe shahrida o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etdi. 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal olgan jamoa Xitoy va Braziliyadan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/para-athletics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 29-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 29,90 soʻmga arzonlab, 12 650,09 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham pastladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi 28-maydan tashrif buyuruvchilar uchun oʻz faoliyatini davom ettiradi — Mudofaa vazirligi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida Isroilga qarshi sanksiyalar va ularning oqibatlari birinchi marta “jiddiy muhokama qilindi”, dedi Irlandiya tashqi ishlar vaziri. Avvalroq Isroilning Rafahga hujumi oqibatida 45 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/israel-sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. Davaktiv buni investor ko‘chmas mulk uchun mablag‘ni hali to‘liq to‘lamagani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/fnqiz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oxirgi 5 yilda Rossiya rublining O‘zbekiston eksportdagi ulushi 0,8 foizdan 5,3 foizgacha, importdagi ulushi esa 4,2 foizdan 7,6 foizgacha oshdi. 2023-yilda eksportning 79,5 foizi dollarda, 9,9 foizi yevroda amalga oshirilgan. So‘mdagi eksport va import ulushi mos ravishda 0,2 va 0,3 foizni tashkil etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/ruble/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 30-maydan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,22 soʻmga arzonlab, 12 640,87 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham pastladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/haj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga plastik butilkalardan tortib go‘nggacha bo‘lgan turli xil axlatlarga to‘ldirilgan 200 dan ortiq sharni uchirdi. KXDR buni janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga qarshi qaratilgan varaqalarga javob deya atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/south-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi. Shuningdek, ular uchun jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/futzal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi. Ular 7−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi. Bungacha shunday poyezdlardan 5 tasi keltirilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/29/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/gas-bottle/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dunyoga mashhur katta kompaniya, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining hamkori bo‘lgan Procter & Gamble O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/procter-gamble/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda iyun oyining birinchi besh kunligi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Oy davomida harorat kunduzi +28…+40, kechalari +14…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli katta.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/iyun/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiya a’zolari Uzun tumanida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlarini topdi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, topilmalar miloddan avvalgi II — milodiy III asrlarga tegishli ekani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/surxondaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kun tartibida O‘zbekiston ko‘llarida quvvati 1 GVt bo‘lgan gidro to‘plash elektr stansiyalarini (GTES) qurish bo‘yicha ikkita yirik loyiha turganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/pumped-storage-hydroelectricity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yilda Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazi yetkazib berish hajmini 11 mlrd kub metrgacha oshirish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentda. Rossiya energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, nafaqat gaz, balki elektr yetkazib berish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilaridan bo‘lgan “O‘ztransgaz” kompaniyasining soliq tushumlari aprelda 6,6 baravarga kamaydi. Kompaniya martda 127 mlrd so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, aprelda tushumlar 19 mlrd so‘mgacha pasaydi. Shuningdek, 2024-yil 1-choragidagi tushum kutilganidan 87 mlrd so‘m kam bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/uztransgas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал